1-dars Fan : O`qish Sana: Mavzu
Download 189.01 Kb.
|
1-dars Fan O`qish Sana Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzu bayoni
- Mustahkamlash.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish. Navbatchi axborotini tinglash. O`quvchilarni darsga hozirlash. O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi. So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.
Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi. Yangi mavzu bayoni: O`quvchilarga o`qish ko`nikmalarini o`rganishda savod o`rgatish davri alohida yordam bergani va bu davr mobaynida biz “Alifbe” bilan hamkorlik qilganligimiz, barcha harflarni o`rganganimizdan so`ng bizning o`qish ko`nikmalarimizni yanada rivojlantirish, bizning og`zaki nutqimizni yanada boyitish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarimizni yanada rivojlantirish uchun “O`qish” kitobi yordamga kelishi haqida aytib o`qtiladi. O`qituvchi tomonidan “O`qish kitobi”ning muqovasi. Unda aks etgan rasmlar, rasmlarning tarbiyaviy jihatlari to`liq namoyish etiladi va shular asosida suhbat o`tkaziladi. O`quvchilarga bu kitobning mualliflari tanishtiriladi. So`ng bugungi mavzu “Vatan- bu...” she`ri o`qituvchi tomonidan o`qib beriladi va mazmuni tushuntiriladi. She`rning har bir satri yuzasidan tushuntirish ishlari olib boriladi. O`quvchilar bilan Vatanni e`zozlash haqida suhbat o`tkaziladi. Nima uchun Vatanni ko`z qorachig`imizdek asrashimiz zarurligi tushuntiriladi, hozirgi kuda boshqa davlatlardagi noxush voqealar qisqa aytib otiladi va o`quvchilar qalbida shukronalik tuyg`ulari hosil qilinadi.
Mustahkamlash. Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan she`r matni o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi. O`quvchilar bilan doskada klasster usulida vatan so`zining mohiyati yozib boriladi. Download 189.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling