Kim tezroq aytadi


Download 14.5 Kb.
Sana12.12.2021
Hajmi14.5 Kb.
#179998
Bog'liq
didaktik o‘


"Kim tezroq aytadi" o‘yini

O‘yin maqsadi: tez va to‘g‘ri aytish malakasini o‘stirish.

O‘yinning borishi: O‘yinda o‘qituvchi sonlarni aytadi, bolalar aytilgan sonlardan oldin vai keyin keladigan sonlarni aytish kerak. Masalan: sanaganda 4dan oldin qaysi son keladi?, 8dan oldinchi? Kabi savollarga javob bergan bola g‘olib hisoblanadi.

"Bu qaysi shakl" o‘yini

O‘yinning maqsadi geometrik shakllar bilan, ularga ta‘rif berish malakasini oshirish, og‘zaki nutqini rivojlantirish.

O‘yin jihozi: konsertlarga solingan geometrik shakllar

O‘yinning borishi: doskaga bir bola chiqadi konvertdagi shaklni ko‘rib olib, o‘quvchilarga murojaat qiladi. Qo‘limdagi shaklni uch tomoni uch burchagi bor. Bu qaysi shakl?

Shaklni to‘g‘ri topgan bolalar rag‘batlantiriladi.

"Jim" o‘yini

O‘yinning maqsadi: o‘quvchilarning o‘n ichida +_ - belgilari haqida bilimlarini oshirish



O‘yin jihozi: raqamlar yozilgan tarqatmalar, misollar

O‘yinning borishi: jadvalllar doskaga osib qo‘yiladi. O‘yin ovoz chiqarmagan holda o‘tkaziladi. Tarbiyachi ko‘rsatma bilan 7va 5ni ko‘rsatadi bolalar o‘ylab 2 yozilgan tarqatmani ko‘rsatadilar.
Download 14.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling