Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’
Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Navbatchi axborotini tinglash.
O`quvchilarni darsga hozirlash.
O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.
So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.
Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.
Uy vazifasini so`rab baholash.
Uy vazifasi “Buyuklar vatani’ matni zanjir usulida o`quvchilarga o`qitiladi, matnning qisqacha mazmuni so`raladi, o`quvchilar bilan savol-javob o`tkaziladi.
Buyuk bobolarimiz haqida nimalarni bilib oldingiz?
Buyuk ajdodlarimizdan yana kimlarni bilasiz?
Ona yurting – oltin beshiging.- maqolining mazmuni izohlanadi.
Multimediya orqali “Fazoviy sayohat” o`yini o`ynatiladi.
Aziz, bolajonlar! Yosh fazogirlar fazoviy kemada sayohatga chiqmoqdalar. Savollarga to`g`ri javob bersangiz, yosh fazogirlar sayohatga yo`l oladilar. Ekran orqali namoyish etiladigan topshiriqli o`yin o`quvchilar bilan birgalikda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |