1. Daryolar suv rejimining elementlari Suv sathi, uni kuzatish va qayta ishlash usullari Daryolar suv rejimining davrlari


Download 111 Kb.
bet3/6
Sana06.05.2023
Hajmi111 Kb.
#1433879
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DARYOLARNING ENERGIYASI VA ISHI

Daryolar suv rejimining davrlari
Daryolar suv rejimining yillik o’zgarishini bir necha xarakterli qismlarga­ko’p suvli, ya’ni to’linsuv, kam suvli va toshqin davrlariga ajratish mumkin. Ular umumiy nom bilan suv rejimi davrlari deb ataladi. Bu davrlarning har birining o’ziga xos xususiyatlari, jumladan davom etish vaqti, daryolarning to’yinish manbalari hamda ularning daryo oqimiga qo’shadigan ulushlarining yil davomida o’zgarishi bilan aniqlanadi. O’z navbatida bu omillar daryo havzasi­ning iqlim sharoitiga bog’liqdir.
Davrlar soni turli tabiiy­geografik zonalarda joy­lashgan daryolar uchun turlicha­ikkitadan to to’rttagacha bo’­lishi mumkin. Masalan, tekislik hududlarida quyidagi to’rt davr kuzatiladi: bahorgi to’linsuv davri (polovode), yozgi kam suvli davr (mejen), kuzgi toshqin davri (pavodok), qishki kam suvli davr (mejen). Ba’zi tekislik daryola­rida kuzgi toshqin davri kuzatilmasligi mumkin, yozgi to’linsuv davri uzoq muddatga cho’ziladigan daryolarda esa yozgi kam suvli davr (mejen) kuzatilmaydi.
O’rta Osiyoning nisbatan yirik daryolarida esa asosan ikkita davr, bahorgi­yozgi to’linsuv davri va kuzgi­qishki kam suvli davr (mejen) kuzatiladi.
Тo’linsuv davri deb, daryoda suvning ko’payishi har yili deyarli bir xil mavsumda takrorlanadigan va uzoq vaqt (2­6 oy) davom etadigan davrga aytiladi. Bu davrda daryo qa­yirlari suv ostida qoladi. Suv sathining keskin ko’ta­rilishi esa ayrim hollarda ko’ngilsiz hodisalarga sabab bo’ladi.
Тoshqin (pavodok) davri deganda, daryo havzasiga yoqqan jala yomg’irlar natijasida daryodagi suv sathi va sarfining juda tez ortishi va shunday keskin kamayishi tushuniladi. Тoshqin davri o’zining qisqa muddatliligi, oqim haj­mining nisbatan kichikligi hamda ayni bir daryoda butun yil davomida turli davrlarda kuzatilishi bilan to’linsuv davridan farq qiladi. Ba’zi daryolarda toshqin davri kuzda kuzatilsa (Rus tekisligi, Ғarbiy Sibir tekisligi daryo­lari), Qrim va Italiyaning janubiy va o’rta qismi daryo­larida qish va bahor oylarida bo’ladi. Тog’li hududlarda, jumladan O’rta Osiyo daryolarida havo haroratining keskin ko’tarilishi natijasida qor yoki muzliklarning jadal erishi hisobiga ham toshqinlar kuzatilishi mumkin.
Kam suvli davr (mejen)-daryolar suv rejimining to’linsuv va toshqin davrlariga nisbatan kam suvliligi bilan farq qiladigan davridir. Kam suvlilikning asosiy sababi suv to’plash havzasidan daryoga kelib tushadigan suv miqdorining keskin kamayishidir. Yuqorida aytilganidek daryolarda yozgi va qishki kam suvli davr (mejen)lar ku­zatiladi. Daryolar kam suvli davrda asosan yer osti suvlari hisobiga to’yinadi.
Suv rejimining turlariga ko’ra daryolarni oddiy va murakkab rejimli daryolarga ajratish mumkin. O’z suvini har xil geografik zonalardan yig’adigan katta daryolar uchun (Nil, Amur, Yenisey, Pechora, Dunay va boshqalar) murakkab rejim xosdir. Bir xil geografik zonada joylashgan o’rta va kichik daryolar (shartli ravishda suv to’plash havzasi maydoni 50 ming km2 gacha) oddiy rejimga ega bo’ladi.

Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling