Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi. O`qituvchi o`quvchilarning odoblilik va odobsizlik belgilari haqidagi tasavvurlarini xulosalaydi, bugungi dars ham shu mavzuga yaqinroq ekanligi aytiladi. Yangi mavzu “Maslahat ” she`ri ekanligi e`lon qilinadi.
Xushmuomalalik qanday odat ekanligi, xushmuomala bo`lish uchun nimalar qilish lozimligi so`raladi. So`ng o`quvchilardan telefonda qanday gaolashishlari so`raladi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon qilishadi.O`qituvchi tomonidan “Maslahat” Iskandar Rahmon she`ri ifodali o`qib beriladi. Mazmuni tushuntiriladi.
Jiringlasa telefon,
Asta olib go`shagin:
-Labbay! Salom!- degin-u-
Kimsiz?- deya so`ragin.
Tanish bo`lsa so`zlashgin,
Yo`qsa gapni kalta qil!
So`rasa sir, ma`lumot,
Sira-sira aytmagil !
Ota-onang nomidan
Qilsa kimdir qo`ng`iroq.
Sen bu gapga ishonma,
Hushyor bo`l, solma quloq!
O`qituvchi tomonidan hozirgi texnika zamonida hatto bog`cha bolalari ham telefon bilan o`yin o`ynashlari haqida gapiriladi. Ammoi, telefonning zararli odatlari haqida umuman o`ylamasligi, hozirgi kunda telefonlardan kelayotgan tahdidlar haqida, ogoh bo`lib, hushyor bo`lib bu notanish m yoid go`yalarga ergashmasligimiz lozimligi haqida ta`kidlanadi. Shuningdek, hozirgi ishklatilayotgan qo`l telefonlari o`zidan nur taratishi va bu nurlar inson salomatligi uchun zarar ekanligi aytib o`tiladi. Telefondan to`g`ri foydalanish tushuntiriladi.
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni msuthakamlash uchun o`quvchilar bilan “Bu meniki” o`yini o`ynaladi. She`r yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi, “Zanjir’ usulida o`quvchilarga o`qittiriladi.Savol-javob o`tkaziladi.
Telefonda so`zlashish odobini o`rgandingizmi?
Ota-onangiz nomidan qo`ng`iroq qilinsa, nima qilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |