1. Daryolar suv rejimining elementlari Suv sathi, uni kuzatish va qayta ishlash usullari Daryolar suv rejimining davrlari
Download 110 Kb.
|
DARYOLARNING ENERGIYASI VA ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv sathini kuzatish ma’lumotlaridan amalda foydalanish
Suv o’lchash taxtachalari ikki turdadoimiy va ko’chma bo’ladi. Doimiy suv o’lchash taxtachalari ko’priklar ustuniga yoki maxsus qoziqlarga o’rnatiladi. Katta qiyalikdagi qirg’oqlarda yoki suv sathi tebranishi katta amplitudaga ega bo’lgan hollarda, kuzatishlar ko’chma suv o’lchash taxtachalari yordamida olib boriladi. Buning uchun daryo o’zani va qayirida oqimga ko’ndalang yo’nalishda qator qoziqlar qoqiladi. Ularning har birining balandligi suv o’lchash posti reperiga nisbatan nivelir yordamida aniqlanadi. Reper daryoning suv bosmaydigan qirg’og’iga mustahkam o’rnatilib, mutlaq yoki nisbiy balandligi aniqlangan qoziqdir.
Daryolarning suv sathi rejimi Daryolarda suv sathining o’zgarishi avvalo daryodagi suv miqdori, ya’ni suv sarfining o’zgarishi bilan bog’liqdir. Suv sarfi qanday omillar ta’sirida o’zgarsa, suv sathi ham ana shu omillar va ularga qo’shimcha ravishda o’zan ko’ndalang qirqimining shakliga, o’zanda kuzatiladigan muzlash hodisalariga bog’liq holda o’zgaradi. Suv sathi va sarfi o’zgarishlarining o’xshashligi ularning davriy tebranishlari chizmalari birbiriga solishtirilganda yaqqol namoyon bo’ladi. Daryoning ayrim qismlarida suv sathi rejimi o’zan va qayirlarning tuzilishiga bog’liq holda suv sarfiga nisbatan oz yoki ko’p o’zgarishi mumkin. Masalan, daryoning keng va shu bilan birga sayoz qismida suv sathi suv sarfiga nisbatan juda sekin o’zgarsa, chuqur va tor o’zanda buning teskarisi bo’ladi. Bunga sabab, katta qayirda suv massalari to’planishi (akkumulyatsiyasi) natijasida suv sathi amplitudasi kamayadi. Daryolarning suv sathi rejimi quyidagi omillar ta’sirida o’zgarib turishi mumkin: a) agar bosh daryoga quyiladigan irmoqda to’linsuv davri oldin boshlansa, u holda irmoqning quyilish joyidan yuqoridabosh daryoda, dimlanish hisobiga, suv sathining ko’tarilishi kuzatiladi; b) agar to’linsuv davri bosh daryoda oldin boshlansa, u holda irmoqning suv sathi ko’tariladi; v) o’zan suv o’simliklari bilan qoplanganda suv sathi o’simlik yo’q vaqtdagiga nisbatan yuqori bo’ladi; g) o’zanning yuvilishi suv sathini kamaytirsa, oqiziqlarning o’zanda to’planishi (akkumulyatsiyasi) esa suv sathining ko’tarilishiga sabab bo’ladi; d) qish oylarida, suv sarfi o’zgarmagan holda, muzlash hodisalari sababli, suv sathi keskin o’zgarishi mumkin; ye) daryolarning okean va dengizga quyilish qismida suv sathi rejimi ancha murakkab xarakterga ega bo’ladi. Chunki bunda Yer bilan Oyning o’zaro tortishish kuchi yoki shamol ta’sirida vujudga keladigan suvning ko’tarilishi va pasayishi (qaytishi) hodisalari faol ta’sir ko’rsatadi. Bunday hodisalar Volga, Neva, Don kabi daryolarda kuzatiladi; j) inson xo’jalik faoliyati (yog’och oqizish ishlari, to’g’onlar qurilishi kabilar) ham suv sathining o’zgarishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Suv sathini kuzatish ma’lumotlaridan amalda foydalanish Biror daryoning irmoqlar kelib qo’shilmaydigan qismida kuzatishlar olib boradigan va birbiridan ma’lum masofada joylashgan ikki kuzatish joyi(posti)dagi suv sathlari o’zgarishi chizmalarini o’zaro solishtirsak, ular o’rtasida katta o’xshashlik borligini ko’ramiz. Har ikki postdagi suv rejimining bir xil fazalarida kuzatiluvchi suv sathlariga moslashgan suv sathlari deyiladi. Moslashgan suv sathlarini aniqlash uchun har ikki kuzatish postiga tegishli kundalik suv sathlarining yillik jadvallaridan foydalanib, ularning yillik tebranishi chizmalari ustmaust holda bitta qog’ozga chiziladi. Chizmadan foydalanib, har ikki post uchun xarakterli nuqtalarni (ko’tarilish va pasayish aniq ko’ringan) belgilab olish zarur. Chizmadagi moslashgan suv sathlarini ifodalovchi maksimum va minimumlar quyi postda yuqori postdagiga nisbatan kechroq kuzatiladi. Kechikish muddati daryo o’zanidagi suvning yuqori postdan quyi postga yetib kelishi uchun ketgan vaqt bilan aniqlanadi. Gidrologik yilnomalarni tuzishda suv sathi kuzatishlari haqidagi ma’lumotlarning ahamiyati beqiyosdir. Download 110 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling