1. Dastlab, davlat boshqaruvi nimaga asoslangan? A demokratiyaga b majburlash usuliga
Download 242.76 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Dastlab, dav-WPS Office
1. Dastlab, davlat boshqaruvi nimaga asoslangan? A) demokratiyaga B) majburlash usuliga C) hamma odam hukumati D) tenglikka 2. Davlatni jamiyatdan farqlaydigan belgilar nechta? A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 6 ta 3. Hokimiyat ustida turgan siyosiy kuchlarning davlatni boshqarishdagi qo‘llaydigan usullari va uslublarining yaxlit tizimi …… deb ataladi. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring? A) Demokratik tartibot B) totalitar tartibot C) siyosiy tartibot D) nodemokratik tartibot 4. Fuqarolik jamiyati institutlari qaysi organ ro‘yxatida turadi? A) Vazirlar Mahkamasi B) Oliy Majlis C) Adliya vazirligi D) Prokuratura 5. Oliy Majlis ishini tashkiliy shakli-bu……. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring? A) kengash B) majlis C) sessiya D) chaqiriq 6. ……-da xulq-atvor qoidalarining o‘zi ifodalanib, huquq subektlarining huquq va majburiyatlari belgilab beradi. A) tezis B) gipoteza C) sanksiya D) dispozitsiya 7. Normativ-huquqiy hujjatlarning necha turi mavjud? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 8. Quyidagilardan qaysi biri prezidentlik respublikasiga misol bo‘ladi? A) Irlandiya B) Hindiston C) Germaniya D) Argentina 9. Huquqiy munosabatlar bu-……. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring? A) ijtimoiy munosabatlarning huquyiy normalar, huquq va majburiyatlarga ega subektlar orqali amalga oshirilishi; B) bir necha shaxslar o‘rtasida qonun asosida yechiladigan munosabatlar; C) yuridik faktlar asosida vujudga keladigan munosabatlar; D) shartnomalar asosida vujudga keladigan munosabatlar; 10. Jinoyat kodeksining qaysi moddasida 14 yosh jinoyat subekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning ro‘yxati mavjud? A) 2-modda B) 10-modda C) 17-modda D) 55-modda 11. Konstitutsiyaning nechinchi bobi “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlanadi? A) 19-bob B) 20-bob C) 21-bob D) 22-bob 12. Qachondan boshlab, stikerlar, ya’ni chet davlatga chiqish uchun “chiqish vizasi” berilishi to‘xtatildi va 10 yilga beriladigan yangi biometrik xorijiy posportlar olinadigan bo‘ldi? A) 2019-yil 1-avgust B) 2018-yil 1-yanvar C) 2019-yil 1-yanvar D) 2020-yil 1-yanvar 13. O‘zbekiston Respublikasi ……. unvoniga ega bo‘lgan, haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan fuqarosi harbiy sudning sudyasi bo‘la oladi? Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring? A) ofitser B) mayor C) kapitan D) serjant 14. Xalqaro amaliyotda saylov tizimining necha xil modellari mavjud? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 15. ……organlarining asosiy maqsadi inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda qonuniylik va adolatni qaror toptirish sanaladi. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring? A) Sud B) Ichki ishlar C) Adliya D) Prokuratura 16. Konstitutsiyadagi moddalarda asosan, huquq normasining qaysi elementi keltiriladi? A) gipoteza va sanksiya B) norm ava sanksiya C) gipoteza va dispozitsiya D) dispozitsiya va sanksiya 17. “Podshoh o‘zlarini adolat bilan bezatishlari kerak, xalq bunday podshohga ehrirom ko‘rsatishi zarur” ushbu fikr muallifini aniqlang? A) Amir Temur B) Abdulloh Muqni C) Zabu Bakr Xorazmiy D) Farobiy 18. Qonun buzilishini bartaraf etish, uning sabablari va yo‘l qo‘yilishiga sababchi sharoitlar to‘g‘risidagi ... prokuror tomonidan organga yoki qonun buzilishini bartaraf etishga mas’ul mansabdor