Yangilik! Bilgamish va Utnapishtim 20 xodani tashlab oʻtadi ta tushib ketsa, oʻlim suviga tushib ketib oʻlardi. Bu bir dunyo bilan narigi dunyoning oʻrtasidagi chegara. Rizq masalasi


Download 10.11 Kb.
Sana22.09.2023
Hajmi10.11 Kb.
#1684820
Bog'liq
Chizgilar


Farqlar:
1. "Alpomish" dostonining boshlanishi Hakimbekning dunyoga kelmasidan oldin sodir boʻladigan voqealar beriladi. Boybori va Boysarining farzandsizligi, toʻyda ularning izza boʻlish holatlari tasvirlangan.
"Bilgamish" dostoni esa Uruk shahri taʼrifi bn boshlanadi.
2. Alpomish- oʻlim oʻldirmaydigan odam. U oʻlimdan qoʻrqmaydi,chunki oʻtga solsa kuymas qilib yaratilgan.
Bilgamish- oʻlimdan qoʻrqadigan,hayoti zavol topmasligi uchun boqiy hayot istab dunyo kezgan odam.
3. Alpomish kurashlardan soʻng yori, doʻsti,yaqinlari bilan oʻz yurtida tinch-totuv yashab murod-maqsadiga yetadi.
Bilgamish hayotida oʻz birodari Endikuning oʻlimiga guvoh boʻladi. Boqiy hayotni izlab, endi yetdim deganda tiriklik gulini ilonga oʻgʻirlatib qoʻyadi. "Bilgamish" "Alpomish"dan farqli ravishda bahodirning noumidligi bilan yakunlanadi.
Oʻxshashligi:
Paygʻambarimiz soʻzlari: "Alloh kimgaki yaxshilikni istasa,unga musibat beradi" Chunki kasallik,qaygʻu,ozor tufayli inson oʻzining haqir va ojiz ekanligini, har lahzada Allohning inoyatiga muhtoj ekanligini anglaydi.
"Bilgamish"da doʻstining oʻlimi, tiriklik gulining yoʻqolishi.
Alpomish"da boylarning farzand soʻrab duo qilishlari
Yangilik!
Bilgamish va Utnapishtim 120 xodani tashlab oʻtadi. 1 ta tushib ketsa, oʻlim suviga tushib ketib oʻlardi. Bu bir dunyo bilan narigi dunyoning oʻrtasidagi chegara.
Rizq masalasi-
Bilgamishda tiriklik gulini olgandan soʻng,birdan yemadi,uning rizqi emasdi-da, nasib qilmadi-da oʻsha.
Достонда салбий қаҳрамон Хумбаба – Хум Бобо. Тилимиздаги Хумпарга синоним.
Хўмрайма киши деганда жаҳлдор кишиям назарда тутилади. Унинг қарағайзор эгаси
эканлиги эса ўралган шаҳар дарвозасига қарағай ёғоч ишлатилиши машаққат билан амалга ошганлигини кўрсатади.
Достонда Урук шаҳри деворлари ипдек текис қурилганлигига эътибор қаратилиши
Билгамиш илк бора деворни пахсадан воз кечиб, пишиқ ғиштдан қурганлигини англашимиз мумкин.
Билгамиш (Bil-ga-mes) биринчи бўлиб пишиқ ғиштли, мустаҳкам девор қурганлиги
сабаб халқ тилида қолган. Демак пишиқ ғиштли девор оммавий ҳашар йўли билан қурилган.
Хўп девор қурилишида иштирок этган кишиларнинг ейиш ичиши қандай ташкил
этилган. Менинг фикримча Билгамиш дунёда биринчи бўлиб катта миқдорда нон ишлаб
чиқаришни йўлга қўйиб, ҳашарчиларни нон билан таъминлаган. Яъни, катта печларда ғишт пиширилишидан ташқари, худди шундай катта печларда нонлар ҳам пиширилган.
Шумерияда нонни пиширишни ўргатган киши, Билгамиш достонидаги яна бир қаҳрамон
УТНАПИШТИ. Бу абадий ҳаётга эришган киши Ҳизр пайғамбарни еслатади. Ўтнапиштим эса Ўт (олов)да Нон Пиширган киши маъносини беради.

"Bilgamish"da non epizodi uchragan oʻrinlar:


1) Shamxat Enkiduga aytadi: non- tiriklik alomati,deb
2) Enkiduning tushida shohlar maʼbudlarga yopilgan non olib borishayotgani aytilgan.
3) toʻfon boʻlishidan oldin ertalab jala boʻlganligi,tunda esa non yomgʻiri boʻlganligi aytilgan.
4) Utnapishti Bilgamishning uxlab qolganini non bilan isbotlab beradi.
Non nimaning ramzi?

Odamning loydan yaratilganligiga 2ta oʻrinda ishora bor:


1) Aruru loy changallab yerga tashlaganda Enkiduni yaraladi.
2) toʻfondan keyin barcha odamlar loyga aylanib qoladi.

Enkiduni tushida murdalar uyini koʻradi. Murdalar uyida bacha yigʻilgan ekan. Yer kotibasi taqdirlar jadvalini ushlab turgan ekan,deyilgan. Taqdirlar jadvali - bu nomayi aʼmol


Bir zimiston uyni koʻrdim. Bu yerdan qaytishga yoʻl yoʻq. Bu yerda yashovchilar nurdan bebahra. Ularning ovqati kul va loy. Yorugʻlik koʻrmaydi. Zimistonda yashaydi, eshik ilgaklari changga botgan - bu doʻzax tasviri. Doʻzax deb aytishimning yana bir isboti shu uy Irkallaning yotogʻi deb tasvirlangan. Irkalla bu - doʻzax podshosi.

Savollarim:


1. Non nimaning ramzi
2. Enkidu nega eshikka qarab: Eshik,sen uchun shunday toʻlov berishimni,menga shunday tashvish keltirishingni bilganimdami, bolta bn seni chopib payraxa qilgan boʻlardim,deydi?
3. Chayon-odam nega Quyoshni qoʻriqlaydi?
4.Quyosh chiqishi bilan eshiklar yopiladi,
Quyosh botishi bilan darvoza ochiladi deyilgan. Bu saharlik va iftorlikka ishora emasmi?
Download 10.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling