1-dars: tasviriy san’atning ifodaviy vositalari haqida suhbat (reproduksiyalarni tahlil qilish asosida) Darsning turi


Download 1.12 Mb.
bet11/14
Sana04.02.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1159361
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-sinf dars ishlanma

II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.


III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
Yangi dars mavzusi bayoni. Oq va qora rang tusdagi rasm chizishning kerakli tomonlari aytib o’tiladi. Bu usulni tasviriy san’atda “grezayl” deb ataladi. Ma’nosi kir rangda ishlash yoki bir xil tusli rangda rasm ishlash degani. Bir qancha shu usulda ishlangan rasmlardan namunalar keltirib o’tiladi. O’qituvchining o’zi yaratgan ko’rgazmali qurollardan foydalangan holda tushuntirib beriladi. Bosqichli chizilgan bir xillikka va soya - yorug’ joylari aniqlangan natura rasmi ko’rsatiladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
O’quvchilarning o’zlarini besh daqiqaga qo’yib quyiladi. Ular o’zi bilganicha, o’qituvchining tushuntirganidek bajarishini kuzatiladi. Keyin o’quvchilarning tasvirlagan suratlarini ko’rib chiqiladi. Hamma bejarilayotgan vazifalarni to’g’ri borayotganiga ishonch hosil qilinsa ular davom etaveradi. Lekin ba’zida bolalar vazifani noto’g’ri olib borishi mumkin unday hollarda hammani to’xtatib quyib qaytadan tushuntirishi mumkin. Agar kam o’quvchilar xato qilayotgan bo’lishsa unga individual yordam berish lozim. Tez va oldinda borayotgan o’quvchilarni rag’batlantirib boriladi. Tushuntirilganlar bo’yicha bolalar faqat naturaning o’ziga qarab tasvirini tushirish lozim.
V. Dars yakunlarini chiqarish .
1. O'quvchilarda paydo bo'lgan savollarga javob berish;
2. Baholarni e'lon qilish.
3.O’quvchilar aytib o’tgan fikrlari to’planib tahlil va xulosa qilinadi va darsning eng so’nggi xulosasi chiqariladi


V I. Uyga vazifa
Xuddi shunga uxshagan rasm ishlab kelishni hamda rassomlar chizgan rasmlardan yig’ib olib kelish kerakligi aytib o’tiladi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling