2-sinflar o’rtasida tayorlangan bellashuv shartlari
Shartlar
-
Tezkor savol javob.
-
Bu qaysi navo.
-
Ritmik harakatni bajarish qarsaklar bilan.
-
Matematik ijodkorlik, boshqotirmalar.
-
Qo’ashiq kuylash madaniy hordiq, raqs va xalq aytimlari bolalar ijodi.
1-shart
-
O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini kim bastalagan?
Mutal Burxonov
-
O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini so’zlarini kim yozgan?
Abdulla Oripov
-
Musiqa tovushlari nima bilan yoziladi?
Notalar bilan
-
Notalar yoziladigan nechta chiziq bor? 5ta
-
Nota yo’lining boshiga qanday kalit qo’yiladi? Skripka kaliti.
-
Skripka kaliti yana qanday nomlanadi? Sol kaliti.
-
Notalar yoziladigan 5ta chiziqqa nima deyiladi? Nota yo’li
-
Musiqada nechta nota bor? 7ta
-
7ta notani ketma-ketligi bilan ayting? Do, re, mi, fa, sol, lya, si.
-
1- asosiy chiziqga qaysi nota joylashadi? Mi
-
3- asosiy chiziqga qaysi nota joylashadi? Si
-
Mi notasi joylashgan butun notani ko’rsating
-
2-3 asosiy chiziqlarning orasida qaysi nota joylashgan? Lya
-
Sol notasi joylashgan yarim notani ko’rsating?
-
Do notasi qayerda joylashadi? 1-yordamchi chiziq ustida
-
Fa notasi qayerda joylashadi? 1-2 asosiy chiziqlarning orasida
-
Lya notasi joylashgan chorak notani ko’rsating?
-
Butun notaga tarif berilgan sherni ayting.
Bilsang butun notaman,
Har notadan kattaman
Meni sana 4i ga
Keyin davom etasan.
-
Yarim notaga tarif berilgan sherni ayting
Men butunning yarmiman
Yarimtalik notaman
sana meni 2i ga
Bir quvonib ketaman
-
Chorak notaga tarif berilgan sherni ayting
Bilsang chorak notaman
Har qalay kichkinaman
Qora xolday nuqtaman
Butun notada to’rttaman
-
Nimchorak notaga tarif berilgan sherni ayting
Meni derlar “nimchorak”
Bayroqcham bundan darak
Qay asarda uchrasam
Meni tez kuylash kk
-
Re notasi joylashgan nimchorak notani ko’rsating?
-
Kuy nima? Kuy harqanday musiqaning asosidir u turli balandlikdagi va uzunlikdagi tovushlarning yig’indisidan hosil bo’ladi.
-
Qo’shiq nima? Qo’shiq she’riy matn va kuydantashkil topadi.
-
G’ijjak nima bilan chalinadi? Kamon bilan
-
Tanbur nima bilaan chalinadi? Noxun bn
-
Yakkanavoz nima? Yakka holda ijro etish yakkanavozlik deyiladi.
-
Jo’rnavoz nima? Ikki cholg’u sozida birgalikda kuy ijro etishga jo’rnavozlik deyiladi.
-
Xonandalik deganda nimani tushinasiz? Xonandalar qo’shiqlarni ovozda, cholg’u jo’rligida yoki cholg’u jo’rligisiz ijro etadilar.
-
Sozandalik deganda nimani tushinasiz? Sozandalar kuylarni turli cholg’ularda ijro etadilar.
-
Xonandalik, sozandalik, bular qanday soha? Bular musiqiy kasblardir
-
+ ? =
-
+ = ?
-
+ = ?
-
+ + =
-
Kuy nimaga bo’linadi? Taktlarga bo’linadi.
-
Takt nimaga bo’linadi? Takt kuchli va kuchsiz hissalardan tashkil topadi.
-
Kuchli hissa oldidan nima qo’yiladi? Tikka chiziq
-
O’lchov nima? Musiqada o’lchov taktning sig’imini, yani bitta taktga nechta nota joylashishini ko’rsatadi.
-
Qanday o’lchovlarni bilasiz? 2\4, 3\4, 4\4
-
2\4 2-bu taktdagi hissa (ikki) 4-bu har bir hissaning uzunligi (chorak).
-
Repriza nima? Musiqa asarining biror qismi takrorlanishini bildiruvchi belgi repriza deyiladi.
-
Repriza tariflangan sherni ayting?
Kuyning asosiy qismi
Yana yangraydi takror
Bu qism chekkasida
Repriza belgisi bor.
-
Repriza belgisini doskaga chiqib ko’rsating.
-
Musiqada lad nima? Lad bu – o’zaro
kelishuvda, yani muayyan ketma-ketlikda joylashgan tovushlar guruhi.
-
Musiqada ladlar juda ko’p asosiy ladlar qaysilar? “Major” va “Minor” ladlari.
-
Major qanday lad? Bu yorqin jaranglagan musiqa, quvnoqlik, tetiklik va xursandchilik kuylarining asosi.
-
Minor qanday lad? Ma’yus va o’ychan kuylarning asosi.
-
Major va minor ladlariga tarif berilgan sherni ayting?
Musiqiy mamlakatda
Bor ikki aka-uka.
Major – quvnoq va shodon,
Tetik bardam, sho’x xandon.
Ikkinchi bola – Minor,
U g’amgin tovushqator
Ma’yus qo’shiq aytadi
Bizni o’yga soladi.
Major va Minor birdam
Ahil yashashar hardam
-
“Sog’lom avlod qo’shig’ini” bastakori kim? Shermat Yormatov
2-Shart
Bu qaysi navo o’ynaladi topilgan qo’shiqlar kuylanib shoiri bastakorlari haqida ma’lumt beriladi.
3-Shart
Ritmik harakatni bajarish qarsaklar bilan.
Har bir bola quyida berilgan usulni qarsak orqali ko’rsatib beradi bajargan bolaga
Rag’batlanturuvchi konfert beriladi?
4-shart
Matematik ijodkorlik, boshqotirmalar.
5-Shart
Bolalar qo’shiq aytadi madaniy hordiq sharti.
Ballar qo’yiladi. Qaysi sinf g’olib bo’lsa o’sha guruhga faxriy yorliq beriladi.
Buxoro viloyati Kogon tumani
8-umumiy o’rta ta’lim maktabining
musiqa fani o’qituvchisi
Qo’ldosheva Nodira Zaripovnaning
2-sinflar o’rtasida tashkil etilgan
“musiqani bilasizmi” nomli bellashuv
shartlari
2022
Do'stlaringiz bilan baham: |