shaxsga kiritiladi? A) qaror B) taqdimnoma C) ogohlantirish D) protest 19. Mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri qaysi ? A)kommunal xo‘jaligini rivojlantirishga rahbarlik qilish B)hududdagi jinoyatga qarshi kurashish C)ilmiy-marifiy muhitni rivojlantirish D)huquqiy tartibotni izga solish 20. Jinsiga, qaysi millatga mansubligiga, diniy va siyosiy e’tiqodiga ko‘ra, ma’lum bir guruhdagi fuqarolar huquqlarini noma’lum tarzda cheklash yoki mahrum qilish nima deb ataladi? A) demobilizatsiya B) diskriminatsiya C) segregatsiya D) rezervatsiya 21. Qaysi hujjat alohida fuqarolarga huquqlari buzilayotganligidan BMT qoshidagi maslahat organi — Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitaga shikoyat qilish imkonini berdi? A) Fakultativ Bayonnoma B) Bola huquqlari haqidagi konvensiya C) Xelsinki akti D) Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 22. Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi, deb Konstitutsiyaning nechanchi moddasida yozilgan? A) 44 B) 57 C) 58 D) 43 23. Ma’muriy huquq tarmog‘i qanday tamoyillar asosida ish olib boradi? 1) Qonuniylik; 2) Fuqarolarning qonun oldida tengligi; 3) Oshkoralik; 4) Demokratiya; 5) Insonparvarlik; 6) Adolat; 7) Ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi; 8) Ochiqlik A) 1,2,4,5,6,7 B) 1,3,5,6,7,8 C) 1,2,3,4,6,7 D) 1,2,4,5,6,8 24. Ma’muriy qamoqqa olish favqulodda holat tartibi sharoitida, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun qancha muddatgacha qo‘llaniladi? A) 45 sutka B) 30 sutka C) 60 sutka D) 15 sutka 25. Akseptlash nima? A) shartnoma tuzish haqida taklif B) shartnoma tuzish haqidagi taklifni qabul qilish C) shartnoma tuzishga majburlash D) shartnoma tuzishni rad qilish 26. Fuqarolik-huquqiy shartnomaning asosiy belgilari xato berilgan javobni aniqlang? A) shartnoma ixtiyoriy asosda tuziladi. B) shartnoma tarafari ikki yoki undan ortiq shaxs bo‘lishi mumkin. C) tarafar taklif etgan barcha shartlar bo‘yicha kelishilganidan keyin shartnoma tuzilgan hisoblanadi. D) shartnomalarda faqat taraflarning bir-biriga nisbatan huquqlari va burchlari vujudga kelishi qayd etiladi. 27. O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi («О‘zdavstandart») qaysi organ huzurida ish olib boradi? A) Adliya vazirligi B) Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi C) Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi D) Vazirlar Mahkamasi 28. Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqalash uchun topshiriladi, deb Mehnat kodeksining nechanchi moddasida yozilgan? A) 6-modda B) 8-modda C) 74-modda D) 80-modda 29. Mehnat nizolari yuzasidan chiqarilgan sud qarori ma’muriyat tomonidan qancha muddatda bajariladi? A) 10 kun B) 3 kun C) 14 kun D) 7 kun 30. Xatolikni aniqlang. A) 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning ish vaqti faqat yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan iborat bo‘lganda, ular uchun yuk ko‘tarish va tashish normasining chegarasi 4.1 kg dan og‘ir bo‘lmasligi lozim B) 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan iborat bo‘lganda, ular uchun yuk ko‘tarish va tashish normasining chegarasi o‘g‘il bolalar uchun 6.5 kg, qiz bolalar uchun 3.5 kg dan og‘ir bo‘lmasligi lozim C) 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning ish vaqti faqat yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan iborat bo‘lganda, ular uchun yuk ko‘tarish va tashish normasining chegarasi 2 kg dan og‘ir bo‘lmasligi lozim D) 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga ruxsat etiladi Download 242.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling