1. Daryolar suv rejimining elementlari Suv sathi, uni kuzatish va qayta ishlash usullari Daryolar suv rejimining davrlari


Download 111 Kb.
bet1/6
Sana06.05.2023
Hajmi111 Kb.
#1433879
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DARYOLARNING ENERGIYASI VA ISHI


DARYOLARNING ENERGIYASI VA ISHI
REJA:
1.Daryolar suv rejimining elementlari
2. Suv sathi, uni kuzatish va qayta ishlash usullari
3. Daryolar suv rejimining davrlari

Daryoda oqayotgan suv miqdori, ya’ni suv sarfi, suv yuzasi sathining holati, uning oqish tezligi, harorati, erigan moddalar oqimi miqdori va boshqalar ma’lum omil­lar ta’sirida vaqt bo’yicha o’zgarib turadi. Daryoda mana shu qayd etilgan elementlarning bir­biriga bog’liq holda o’z­garishi uning suv rejimini ifodalaydi.


Suv sarfi (Q) deb, daryoning ko’ndalang qirqimidan vaqt birligi ichida oqib o’tadigan suv miqdoriga aytiladi. U m3/s yoki lҒs larda ifodalanadi.
Suv sathi (N)-ma’lum bir o’zgarmas, gorizontal ho­latdagi doimiy ”0” tekislikka nisbatan o’lchanadigan suv yuzasi balandligidir. U sm larda ifodalanadi.
Suvning oqish tezligi ( ) mҒs larda ifodalanib, uning qiymatini ko’ndalang qirqimning ayrim nuqtalarida, alohida vertikal (tiklik) lar yoki butun jonli kesma bo’­yicha aniqlash mumkin. Demak, jonli kesmaning ayrim nuqtasida o’lchangan tezlik vertikallar yoki butun jonli kesma uchun aniqlangan o’rtacha tezliklardan qiymati ji­hatidan farq qiladi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda daryo suvining ha­rorat rejimi, gidroximiyaviy rejimini o’rganish ham mu­him ahamiyatga ega. Shularni e’tiborga olib, quyida daryolar suv rejimining barcha elementlari alohida mavzularda yoritiladi.
Suv sathi, uni kuzatish va qayta ishlash usullari
Daryoda suvning oz yoki ko’p bo’lishiga bog’liq holda va boshqa sabablar ta’sirida suv sathi o’zgarib turadi. Uni kuzatish ishlari maxsus suv o’lchash joylari­postlarda amalga oshiriladi(14­rasm). Bu ish suv yuzasi sathining "nol" tekislik deb qabul qilinadigan doimiy gorizontal faraziy tekislikka nisbatan balandligini aniqlashdan iborat. Bunday faraziy tekislik uchun odatda suvning tarixiy eng past yuzasi balandligidan 0,5-1,0 m pastroqda joylashgan tekislik qabul qilinadi. Shu tekislikning mutlaq yoki nisbiy balandligi "nol" grafigi deb ataladi. Suv sathi shu "nol" grafikka nisbatan suv o’lchash taxtacha (reyka)lari yordamida 1 sm aniqlikda o’lchanadi.

Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling