1-dars. Mavzu: Texnika xavfsizligi va sanitariya – gigiyena qoidalari Dars maqsadi


Download 0.84 Mb.
Sana03.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
#132457
Bog'liq
5- СИНФ конспект tayyor


1-dars. Mavzu: Texnika xavfsizligi va sanitariya – gigiyena qoidalari
Dars maqsadi:
O’quvchilarga infarmatika hal qiladigan masalalarning xilma – xilligini va bu masalalarni ishlashda kompyuterning ahamiyatini ko’rsatish, o’quvchilarga kompyuter xonasida foydalanishni o’rgatish, texnika xavfsizligi qoidalarini bilish, o’quvchilarni sanitariya – gigiyena talablari rioya etishga o’rgatish.

Ta’limiy maqsad: kompyuter xonasida o’quvchilarga qo’yiladigan talablar: xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena qoidalari bilan tanishitirish.

Tarbiyaviy maqsad: maktab kompyuter xonasidagi qurilmalar va barcha jihozlarni ehtiyot qilish, zarar yetkazmaslik, asrab-avaylash, ish jarayonida unga biriktirilgan kompyuterga nisbatan mas’ulyatni his etishni rivojlantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: zamonaviy texnikadan foydalanish ilmini, elektr tokidan inson hayotiga va texnikaga zarar yetmaslik uchun uning oldini olish holatlarini va mas’ulyatlilikni rivojlantirish.

Asosiy tushunchalar:
Xavsizlik texnikasi qoidalari, sanitariya – gigiyena talablari.

Mavzuni boshlashga hozirlik:
Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos elektron qo’llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi, texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablariga oid plakatlar tayyorlanadi.

Mavzuni yoritish:

Bu dars tanishtirish xarakteriga ega bo’lgani uchun uning bayonini darslik matniga muvofik olib borish tavsiya etiladi .

Informatika fanini o’rganish o’quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivijlantiradi, matematika qobilliyatning rivojlantirishiga yordam beradi, o’quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtiradi.

Informatikani o’rganish insonning ish faoliyatini ketma – ket bir tizimda avtomatlashtirish mumkinligi to’g’risidagi tushunchalarini shakillantirish uchun asos yaratadi.

Maktabdagi o’quv kompyuterining darslarda samarali qo’llanilishi o’quvchilarning turli fanlardan bilim ko’nikmalarni yuqori saviyada egallash uchun omil ekanligi takidlanishi lozim.

Kompyuter bilan muloqot qila bilish kompyuter savodhonligining uzviy qismidir. Kompyuter foydalanuvchisi uchun bu asosan kompyuterni boshqara olish, ya’ni kompyuterni elektor manbaiga ulash yoki manbadan uzish, klaviatura va sichqonchani ishlatish, kompyuterni ishga tayyorlashni bilish, ma’lumotlarni kiritish – chiqarish, ularni tahrirlashdir.

O’quvchilarga kompyuterni elektr manbaiga ulash yoki uzish haqida tushuncha beriladi. Eletr tokining inson hayoti uchun havfli ekanligi, elektr tutashuvi yong’in xavfini keltirib chiqarishi misollar orqali bayon etiladi.

Kompyuter xonasida ishlash uchun “Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari” rioya etilishi uqtiriladi. Ularni yod olish tavsiya etiladi.

Dars yakunida barcha o’quvchilar “Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari” qoidalari bilan tanishganligini tasdiqlovchi jurnalga imzo chekadilar.

Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

O’quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog’liq darslikdagi savollar bilan murojat qilish mumkin:



  1. Elektr toki inson hayoti uchun xavflimi?

  2. Kompyuter xonasida nimalar mumkin emas?

  3. Sanitariya – gigiyena talablari nima uchun kerak?

Bu kabi savollarga bahs – munozara shaklida javob berishni tashkil etish katta samara beradi.

Uyga vazifa :

  1. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga oid rasmlar chizing.

  2. Sanitariya – gigiyena talablarini izohlovchi rasmlar chizing

  3. Qoidalarni yod olish.

Darsning maqsadidan kelib chiqib, o’quvchilar texnika xavfsizligi va sanitariya – gigiyena qoidalari bo’yicha bilim, malaka va ko’nikma hosil qiladilar.
O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________
2-dars. Mavzu: Kompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari va vazifalari
Dars maqsadi:
O’quvchilarga shaxsiy kompyuterning tashkil etilishi, tizimli blok, asosiy plata, disk yurituvchi, ma’lumotlarni saqlash vositalari, vinchestr, kompyuterning ba’zi qo’shimcha qurilmalari, kompyuterni ishga tushirish haqida ma’lumot berish.

Ta’limiy maqsad: kompyuter yaratilishining qisqacha tarixi. Asosiy qurilmalari: monitor, tizimli blok, klaviatura va sichqonchaning vazifalari. Qo’shimcha qurilmalarning ahamiyati va vazifasi haqida ma’lumot berish.

Tarbiyaviy maqsad: muntazam ravishda kompyuter va axborot texnologiyalaridan xabardor bo’lishga intilishni rivojlantirish, kompyuter loyihachisi kasbiga yo’naltirish, kompyuter texnikasi bilan ehtiyotkorlikda ishlash, asrash va avaylashni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchining dunyoqarashini, darslik bilan mustaqil ishlashni, kompyuter texnologiyalariga qiziqishini orttirish.

Asosiy tushunchalar:

Monitor, tizimli blok, klaviatura, tashqi xotira, disket, kompakt disk, vinchester, CD – ROM, disk yuritgich, sichqoncha, printer, karnay, quloqchin, kontekst menyu.



Mavzuni boshlashga hozirlik:

Informatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos elektron qo’llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Mavzuga oid plakatlar tayyorlanadi.



Mavzuni yoritish:

Dars ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi shaklida olib boriladi.

O’quvchilarga zamonaviy shaxsiy kompyuterning tashkil etilishi haqida ma’lumot berish, monitor, tizimli blok, klaviatura amalda ko’rsatib beriladi. Ularni o’quvchilar o’z kompyuterlarida amalda ko’rishadi.

Monitorlar turlarining ko’pligi, tasvir imkoniyatlari farqlanishi va zararli tomonlari haqida gapiriladi. Klaviaturaning vazifasi haqida so’zlab, ularning turli xilda bo’lishi qaramay asosan bir xil klavishlardan iborat ekanligi uqtiriladi.

Tizimli blogi turli yig’iluvchi qismlarning birligi ekanligi ko’satib beriladi (masalan asosiy plata, mikroprotsessor, diskyuritqich, CD – ROM va hokazo). Shu o’rinda sistema bloki bilan protsessor farqlanishini takidlab o’tiladi.

Ma’lumotlar ( masalan kino, klip, qoshiq, musiqa, rasmlar ) hayotdagi kabi kompyuterda ham uzoq vaqt saqlanishi mumkinligi aytib o’tiladi. O’quvchilarga ozgina dam berish va ulardagi kompyuter savodxonligiga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish uchun ular e’tiboriga klassik kuy, qo’shiq yoki elektron dars havola etilishi mumkin. Bu kuy, qo’shiq, yoki elektron dars kompyuterga qanday olib kelib joylashtirilishi izohlab berish orqali kompakt disk, CD – ROM, vinchester haqida ma’lumot berish qiziqarli bo’ladi. Kuyni eshitishda yoki darsni ko’rish va ovozni eshitishda yordam beruvchi qurilmalar, ya’ni monitor, karnay, quloqchin haqida gapirib o’tiladi. Shu o’rinda, kichik hajmdagi ma’lumotlar (masalan, hikoyalar, referatlar, maqolalar ) bir kompyuterdan boshqasiga qanday olib kelib joylashtirilishida disket va diskyuritqichning ahamiyati so’zlab beriladi.

Endi hikoya yoki referatlar kompyuterdan qog’ozga o’tkazilishida printer kerekligi, ular bir necha xil (matritsali, purklovchi, lazerli) bo’lishi haqida gapirib, amalda ko’rsatib beriladi.

Kuyni eshitish yoki hikoyani chop etish jarayonida o’quvchilar kompyuterni boshqarishda sichqonchaning ahamiyatini, kontekst – menyu ko’rinishi qandayligini kuzatishadi.



Kompyuterni ishga tushirish ketma – ketligi doskada yozib, o’quvchilarga bu ketma – ketlikni xavfsizlik texnikasi qoidalari asosida amalda bajarish tavsiya qilinadi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

Bu bosqichda o’quvchilarga mavzudagi asosiy tushuncha va qurilmalar bilan bog’liq darslikdagi savollar bilan murojaat qilinadi. Savollarga bahs – munozara shaklida javob berishni tashkil etish katta samara beradi.


Uyga vazifa:

Bunda o’quvchilarga darslikdagi yoki quyidagi shakldagi vazifa topshirish mumkin.




  1. “Kelajak kompyuterlari”, “Kompyuter uchun yangi qurilma” mavzusida rasmini chizish.

  2. Tizimli blokgi qismlarni yoddan aytib berish.



O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________

3-dars. Mavzu: Kompyuterni boshqarish dasturi
Dars maqsadi:

O’quvchilarga dasturlar, fayl va papkalar, operatsion sistema, Windows operatsion sistemasi elementlari haqida ma’lumot berish.


Ta’limiy maqsad: dastur, dasturchi, kompyuter dasturlari haqida tushuncha berish. Boshqarish dasturlari ma’nosini yoritib berish. Operatsion sistema va uning vazifalari haqida ma’lumot berish. Windows muhitida ishlashning boshlang’ich bilimlariga ega bo’lish.

Tarbiyaviy maqsad: Bill Geyts va Vosil Qobulov kabi insonlarning kompyuterlar sohasiga qo’shgan hissalari haqida ma’lumot berib, dasturchi kasbiga yo’naltirish, qiziqishni uyg’otish.

Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarga zamonaviy kompyuter va kompyuterni boshqaruvchi dasturlar haqida to’g’ri va ishonchli ma’lumotlar berib, dunyoqarashini kengaytirish.

Asosiy tushunchalar:

Buyruqlar ketma – ketligi, dastur, kompyuterning qattiq va yumshoq qismi, operatsion sistema, fayllar papkalar, Windows operatsion sistemasi, Windows ish stoli, Pusk tugmasi, masalalr paneli, savatcha, yorliqlar.



Mavzuni boshlashga hozirlik:

Informatika darsligi. Informatikadan 5- sinf elektron darsligi va mavzuga mos elektron qo’llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Mavzuga oid plakatlar tayyorlanadi.


Mavzuni yoritish:

Dars ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi shaklida olib boriladi.

O’quvchilarga informatikada kompyuter texnikasini quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaralishi misollar bilan yoritiladi: texnik vositalar va dasturiy vositalar. Misol sifatida o’quvchilarning kompyuterlari va ulardagi dasturlari olinishi mumkin.

Texnik vositalar - kompyuterning qurilmalaridir. Ingliz tilida bu qism Hardware deb ataladi va “qattiq mahsulotlar” deb tarjima qilinadi. Bu qismga, masalan, tizimli blok, vinchester, monitor, klaviyatura disk yurituvchi, printerlarni misol qilish mumkin.

Dasturiy vositalar - kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar to’plamidir. Ingliz tilida bu qism Sofware deb ataladi va “yumshoq mahsulotlar” deb tarjima qilinadi. Bu so’z dasturiy ta’minot bilan kompyuterlarning mutanosibligini, dasturlarning takomollashishi, rivojlanishi va moslashuvchanligini ifodalaydi.

O’quvchilarga kompyuterlaridagi texnik vositalar I B M firmasi tomonidan, asosiy dasturlar esa MIKROSOFT korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilishini aytib o’tish mumkin.

Operatsion sistema haqida ma’lumotni darslikdagi kabi yoki quyidagicha tushintirish mumkin: Har qanday kompyuter o’zidan - o’zi ish holatiga kelmaydi. Uni ish holatiga keltirish va qurilmalarni boshqarish uchun mahsus dasturiy ta’minot yoki, boshqacha qilib aytganda, operatsion sistema lozim. Kompyuter ishga tushirilganda avvalo operatsion sistema ishga tushadi. U kompyuter qurilmalari va dasturlarining mutanosib ishlashini ta’minlaydi. Bu bizni kompyuterda ishlashimizni osonlashtiradi.

Fayllar haqida ma’lumot berib, ularni tartibli saqlashning usullaridan biri papkalarga joylanishi haqida ma’lumot beriladi. Bu haqda darslikda yetarlikcha ma’lumot va misollar berilgan. Lozim bo’sa o’quvchi kompyuterdagi fayl va papkalar misol sifatida olinishi mumkin.

Windows OS haqida ma’lumot berilayotganda o’quvchilarning kompyuteri ishchi holatda bo’lishi va ular Windows ish stoli elementlarini o’z kompyuterlarida ko’rib chiqishlari maqsadga muvofiq.

Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

Bu bosqichda o’quvchilarga mavzudagi asosiy tushuncha va qurilmalar bilan bog’liq darslikdagi savollar bilan murojaat qilinadi. Savollarga bahs – munozara shaklida javob berishni tashkil etish katta samara beradi.


Uyga vazifa :

Bunda o’quvchilarga quyidagi shakldagi vazifa topshirish mumkin.



  1. Kompyuteringizdagi fayllar va papkalarga misollar keltiring.

  2. Papka ichida papka va fayllarni joylashishini sxematik tasvirlang.


O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________




4-dars. Mavzu: Fayl yoki papkani ochish

Dars maqsadi:
O’quvchilarga papka yoki fayllar ochish, yopish, yangi papka hosil qilish, nomini va o’lchamini o’zgartirish, siljitish amallari haqida ma’lumot berish.
Ta’limiy maqsad: Fayl tushunchasini yoritib berish, fayl nomi va kengaytmasi, fayl turlari haqida ma’lumot berish. Kompyuterda mavjud ixtiyoriy fayl yoki papkalarni ochish, hosil qilish, qayta nomlash ko’nikmalarini hosil qilish.

Tarbiyaviy maqsad: Kompyuterdagi mavjud fayllardan ehtiyotkorlik bilan foydalana bilish, ma’lumotlarni tartiblangan holda saqlash, tashqi xotira bilan ishlash davomida xavfsizlik talablariga rioya qilishni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad: zamonaviy fayl tizimi haqida ma’lumot berish, kompyuterda ular bilan ishlashga qiziqishuyg’otish. Mustaqil ravishda fayl, papka hosil qilish, ko’chirish va qayta nomlash kabi vazifalarni bajarish ko’nikmasini hosil qilish.
Asosiy tushunchalar:

Oyna, sarlavha satri, oynani masalalar paneliga o’tkazish, oyna o’lchamini tanlash, oynani yopish, oynani siljitish, kontekst – menyu lavhasi, yurgich.



Mavzuni boshlashga hozirlik:
Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos electron qollanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Mavzuga oid plakatlar tayyorlanadi.
Mavzuni yoritish:

Dars ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi shaklida olib boriladi.

Windows muhitida ishlash uchun papka yoki faylni ochish, yopish, yangi papka hosil qilish, nomini va o’lchamini o’zgartirish, siljitish kabi amallarni bajara olish kerak bo’ladi.

O’quvchilarga sichqoncha yordamida fayl yoki papkani ochishda bajariladigan amallar izohlab boriladi va ko’rsatib beriladi. Bunda oynaning quyidagi hususiyati haqida alohida to’htalib o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi:

Sarlavha satrining chap tomonida ochilgan fayl yoki papkaning nomi yozilgan bo’ladi, o’ng tomonida esa “Oynani masalalar paneliga o’tkazish ”, “Oynani o’lchamini tanlash”, “Oynani yopish” tanlov tugmalari joylashgan bo’ladi.

Vinchesterlar, fayllar, ko’pgina dasturlar, diskyuritgichdagi disketlar, CD – ROM dagi disklar yuqoridagi usulda ochilishi va ularning mazmuni oynada aks etib turishi takidlanadi.



O’quvchilar fayl yoki papkani ochishda, oyna o’lchamini o’zgartirishda bajariladigan amallarni o’zlari bajarib ko’rishlari mumkin.

Yangi papka hosil qilish va nomini o’zgartirish amali kontekst – menyu yordamida bajarib ko’rsatiladi.

O’quvchilar ham bu amallarni bajarib ko’rsatishlari maqsadga muvofiq bo’ladi. Lekin o’quvchilarga papka nomi o’quvchi familiyasi, ismi yoki jurnaldagi tartib raqami bo’lishi tavsiya qilinadi. Chunki, bu holda keraksiz papkalarni keyinchalik o’chirish oson kechadi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

Bu bosqichda o’quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog’liq darslikdagi savollar bilan murojaat qilinadi. Savollarga bahs – munozara shaklida javob berishni tashkil etish katta samara beradi.

O’quvchilarga darslikdagi topshiriqlar kabi biror nomdagi papka hosil qilish, o’lchamini o’zgartirish, monitor bo’ylab siljitish va nomini o’zgartirish vazifasi berilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Uyga vazifa :

Bunda o’quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin:





O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________




5-dars. Mavzu: Amaliy mashg`ulot.

Windows muhitida ishlashga doir mashqlar
Dars maqsadi :

O’quvchilarga papka yoki fayllar ochish, yopish, yangi papka hosil qilish, nomini va o’lchamini o’zgartirish, siljitish kabi amallarini bajara olish ko’nikmasini hosil qilish.



Ta’limiy maqsad: Fayl tushunchasini yoritib berish, fayl nomi va kengaytmasi, fayl turlari haqida ma’lumot berish. Kompyuterda mavjud ixtiyoriy fayl yoki papkalarni ochish, hosil qilish, qayta nomlash ko’nikmalarini hosil qilish.

Tarbiyaviy maqsad: Kompyuterdagi mavjud

Rivojlantiruvchi maqsad:
Asosiy tushunchalar :
Oyna, sarlavha satri, oynani masalalar paneliga o’tkazish, oyna o’lchamini tanlash, oynani yopish, oynani siljitish, kontekst – menyu lavhasi, yurgich.

Mavzuni boshlashga hozirlik:
Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos electron qollanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Mavzuga oid plakatlar tayyorlanadi.


Mavzuni yoritish :

Darsda amalliy ishlar bajariladi.

Darsning ko’p qismi amaliy vazifalar bajarishga qaratilgan bo’lishi, o’quvchilarning darslikdagi papka hosil qilish, qayta nomlash, papkani ochish va yopish, papkani siljitish, papkani o’chamini o’zgartirish kabi amallarni ketma – ket o’zlari mustaqil bajarib ko’rishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.

O’quvchi tomonidan o’quvchilarning sichqonchadan foydalanish, konteket – menyuni tushunishlari kuzatib boriladi va zaruret bo’lsa yordam beriladi.



Mavzuni mustahkamlash va yakunlash :

Bu bosqichda o’quvchilarga avvalgi darslardagi savollar bilan murojaat qilish yoki biror topshiriqni bajarishni yoki biror topshiriqni bajarishni topshirish mumkin.



Uyga vazifa :
Bunda o’quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin:



  1. Windows mavzusidagi tushunchalar uchun test tuzib kelish.

  2. Windows mavzusidagi oid krassvord tuzish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________



6 – dars Klaviatura bilan tanishish
Dars maqsadi :
O’quvchilarga klaviaturadagi klavishlar guruhi va ularning bajaradigan vazifasi haqida ma’lumot berish.
Asosiy tushunchalar :
Lotin, kirill harflari yoki raqamlarni kiritish klavishlari, mahsus vazifalarni bajaruvchi klavishlar, kursorni boshqarish klavishlari, yordamchi klavishlar majmui, indikatorlar.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos electron qollanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Mavzuga oid plakatlar tayyorlanadi.


Mavzuni yoritish :
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi shaklida olib boriladi.

O’quvchi tomonidan o’quvchilar e’tiborini darslikdagi klavishlar guruhi ro’yhati va rasmga qaratiladi.

Darslikda klavishlar guruhi ro’yhati rasmdagi ko’rinishiga mos hoshiya va fonga ega. Shuning uchun o’quvchilar guruhlar ro’yhatiga mos klavishlarni bemalol aniqlay oladilar.

O’quvchilarga lotin yoki kiril harflarini kiritish holatiga o’tish usullari aytib o’tiladi va amalda bajarib ko’rish tavsiya etiladi.

Keyingi qadamda o’quvchilarga Pusk menyusidan Bloknot dasturini ochish tavsiya etiladi. Endi o’quvchilar klavishlar yordamida darslikdagi son, so’zlarni yoki o’zlarining ismlarini yozishlari mumkin.

Klavishlarning vazifalarini tushuntirilib, o’rganish uchun o’quvchilarga O’zbekiston Respublikasi gimnining birinchi to’rt satrini lotin harflari orqali yozish tavsiya etiladi. Bunda yangi satrga o’tish, orqaga qaytish yoki biror yo’nalish bo’yicha kursorni harakatlantirish so’raladi. Beshinchi satrda O’zbekiston so’zini kiril harflari bilan yozish tavsiya etilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Yozish jarayonida o’quvchilar e’tiborini bosh harflarni yozish usullariga, yangi satrga o’tish klavishini qo’llashga qaratilishi muhimdir.

Bloknot dasturi yordamida, umuman olganda, barcha klavishlarning vazifasini tekshirib ko’rib bo’lmaydi. Shuning uchun o’quvchilarga keyingi darslarda olgan bilimlarini to’dirib borilishi ta’qidlanadi.


Mavzuni mustahkamlash va yakunlash :

Bu bosqichda o’quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog’lik darslardagi savollar bilan murojaat qilinadi. Savollarga bahs – munozara shaklida javob berishni tashkil etish katta samara beradi. Ba’zi o’quvchilarga amaliy topshiriqlar berilishi ham mumkin.


Uyga vazifa :
Bunda o’quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin:


  1. Har bir guruh klavishlarini ustun shaklida yozish.

  2. Boshqotirmalar yechish yoki tuzish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________



7 – dars Klaviatura trenajorida mashqlar
Dars maqsadi :
O’quvchilarda klaviaturadan foydalana olish ko’nikmasini hosil qilish.
Asosiy tushunchalar :
Lotin, kirill harflari yoki raqamlarni kiritish klavishlari, mahsus vazifalarni bajaruvchi klavishlar, kursorni boshqarish klavishlari, yordamchi klavishlar majmui, indikatorlar.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos electron qollanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. “KLAVTREN” klavyatura trenajori dasturi yorlig’i tayyorlanadi.
Mavzuni yoritish :
Darsda amalliy ishlar bajarish va o’yin dasturidan foydalanishga qaratilgan bo’ladi.

O’quvchilarga avvaldan ish stoliga chiqarib qo’yilgan yorliq yordamida “KLAVTREN” klavyatura trenajorini ochish ( ishga tushirish ) tavsiya etiladi.

O’qituvchi tomonidan bu dasturni ishlatish qisqa tushuntirilgach, o’quvchilarga “toshbaqa” va “o’rdak” bosqichlarida mustaqil ishlash – o’ynash tavsiya etiladi. Shuni takidlash lozimki, bu yoshdagi o’quvchilar o’yin dasturlari ishlashini juda tez o’zlashtirib oladilar.

O’qituvchi tomonidan o’quvchilarning klaviaturadan foydalanishlari kuzatib boriladi va zarurat bo’lsa yordam beriladi. Bunda o’quvchilarning ball natijalariga mos baholash mumkin bo’ladi.



Mavzuni mustahkamlash va yakunlash :

Bu bosqichda o’quvchilarga avvalgi darslardagi savollar bilan murojaat qilish mumkin.


Uyga vazifa :
Bunda o’quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin:


  1. Avvalgi dars materialini takrorlash.

  2. Boshqotirmalar, topishmoqlar yechish yoki tuzish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________


8 – dars Klaviatura trenajorida mashqlar
Dars maqsadi :
O’quvchilarda klaviaturadan foydalana olish ko’nikmasini hosil qilish.
Asosiy tushunchalar :
Lotin, kirill harflari yoki raqamlarni kiritish klavishlari, mahsus vazifalarni bajaruvchi klavishlar, kursorni boshqarish klavishlari, yordamchi klavishlar majmui, indikatorlar.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos electron qollanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. “KLAVTREN” klavyatura trenajori dasturi yorlig’i tayyorlanadi.
Mavzuni yoritish :
Darsda amalliy ishlar bajarish va o’yin dasturidan foydalanishga qaratilgan bo’ladi.

O’quvchilarga avvaldan ish stoliga chiqarib qo’yilgan yorliq yordamida “KLAVTREN” klavyatura trenajorini ochish ( ishga tushirish ) tavsiya etiladi.

O’qituvchi tomonidan bu dasturni ishlatish qisqa tushuntirilgach, o’quvchilarga “matn terish” bosqichlarida mustaqil ishlash tavsiya etiladi.

O’qituvchi tomonidan o’quvchilarning klaviaturadan foydalanishlari kuzatib boriladi va zarurat bo’lsa yordam beriladi. Bunda o’quvchilarning ball natijalariga mos baholash mumkin bo’ladi



Shuni takidlash joizki, “KLAVTREN” klavyatura trenajori matnlarni o’qituvchi tomonidan o’zgartirish imkoniyatini beradi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash :

Bu bosqichda o’quvchilarga avvalgi darslardagi savollar bilan murojaat qilish mumkin.


Uyga vazifa :
Bunda o’quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin:


  1. Avvalgi dars materialini takrorlash.

  2. Boshqotirmalar, topishmoqlar yechish yoki tuzish.

  3. Klavishlat turgan o’rinlarni yod olish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________



9 – dars Kompyuterdagi kalkulyatordan foydalanish
Dars maqsadi :
O’quvchilarga kompyuterdagi kalkulyator darturi va uning imkoniyatlari haqida ma’lumot berish.

Asosiy tushunchalar :
Kankulyator, sarlavha satri, menyular satri, sonlarni aks ettirish ekranchasi, arifmetik amallar, qo’shimcha amallar, xotira bilan ishlashamallari, o’chirish tugmalari.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos electron qollanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. “Kalkulyator” dasturi yorlig’I ish stoliga chiqariladi hamda masalalar paneliga ham joylashtiriladi.
Mavzuni yoritish :
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi shaklida olib boriladi.

O’qituvchi tomonidan o’quvchilarga kalkulyatorni ahamiyati va ishga tushirish usullari ko’rsatib beriladi (Pusk menyusi, masalalr panelidagi piktogramma, ish stolidagi yorliq orqali).

Kalkulyatorni tugmalari guruhlarga ajratib izohlanadi. Bu tugmalar beradigan imkoniyatlarini ochib berish uchun darslikdagi mashqlarni bajarib ko’rish mumkin.

Kalkulyator menyular satrini izohlash vaqtida o’quvchilar e’tiborini Nushalash va Joylashtirish amallarini o’rnini bosuvchi tezkor klavishlarga, kankulyatorning Oddiy va Muhandislik ko’rinishlariga, Guruhlardagi raqamlar soni amalining qulaylik tomonlariga qaratish maqsadga muvofiq.

Kalkulyatorning Muhandislik ko’rinishi haqida o’quvchilarga qisqa ma’lumot berilishi yetarli. Uning imkoniyatlarini o’quvchilar 8 – sinfda to’laroq o’rganishadi. Lekin, kuchli o’quvchilarga kankulyatorning Muhandislik ko’rinishi haqida amaliy referat yozish topshirilishi mumkin.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash :
Bu bosqichda o’quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog’lik darslardagi savollar bilan murojaat qilinadi. Savollarga bahs – munozara shaklida javob berishni tashkil etish katta samara beradi.

O’quvchilarga darslikdagi mashqlar kabi topshiriqlar berilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Topshiriqni bajarish vaqtida o’quvchilarga har bir bakjariladigan amalni daftarlariga izoh bilan (darslikdagi kabi) yozib qo’yish tavsiya etiladi. Bu ularni keyinchalik algoritm bilan bog’liq vazifalarni bajarishlarida ko’nikma bo’ladi.


Uyga vazifa :
Bunda o’quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin:


  1. Darslikdagi 10 – topshiriq va o’hshash qo’llanmadagi topshiriqlar.

  2. Boshqotirmalar, topishmoqlar yechish yoki tuzish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________

10 – dars Paint dasturi haqida
Dars maqsadi :
O’quvchilarni Paint dasturi muloqot oynasi bilan tanishtirish va menyular imkoniyatlarini ochib berish.
Asosiy tushunchalar :
Paint dasturi muloqot oynasi, menyular satri, ishchi maydon, palitra, uskunalar paneli, holat satri.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos electron qollanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. PAINT dasturi yorlig’I ish stoliga chiqariladi hamda masalalar paneliga ham joylashtiriladi.
Mavzuni yoritish :
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi shaklida olib boriladi.

Paint dasturini ishga tushirish amaliy ko’rsatiladi. Paint dasturini ishga tushirish kalkulyator dasturi kabi uch hil usulda (Paint menyusi, masalalar panelidagi piktogramma, ish stulidagi yorliq orqali) amalga oshirish mumkinligi ta’kidlanadi. Paint dasturi ishni tugatish ham uch hil usulda bo’lishi (X piktogrammasini yoki fayl menyusining Выход” – ya’ni chiqish buyrug’ini tanlash yoki Alt + F 4 klavishalarini birgalikda bosish orqali ) ko’rsatib beriladi. Bu amallarni o’quvchilar o’z kompyuterlarida bajarib ko’rishadi.

Paint dasturi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topganligi darslikdagi rasm va amaliy ko’rsatiladi.


  1. menyular satri ;

  2. ishchi maydon ;

  3. uskunalar paneli ;

  4. ranglar majmuyi ( palitra ) .

Har bir menyuning asosiy buyruqlari bilan tanishtiriladi va ulardan ba’zilarining ishlashi (fayl, ko’rinish, rasm) misollar yordamida ko’rsatib beriladi.



O’quvchilar har bir buyruq yoki amalni o’qituvchi bilan ketma – ket o’zlari bajarib ko’rishadi.

Mavzuni mustahkamlash va yakunlash :
Bu bosqichda o’quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar, Paint dasturining muloqat oynasi bilan bog’liq darslikdagi savollar bilan murojaat qilinadi.

Savollarga bahs – munozara shaklida javob berishni tashkil etish katta samara beradi.


Uyga vazifa :
Bunda o’quvchilarga quyidagi shakldagi vazifa topshirish mumkin:


  1. Paintda qanday amallar bajarish mumkinligini yozib kelish.

  2. Boshqotirmalar, topishmoqlar yechish yoki tuzish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________


11 – dars Paint uskunalar paneli va undan foydalanish

Dars maqsadi :

O’quvchilarda Paint dasturi uskunalar panelidan foydalanishni ko’nikmasini hosil qilish.



Asosiy tushunchalar :

Uskunalar paneli, qalam, sohani belgilash, chiziq chizish, purkagich, mo’yqalam, to’rtburchak, ellips, ko’pburchak, bo’yash.



Mavzuni boshlashga hozirlik:

Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos electron qollanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. PAINT dasturi tayyorlanadi.



Mavzuni yoritish :

Dars ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi shaklida olib boriladi.



Paintda geometrik shakllarni chizish va tahrir qilish uchun uskunalar panelidagi piktogrammalardan foydalanish mumkinligi amalda ko’rsatiladi, ya’ni uskunalar panelidagi quyidagi uskunalarning imkoniyatlari ochib beriladi.

Paintda tayyorlangan rasmni saqlash ko’rsatib beriladi. O’quvchilarga biror soda shakl chizib,uni famililiyalari nomini berib (Windows muhitida ishlashga doir mashqlar mavzusida hosil qilingan) familiyalar nomidagi papkada saqlash talab qilinadi.

Paint dasturi yordamida rasmlar chizish hamda ularni tahrir qilishga doir bir nechta mashqlarni bajarib ko’rsatiladi va o’quvchilarga ham shunday ishlarni bajarish topshiriladi.

O’quvchilar har bir uskuna imkoniyatini amakda o’quvchi bilan keyma – ket o’zlari bajarib ko’rishadi.



Mavzuni mustahkamlash va yakunlash :

Bu bosqichda o’quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar va dasturda ishlash, turli shakllar yasash bilan bog’liq darslik va qo’llanmadagi savollar bilan murojaat qilinadi. Masalan:



  1. Yoy chizish uchun uskunalar panelining qaysi piktogrammalaridan soydalanish mumkin ?

  2. Qalam va mo’yqalam yordamida nima ish bajarish mumkin ?

Darslikdagi 4 – 5 mashqlar amaliy bajarish uchun tavsiya etilishi maqsadga muvosuq bo’ladi.


Uyga vazifa :

Bunda o’quvchilarga quyidagi shakldagi vazifa topshirish mumkin:




  1. Darslikdagi 4 – 5 topshiriqlar.

  2. Boshqotirmalar, topishmoqlar yechish yoki tuzish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________


12 – dars Paintda amallar bajarish
Dars maqsadi :
O’quvchilarda rasmlar ustida amallar bajarish ko’nikmasini hosil qilish.
Asosiy tushunchalar :
Menyular, uskunalar paneli, ranglar majmui (palitra), matn joylashtirish, nushalash, joylashtirish, burish, akslantirish.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos electron qollanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. PAINT dasturi ishga tayyorlanadi.
Mavzuni yoritish :
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi shaklida olib boriladi.

PAINT dasturi menyularidan foydalanib matn kiritish, nushalash, burish va akslantirish, ranglarni o’zgartirish kabi sodda amallarni bajarish darslikdagi mashqlar orqali ko’rsatiladi.


O’quvchilar grafik muharrir yordamida avval hosil qilgan tasvirlar ustida sodda amallar bajaradilar. Masalan, matn yozish, ranglarni almashtirish, har xil burilishlar, rangni almashtirish, nushalab ko’paytirish.
Darsning kop qismi amaliy vazifalar bajarishga qaratilgan bolishi, oquvchilarning darslikdagi nusha kochirish, joylashtirish, biror burchakka burish kabi amallarni ketmaket ozlari mustaqilbajarib korishlari maqsadga muvofiq boladi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash :
Bu bosqichda o’quvchilarga darslikdagi savollar bilan murojaat qilish yoki biror amalliy topshiriqni bajarishni topshirish mumkin.

Uyga vazifa :
Bunda o’quvchilarga quyidagi shakldagi vazifa topshirish mumkin:


  1. Darslikdagi 7 - topshiriq.

  2. Tayyor kvadrat shaklidan foydalanib ( boshqa chizmasdan ) shahmat doskasi ko’rinishini hosil qilish uchun bajarish kerak bo’lgan amallar ketma - ketligini yozish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________


13 – dars Paintda rasmlarni qayta ishlash

Dars maqsadi :
O’quvchilarda rasmlar ustida amallar bajarish ko’nikmasini hosil qilish.
Asosiy tushunchalar :
Menyular, uskunalar paneli, palitra, nushalash, joylashtirish, burish, akslantirish, saqlash, fonni o’zgartirish, birlashtirish.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos electron qollanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. PAINT dasturi ishga tayyorlanadi.
Mavzuni yoritish :
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi shaklida olib boriladi.

PAINT dasturi menyularidan foydalanib rasm qismini faylga saqlash, fayldan olib qo’yish, fonni o’zgartirish kabi amallarni bajarish darslikdagi mashqlar orqali ko’rsatiladi.

O’quvchilar grafik muharrir yordamida avval hosil qilingan tasvirlar ustida amallar bajaradilar. Masalan: rasm qismini faylga saqlash, fayldan olib qo’yish, fonni o’zgartirish.

Darsning ko’p qismi amaliy vazifalar bajarishga qaratilgan bo’lishi, o’quvchilarning darslikdagi amallarni o’zlar i mustaqilbajarib ko’rishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash :
Bu bosqichda o’quvchilarga darslikdagi savollar bilan murojaat qilish yoki darslikdagi amalliy topshiriqni bajarishni topshirish mumkin.

Uyga vazifa :
Bunda o’quvchilarga quyidagi shakldagi vazifa topshirish mumkin:


  1. Darslikdagi 7 - topshiriq.

  2. Halqa rasmini faylga saqlash, shu fayldan foydalanib olimpiada nisjonini hosil qilish uchun bajarish kerak bo’lgan amallar ketma - ketligini yozish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________


14 – dars Paintda amalliy vazifalar bajarish
Dars maqsadi :
O’quvchilarda Paint dasturi va sichqonchadan foydalana olish ko’nikmasini hosil qilish.
Asosiy tushunchalar :
Menyular, uskunalar paneli, palitra, matn joylashtirish, nushalash, joylashtirish, burish, akslantirish, saqlash, fonni o’zgartirish, birlashtirish.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos electron qollanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. PAINT dasturi ishga tayyorlanadi.
Mavzuni yoritish :
Darsda amalliy ishlar bajariladi.

Darsning ko’p qismi amaliy vazifalar bajarishga qaratilgan bo’lishi, o’quvchilarning darslikdagi shakllarni o’zlari mustaqil hosil qilishlari, bunda matn joylashtirish, nushalash, joylashtirish, burish, akslantirish, saqlash, fonni o’zgartirish, birlashtirish kabi amallarni ketma – ket o’zlari mustaqil bajarib ko’rishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.

O’qituvchi tomonidan o’quvchilarning sichqonchadan foydalanish, menyu va amallarni tushunishlari kuzatib boriladi va zarurat bo’lsa yordam beriladi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash :
Bu bosqichda o’quvchilarga avvalgi darslikdagi savollar bilan murojaat qilish yoki biror topshiriqni bajarishni topshirish mumkin.
Uyga vazifa :
Bunda o’quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin:


  1. Paint dasturiga oid tushunchalar qatnashgan test tuzib kelish.

  2. Paint dasturiga oid krossvord tuzish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________


15 – dars Kompyuter o’yinlari haqida
Dars maqsadi :
O’quvchilarga kompyuter o’yinlari va ularning turlari haqida ma’lumot berish.
Asosiy tushunchalar :
Kompyuter o’yinlari.O’quv ( o’rgatuvchi ) o’yinlar.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos electron qollanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.
Mavzuni yoritish :
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi shaklida olib boriladi.

Savol – javob usulida o’quvchilardan qanday o’yinlarni bilishi aniqlanadi. O’quvchilar ( bitta yoki ikkita ) o’zlari bilan o’yinlarning qoidalari haqida gapirib beradilar. O’yinlarning ba’zilari o’yinchidan tez xarakat qilishni talab qilsa ( quvlashmachoq, futboll, …), ba’zilari fikr yuritishni ( shahmat, shashka, … ) talab qilishi ta’kidlanadi. Kompyuter o’yinlari ham oddiy o’yinlarga o’hshash bo’lib,ularni bir necha guruhlarga ajratish mumkinligi aytiladi va misollar keltiriladi ( kompyuter o’yinlarining bir necha guruhi darslikka keltirilgan ). O’quvchilar bilgan kompyuter o’yinlarini guruhlarga ajratishga harakat qilinadi.

O’quv – o’rgatuvchi kompyuter o’yinlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Misol sifatida xotirani kuchaytirishga mo’ljallangan “Xotira” oyinini ko’rsatish mumkin ( “Xotira” hamda darslikda keltirilgan boshqa o’yin dasturlarini 2006-2007 o’quv yilidan boshlab maktablarga o’rnatiladigan kompyuterlarning dasturiy ta’minotiga kiritish rejalashtirilgan ). Bu o’yinni bolalar qiziqib o’naydilar.

Kompyuter o’yinlari har qancha zavqli va maroqli bo’lmasin, kompyuter oldida uzoq vaqt o’tirish sog’liq uchun zararli ekanini o’quvchilarga uqtirish kerak.



Mavzuni mustahkamlash va yakunlash :
Bu bosqichda o’quvchilarga darslikda keltirilgan savollar bilan murojaat qilinadi. “Xotira” o’yinini mashq sifatida berish mumkin.
Uyga vazifa :
Bunda o’quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin:


  1. Siz bilgan “oddiy o’yinlar ” va “kompyuter o’yinlari” nomli ikkita ro’yhat tuzing.

  2. O’zingiz yoqtirgan biror o’yin qoidasini yozing.

O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________


16 – dars Kompyuter o’yinlari
Dars maqsadi :
Kompyuter o’yinlari orqali o’quvchilarning xotirasini kuchaytirish, mantiqiy fikrlashini o’stirish va so’z boyligini oshirish va sichqonchadan foydalanish ko’nikmasini mustahkamlash.
Asosiy tushunchalar :
Kompyuter o’yinlari.O’quv ( o’rgatuvchi ) o’yinlar.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos electron qollanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiramiz. “Puzzle” va “So’z yasash” o’yinlari yorliqlari ish stoliga joylashtiriladi.
Mavzuni yoritish :
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi shaklida olib boriladi.

O’qituvchi mantiqiy o’yinlar guruhiga mansub bo’lgan “Puzzle” ( pazl ) o’yini haqida qisqa ma’lumot beradi. Bu o’yinda bo’laklarga ajratilgan rasmni tiklash kerak b’ladi. O’yin qoidasi darslikda yetarlicha yoritilgan. O’quvchilar o’yinni mustaqilishga tushirishadi. O’yin uchun 15 minut vaqt ajratilishi yetarli bo’ladi.

Shuni takidlash lozimki, Pazl o’yini natijasi asosida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash darajasi qisman aniqlash mumkin. Chunki, har bir mantiqiy o’yininsonning ba’zi aqliy tomonlarinigina rivojlantirishga xizmat qiladi.

O’quvchilarning so’z boyligini va xotirasini sinab ko’rish uchun “So’z yasash” o’yini tavsiya etiladi. O’yin qoidasi darslikda yetarlicha yoritilgan. O’quvchilar o’yinni mustaqil ishga tushurishadi. Bu o’yin ham 15 minut vaqt ajratilishi yetarli bo’ladi.



O’yinlar oxirida o’quvchilar yo’l qo’ygan xatoliklar tahlil qilib berilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Ayniqsa “So’z yasash” o’yinidan so’ng yuqori natijalarga erishilgan o’quvchilar e’lon qilinib, quyi natijalarga erishgan natijalarga so’z boyligini oshirish uchun badiiy asarlar ko’proq o’qish tavsiya etiladi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash :
Bu bosqichda o’quvchilarga darslikda keltirilgan savollar bilan murojaat qilinadi. O’yinlar haqidagi fikrlar so’raladi.
Uyga vazifa :
Bunda o’quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin:


  1. Kompyuter o’yinlariga oid boshqotirmalar tuzish.

  2. O’zingiz yoqtirgan biror o’yin qoidasini yozing.


O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________
Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling