Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’
Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish. Navbatchi axborotini tinglash. O`quvchilarni darsga hozirlash.
O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.
So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.
1Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.
Uy vazifasini so`rab baholash.
Uy vazifasi “Ochko`z sichqon” ertagi “Davom ettir” o`yini orqali o`quvchilardan so`raladi. Bunda o`quvchilar berilgan rasmlar asosida ertakni ketma-ket bayon etishadi, uzviylikni yo`qotmagan holda etrak mazmuni so`zlatiladi. So`ng savol-javoblar orqali mustahkamlanadi.
O`qituvchi tomonidan ertak xulosalanadi. Ochko`zlik, qizg`anchiqlik qanday oqibatlarga olib kelgani haqida yana bir bor tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |