1-dars Mavzu
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi
Download 124 Kb.
|
2-sinf o'qish kom-ya yillik konspekt (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Darsning nomi: Mening Vatanim. Dars jarayoni: 1-2-bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi. 3-bosqich. Dars O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlanadi. Madhiya tugashi bilan bir o'quvchi «O’qish kitobi»ni ko'tarib xattaxta oldiga chiqadi. Darslik yuzasidan suhbat o'tkaziladi: 1. O'qing, bu qaysi darslik? («O'qish kitobi» darsligi). 2. «O'qish kitobi» nimalarni o'rgatadi? (Ifodali, ongli va to'g'ri o'qishni.) 3. Bu darslikni kimlar yozgan ekan? (O'qituvchi darslikni ochib, mualliflar yozilgan joyni ko'rsatib, o'quvchilarga o'qitadi. Ularning mehnati haqida gapirib beradi.) 4. Kitob haqida qaysi she'rni yod olgan edingiz? Kitob haqida o'quvchilar o'qigan, yod olgan she'rlar eslatiladi. O'qituvchi ki-tobning birinchi bo'limi va uning asosiy mazmuni haqida ma'lumot berib, darsning maqsad va vazifalarini e'lon qiladi. Bugungi dars mavzusi bilan o'quvchilarni tanishtiradi. She'rni o'qishga tayyorgarlik: 1. Vatan deganda nimani tushunasiz? 2. Nima uchun odamlar Vatanini sevadi? 3. Vatanini yaxshi ko'rgan odamlar nima qiladi? 4. Siz ham yaxshi xulqingiz, Vatanni sevishingizni namoyish qi-lishingiz lozim. She'r nomi aytilib, shoir haqida ma'lumot beriladi. She'r bilan tanishtirish. She'r ifodali o'qib beriladi. Izohli o'qishdan foydalaniladi. Buning uchun she'rdagi notanish so'zlar ma'nosi izohlanadi, so'zlar plakatga yozib osib qo'yiladi. She'r yuzasidan dastlabki suhbat. Quyidagi savollardan foydala-nish mumkin: 1. Shoir Po'lat Mo'minning Vatan haqidagi qanday she'rlarini bilasiz? 2. Bu she'rida shoir Vatanni qanday ulug'lagan? 3. U sizlarga nima demoqchi? She'rni o'quvchilar o'qiydilar. Jo'r boiib o'qish, ichda o'qish, topshiriqli o'qish usullaridan foydalaniladi. She'rning «Sen o'xshaysan onamga, Maqtay butun olamga» misralari tahlil qilinadi. Darslikdagi mavzuga doir savollar va qo'shimcha materiallar (maqol, tez aytish va topishmoq) bilan ishlanadi. 4-bosqich. O'quvchilar guruhlarga bo'linadilar. Guruhlarga topshiriq. 1-topshiriq. Har bir guruhga she'rni o'qib, mazmuni ustida ish-lash vazifasi topshiriladi. Buni quyidagicha bajaradilar: O'quvchilar guruh bo'lib she'rni o'qiydilar, bir-birlariga she'r mazmunini gapirib beradilar va o'zaro muhokama qiladilar. 2-topshiriq. Reja asosida «Mening Vatanim» mavzusida hikoya tuzing. Reja: 1. Mening ko'cham va uyim. 2. Mening mahallam. 3. Men yashaydigan shahar (yoki qishloq). 4. Men Vatanimni sevaman. Taqdimot: Har bir guruhdan bittadan ikki o'quvchi chiqib, bit-tasi 1-topshiriqni qanday bajarganliklarini aytadi, ikkinchisi esa reja asosida yozilgan hikoyani o'qib beradi. O'quvchilarga topshiriqlarni bajarishdagi ishtirokiga qarab bir-birini baholash topshirig'i beriladi. 5-bosqich. Vatan haqida maqollar aytish mashqi o'tkaziladi. Muhokama: • Bugungi dars sizga yoqdimi? • Vatan haqida nimalarni bilib oldingiz? • Shoir Po'lat Mo'min Vatanni qanday izohlaydi? • Topshiriqni bajarishda qanday qiyinchiliklarga uchradingiz? • Guruhda ish qanday tashkil qilindi? • Topshiriqlarni bajarishda hammaning fikri inobatga olindimi? Kengaytirish. I z o h: Kengaytirish va baholashning mazmuni texnologik xa-ritada ko'rsatilgan.
Download 124 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling