1. Dasturiy injiniring bu tizimni spetsifikatsiyalashning (talablarni shakllantirish) boshlang'ich bosqichidan tortib


Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bosqichlari


Download 0.54 Mb.
bet3/19
Sana04.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1325201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
dasturiy injirining nazariyasi(1)

5. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bosqichlari:
Dastur kodini yozish,yaratish
Professional dasturiy ta'minotni ishlab chiqish
Ko'p odamlar dasturlar yozishadi. Odamlar o'z ishlarini osonlashtirish uchun elektron jadval ko'rinishli dasturlar tuzishadi, tadqiqotchilar va injinerlar ilmiy tajribaga oid ma'lumotlarga ishlov berish uchun dasturlar tuzishadi, yoki qiziqish sabab dasturlar tuzishadi. Professional dasturiy ta'minot bu dasturchidan tashqari boshqa insonlar ham foydalanishi maqsadida ishlab chiqiladi va odatda individual bo'lib emas guruh bo'lib ishlanadi.
Dasturiy injiniring professional dasturiy ta'minotni qo'llab quvvatlashga yo'naltirilgan bo'lib u dasturning o'ziga xos xususiyatlari, dizayni va evolutsiyasini ta'minlovchi usullarni o'z ichiga oladi.
Dasturiy mahsulotlar turlari.
1.Umumiy dasturiy mahsulotlar Bular avtonom tizimlardir ya'ni ishlab chiqarish tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi va ochiq bozorda sotib ola biladigan mijozlarga sotiladi. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga shaxsiy kompyuterlar uchun dasturiy ta'minotlar masalan ma'lumot bazalari, matn tahrirlovchi, rasmlar chizish, loyihalarni boshqarish uskunalari kabi dasturlarni misol qilib olishimiz mumkin.
2.Buyurtma dasturiy mahsulotlar Bular alohida mijozlar tomonidan buyurtma qilingan tizimlardir. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga elektronik qurilmalar uchun nazorat tizimlari, maxsus ish jarayonlariga yordam berish uchun yozilgan tizimlarni misol qilib olishimiz mumkin.
Dasturiy mahsulotlar turlarining bir biridan farqi.
Bu ikki turdagi mahsulotlarning asosiy farqi shundaki, umumiy mahsulotlarda dasturiy ta'minot xususiyatlarini dasturiy ta'minotni ishlab chiqaruvchi tashkilot nazorat qiladi. Buyurtma mahsulotlarda mahsulotni sotib oluvchi tashkilot dasturiy ta'minot xususiyatlarini ishlab chiqadi va nazorat qiladi.
Biroq hozirgi kunga kelib bu ikki turdagi mahsulotlar orasidagi farq tobora kamayib boryapti, chunki ko'pgina tizimlar umumiy mahsulot sifatida qurilyapti va mijozlar talabiga qarab moslashtirilyapti.
Dasturiy injiniring ba'zida dasturiy ta'minot jarayoni ham deyiladi. Dasturiy ta'minot jarayoni dasturiy mahsulotni ishlab chiqish faoliyatlari ketma-ketligidir. Barcha dasturiy ta'minotlar uchun umumiy bo'lgan to'rtta asosiy faoliyat bor. Bular:
1. Dasturiy ta'minot xususiyati
2. Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish
3. Dasturiy ta'minotni tekshirish
4. Dasturiy ta'minot evolutsiyasi


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling