Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’
Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Navbatchi axborotini tinglash.
O`quvchilarni darsga hozirlash.
O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.
So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.
Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.
Uy vazifasini so`rash va o`tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Vatan-bu...” she`rini yoddan so`rab baholanadi.
“Quvnoq harflar” o`yini o`ynatiladi.Bu o`yinni o`tkazish uchun she`rni eng ifodali yoddan aytgan 8 nafar o`quvchi tanlanib, doska yoniga taklif qilinadi. Ular o`qituvchi stolida teskari holatda qo`yilgan Q, O`, R, G`, O, N, I, M kesma harflardan bittadan tanlab olishadi. “Qo`rg`onim” so`zini o`quvchilar qarsak yordamida tovush chiqarib hosil qiladilar.
O`quvchilarga quyidagicha umumlashtiruvchi savollar beriladi.
“Qo`rg`onim” so`zi nechta harf va tovushdan iborat? (8 ta harf, 8 ta tovush)
So`z necha bo`g`inli ekan? (3 bo`g`inli, demak 3 ta unli bor)
8 va 3 ning ayirmasini toping. (5-ushbu so`zdagi undoshlar soni)
“Qo`rg`onim” so`zining ma`nosi nima ekan? (Vatan)
Do'stlaringiz bilan baham: |