1. Dastlabki tezligi 20 m/s bo’lgan avtomobil 50 m yo`l bosib to’xtadi. Agar harakat tekis sekinlanuvcha bo`lsa, bu harakat davomiyligi (s) qanday


Download 235.24 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi235.24 Kb.
#247717

@FizikaLike

____________________________________________________________________________________________________

Test.

1. Dastlabki tezligi 20 m/s bo’lgan avtomobil 50 m yo`l bosib to’xtadi. Agar harakat tekis sekinlanuvcha bo`lsa, bu harakat davomiyligi (s) qanday ?

A) 5 B) 6 C) 4 D) 2,5

2. Kuch momentining birligi qaysi birlik bilan mos tushadi?

A) J B) N/m

C) kg∙m2/s D) kg∙m/s2

3. Aylana bo`ylab 12,5 rad/s burchak tezlik bilan va 8 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan moddiy nuqataning markazga intilma tezlanishini (m/s2) toping.

A) 8 B) 1,56 C) 100 D) 64

4. Tosh baland nuqtadan 6 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. 0,8 s o`gach uning tezligi (m/s) qanday bo`ladi? 𝑔 = 10 m/s2

A) 10 B) 12 C) 8 D) 14

5. Massasi 2000 kg bo‘lgan avtomobil egrilik radiusi 40 m bo‘lgan qavariq ko‘prikdan 10 m/s tezlikda o‘tmoqda. Ko‘prikning o‘rtasida avtomobil ko‘prikka qancha kuch (kN) bilan bosadi?

A) 5 B) 15 C) 20 D) 25

6. Uzunligi 5 m va ko‘ndalang kesimi yuzi 2 mm2 bo‘lgan vertikal osilgan simning uchiga 6 kg yuk osilganda u 1 mm ga cho‘zilgan. Sim materiali uchun Yung modulini (GPa) toping.

A) 100 B) 300 C) 150 D) 40

7. Massasi 8 kg, hajmi 10 l bo‘lgan tarvuz suvga tushib ketsa, hajmining qancha qismi suvga botadi?

A) 0,6 B) 0,5 C) 0,8 D) 0,25



8. Rasmdagi juda yengil richagga osilgan 1kg va 2 kg massali jismlar muvozanatlashgan. Agar richagning chap yelkasi AB=20 sm bo‘lsa, BC nechaga (sm) teng?

A) 5 B) 10 C) 40 D) 20

9. Atmosfera bosimini kim birinchi bo‘lib aniqlagan?

A) Aristotel B) Torrichelli

C) Lomonosov D) Demokrit

10. Vertolyot 24 m/s tezlik bilan shimol tomon uchmoqda. G‘arb tomondan 10 m/s tezlik bilan shamol essa, vertolyot qanday tezlik bilan uchadi (m/s)?

A) 14 B) 24 C) 26 D) 28

11. 80 m balandlikdan 15 m/s boshlang`ich tezlik bilan jism gorizontal otildi. Jismning umumiy ko`chishini toping(m) ?

A) 80 B) 100 C) 60 D) 70

12. Quyidagi kattaliklardan qaysi biri kapillyar nayda suyuqlikning ko‘tarilish balandligini topish formulasida yo`q?

A) suyuqlikning zichligi

B) erkin tushish tezlanishi

C) kapillyar nay materialining zichligi

D) kapillyar nay ko‘ndalang kesim radiusi

13. Jismga biror kuch 6 s davomoda ta’sir qilib, uning impulsini 30 kg·m/s ga o‘zgartirdi. Ta’sir etuvchi kuchni aniqlang.

A) 30 N B) 10 N C) 5 N D) 3 N

14. Prujinali mayatnikdagi yukning massasi 9 marta ortsa, tebranish davri qanday o‘zgaradi?

A) 9 marta ortadi B) 3 marta ortadi

C) 3 marta kamayadi D) o‘zgarmaydi

15. Gaz bosimi 10,8 marta, temperaturasi esa 3,6 marta orttirildi. Bu holatdagaz hajmi qanday o‘zgaradi?

A) 3 marta ortadi B) 4 marta kamayadi

C) 3 marta kamayadi D) 5 marta ortadi

16. Temperatura 30 K ga oshirilganda uning hajmi va bosimi 2 marta ortadi. Dastlabki temperaturani toping (K).

A) 10 B) 15 C) 40 D) 20

17. Tashqi kuchlar gaz ustida 600 J ish bajarganda gaz tashqi muhitga 400 J issiqlik berdi. Bunda gaz ichki energiyasi qanday o‘zgaradi (J)?

A) 1kJ gaortadi B) 1kJ gakamayadi

C) 200 J ga ortadi D) 200 J ga kamayadi

18. Issiqlik mashinasi sovitkichining harorati 300 K, isitkichiniki esa 600 K. Agar isitkichning harorati 2 marta ortsa, mashinaning maksimal FIK qanday o‘zgaradi (%)?

A) 25 % oshadi B) 25 % kamayadi

C) 20 % oshadi D) 20 % kamayadi

19. Sig‘imi 831 cm3 bo‘lgan idishda 300 K haroratli 2 g vodorod bor. Gazning bosimini aniqlang (MPa).

A) 3 B) 4 C) 2 D) 1

20. 18 g suvda nechta neytron bor? NA=6·1023 mol−1

A) 6·1023 B) 6·1024 C) 4,8·1023 D) 4,8·1024



21. Avgust psixrometri (havoning nisbiy namligini o`lchash uchun ishlatiladigan asbob) berilgan. Undagi quruq termometr t=240C ni, nam termometr esa t=170C ni ko`rsatmoqda. Havoning nisbiy namligini (%) quyida keltirilgan Psixrometrik jadval yordamida aniqlang.

A) 49 B) 56 C) 62 D) 44

22. Gazning bitta molekulasi massasi 7,3·10−23 kg.

Bu qanday gaz? NA=6,02·1023 mol−1

A) N2 B) O2 C) CO2 D) O3

23. +q hamda +2q nuqtaviy zaryadlar bir biridan 2r masofada turibdi. Ularning o‘rtasida joylashgan A nuqtadagi potensial 4 V ga teng. A nuqtadan 2r masofaga Q nuqtaviy zaryad joylashtirilganda bu nuqtadagi potensial -4 V ni tashkil etdi.Q zaryadni toping.



A) Q=-12q B) Q=-6q C) Q=6q D) Q=12q



24. K va L nuqtalar orasidagi umumiy sig`imni toping?

A) 7C B) 14C C) 10C D) 16

25. C1=3 µF, C2=6 µF, C3=9 µF sig‘imli kondensatorlar parallel ulangan. Umumiy sig’imni (µF) toping.

A) 54 B) 9 C) 162 D) 18

26. Elektr sig‘imlari C1=3 nF, C2=4 nF va C3=3 nF bo‘lgan kondensatorlardanelektr zanjiri tuzilgan. Kondensatorlar C1 va C2o‘zaro paralell, uchinchisi esa ularga ketma-ket ulanib, o‘zgarmas kuchlanish manbaidan zaryadlangan. Birinchi kondensator olgan elektr zaryadi 3 nC ga teng bo‘lsa, uchinchi kondensatorning elektr zaryadini (nC) toping.

A) 7 B) 5 C) 4,5 D) 3

27. Diametrlari teng bo‘lgan ikkita metal sharchalar

+6 nC va -2 nC zaryadlarga ega. Agar sharchalar bir-biriga tekkizilib, dastlabki holatga qaytarilsa,

ular orasidagi ta’sirlashuv kuchi qanday o‘zgaradi?

A) 3 marta kamayadi B) 8 marta ortadi

C) 9 marta ortadi D) 3 marta ortadi

28. Elektr toki deb nimaga aytiladi?

A) o‘tkazgich bo‘ylab zaryadsiz zarralarning tartibsiz harakati

B) o‘tkazgich bo‘ylab zaryadli zarralarning tartibli harakati

C) o‘tkazgich bo‘ylab zaryadli zarralarning tartibsiz harakati

D) o‘tkazgich bo‘ylab zaryadsiz zarralarning tartibli harakati

29. O’tkazgichdan 0,1 sekundda 20 C zaryad oqib o`tgan bo`lsa, o`tkazgichdagi tok kuchini toping (A)?

A) 2 B) 200 C) 20 D) 25

30. Sig`imi l0 mkF bolgan kondensatorga 4 mkC

zaryad berildi. Bu kondensatorning elektr maydon energiyasi qancha bo`ladi (mkJ)



A) 8 B) 0,2 C) 0,4 D) 0,8

Download 235.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling