Mavzu : Bolalarning so’z boyligini atrof muhitni tanishtirish bilan birgalikda rivojlantirish (tarixiy pedagogik jihat) (2soat) :
REJA :
Vazifalar :
I.Nazariy vazifalar :
1. Bolalarning so’z boyligini atrof muhitni tanishtirish bilan birgalikda rivojlantirish
2. Bolalarning so’z boyligini oshirish.
II. Amaliy vazifalar
Maqsad : Bolalarning so’z boyligini atrof muhitni tanishtirish bilan birgalikda rivojlantirish nimalarga e’tibor berish kerak, unga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va atrof – muhit bilan tanishtirish vositalarini o’rganish.
Birinchi vazifa
Guruhni ikkiga bo`lamiz. Talabalar bolalarni atrof muhit tanishtirishda nimalarga e’tibor berish lozimligi hamda so’z boyligini qanday boyitish mumkinligi haqida ma’lumot beradilar. Ikkala guruhga ham bolalar lug’at boyligini rivojlantirish bo`yicha nimalar qilish kerakligini aniqlash topshiriladi.
Tadqiqot uchun kerakli jihozlar. Oq list,doska, marker, har xil ko`rgazmali qurollar.
Tadqiqot metodikasi. Har bir guruh baliq skleti metodi orqali o’z fikrlarini izohlaydilar. Ko`p va aniq takrorlarsiz ma’lumot yozgan guruh rag`bat kartochkasi bilan taqdirlanadi.
Bolalarning so’z boyligini atrof muhitni tanishtirish bilan birgalikda rivojlantirish
So’z boyligini
oshirish uchun
xulosa
Guruh a’zolari tomonidan aytilgan fikrlar barcha talabalar tomonidan vazifa va muammolar o`rganildi. O`qituvchi tomonidan to`ldiriladi.
II- vazifa
Bolalar so’z boyligini oshirishda tarbiyachi oldiga qo`yiladigan talablar nimalardan iborat bo`lishi lozim.
Kerakli jihozlar: rangli ko’rgazmalar, oq list, marker.
Tadqiqot metodikasi. O’qituvchi bilan birgalikda talabalar ertak tuzadilar, o’qituvchi ertakni boshlab beradi va talabalar uni davom ettiradilar.
III- vazifa
Bolalarning so’z boyligini atrof muhitni tanishtirish bilan birgalikda rivojlantirish
Kerakli jihozlar: oq list, doska, marker
Tadqiqot metodikasi: Har bir guruhdan ikkittadan talaba chiqib, o’qituvchi tomonidan aytilgan so’zga o’zidan bittadan so’z qo’shib aytadi keyingi talaba bu so’zga yana yangi so’z qo’shib davom ettiradi.
Mavzuning uchala vazifalarning bajarish natijalari asosda umumiy xulosa chiqariladi.
Adabiyotlar
F.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o`zbekcha so`zlashishga o`rgatish. T., “O`qituvchi” 1993
R.M.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy omillari. Qoz.,Sariog’och, 1998.
F.R.Qodirova. R.M Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o`rgatish metodikasi. T., “Sano-standart”, 2004.
F.R.Qodirova. R.M Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”. T., “Istiqlol”, 2006.
Babayeva D.R. “Nutq o`stirish metodikasi” T.: TDPU 2016-yil. O`quv qo`llanma
Elektron ta’lim resurslari:
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. ziyonet. uz
4. www. edu. Uz
Do'stlaringiz bilan baham: |