1 Dasturlash tillari haqida ma’lumot bering?
Download 384.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Qodirov Abbosbek IM-80 - 7.11.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operatsion tizimlar
Qodirov Abbosbek IM-80
1) Dasturlash tillari haqida ma’lumot bering? Dasturlash tillari insonga kompyuter bilan kontaktga kirishganda eng kerakli funksiyalardan biri hisolanadi. Hozirgi paytda yuzlab algoritmik tillar mavjud boʻlib, ularga Fortran, Kobol, RL/I, Assembler, Paskal, LISP, Beysik va boshqa bir qancha dasturlash turlarini kiritsak bo’ladi. Bu dasturlar kompyuter foydalanuvchiga iqtisod, hisoblash, grafik chizish, shuningdek ma’lumotlar toʻplamini qayta ishlash, matnli axborotlarni taxlil qilish va boshqa ishlarda qulaylik keltiradi. Ayteylik matematika o’quvchisi bir misolni ishlamoqchi bo’lsa, unga albatta kompyuterdagi Excel dasturi kerak bo’ladi. Misolni dasturga kiritgandan so’ng dasturlash tiliga mos bo’lgan algoritm bo’yicha misolni mashina tiliga o‘tkazib foydalanuvchiga taqdim etadi. Universal tillarga yuqori darajadagi tillardan PL/I, ADA, SI kabilar kirsa, ilmiy- texnika sohasida ishlatiladigan tillarga Fortran, Algol kabilar, iqtisodiy masalalarni echishga esa Kobol, RPG, LISP, Prolog kabi tillar misol boʻladi. Qisqacha qilib aytganda dasturlash tillari ma’lumotlarni mashina tiliga translyatsya (tarjima) qilib foydalanuvchiga yetkazadi 2) Iqtisodiyotda dasturlash tillarini ahamiyati? Bugungi kunga kelib iqtisodiy yumushlarni bajarishda twxnilogiya yordamisiz tassavur qilib bo’lmay qoldi. Yangi magistr, bakalavr yoki umuman olganda iqtisodiyot sahnasiga endigina qadam qo’yayotgan inson, tashkilot xodimlari, buxgalterlar investorlarga o’z faoliyatlarini puxta ishlanganligini ko’rsatish, shu bilan birga uni dekorativ tarzda xar hil grafiklar va prognozlar yaratish uchun unga kompyuter dasturlari (Microsoft Excel, Microsoft Word, Power Point va boshqalar) kerak bo’ladi. Dasturlash tillari dasturlarda prognozlarni to’g’ri algortm orqali aniq ishlashi muhim ahamiyatga ega. Xatto, birgina noto’g’ri kiritilgan algoritmik buyruq yoki ma’lumot ham bir yoki bir necha tashkilotlarni bankrot qilishi hech gap emas.
3) Iqtisodiy dasturlar haqida ma’lumot bering? 1C-Buxgalteriya Bu dastur tashkilotlarda buxgalteriya yo’nalishini tanlagan do’stlarimizga juda foydalidir. Uning operatsiya menyusida vazifalar ro’yxati, hisob raqamlari subkonto turlari, hujjatlar va hisob-kitoblar va boshqa funksiyalar kiradi. Bunda barcha ro’yxatlar barcha tamoyillar bo’yicha ko’rib chiqiladi to’g’irlanadi. Kobol (ingizcha - Common Business Oriented Language - iboradan qisqartirilgan — umumiy biznesga yo’naltirilgan til) — EHM yordamida iqtisodiy-hisob va boshqarish masalalarini yechish programmasi (dasturi) ni bayon qilishda qoʻllaniladigan programmalash (dastur tuzish) tili. Ayagoritmlarnn EHM ning qandayligiga bogʻliq boʻlmagan shaqldagi yaqqol va ixcham qaydi oli-nishini taʼminlaydi. 1960-yillarda AQSH da ishlab chiqilgan. Tilning inglizcha va ruscha variantlari mavjud; shakli matn koʻrinishda boʻladi. K. katta hajmdagi axborotlarni kiritish va chiqarish, razryadi oʻzgaruvchan sonlar ustida ishlash, chiqadigan axborotlarni murakkab hisobot shakli koʻrinishida tahlil qilish uchun ishlov beradi. K. algolta nisbatan amaliy operatsiyalarning odatdagi tiliga yaqin. K.da tuziladigan katta dasturlarni qisqartirish va ularni joylash uchun maxsus vosita bor. 4) Kompyuter dasturlarini haqida ma’lumot? - Upakovka qiladigan dasturlar maxsus usullarni qoʻllagan xolda ma’lumotlarni siqilgan xolda joylashtirib, ularning arxiv nusxalarini xosil qilishga yordam beradilar. Masalan, PKZIP, PKUNZIP va ARJ dasturlari bularga misol boʻla oladi. - Disklardagi ma’lumotlarning rezerv nusxalarini xosil qiladigan dasturlar qattiq diskka yozilgan ma’lumotlarni tezlik bilan disketlarga yoki strimmerlarga nusxalash uchun yordam beradilar. Masalan, Norton Backup, Fast Back Plus. - Antivirus dasturlari, agar virus kompyuterga tushadigan bo’lsa, undagi fayllarni bildirmagan holda yemirishni boshliydi, ko’pgina fayllarni
o’chirtiradi va kompyuter ishlash siftini keskin pasaytiradi. Bu holatda antivirus dasturlari bunday ko’ngilsiz holatlar uchrashiga to’sqilik qiladi. - Kommunikatsion dasturlar kompyuterlararo ma’lumotlarni almashinish uchun ishlatiladilar. Masalan, Brooklin Bridge, DeskLink, LapLink, Fast Link. Telemate, Procomm, Dataline dasturlari kompyuterlarning telefon qanallari orqali muloqot qilinishiga yordam bersa, WinFax Pro, Bit Fax, Fax It dasturlari telefon ma’lumotlarini faks modem orqali uzatish imkoniyatini yaratadilar. - Kompyuterni diagnostika qilish dasturlari uning konfiguratsiyasini va ishga layoqatliligini tekshirishga imkon beradi. Masalan, Cheeck It, ND lags, Control Room, System Sleuth dasturlarini shu dasturlar turkumiga kiritish mumkin. Disklarni tekshirish uchun Disk Technician Advance, Calibrate dasturlari qoʻllanilishi mumkin. 5) Operatsion tizimlar haqida ma’lumot? Operatsion tizimlar deganda hisoblash jarayonlarini bajarish uchun hamkorlikda ishlovchi boshqaruvchi dasturlar to’plami tushuniladi va axborotlarga ishlov berish jarayonlarini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni ta’minlaydi. Operatsion tizimning muhim vaziflaridan biri axborotlarni kiritish va chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, foydalanuvchi tomonidan echilayotgan amaliy masalalarni bajarilishini boshqarishdan iborat. Operatsion tizim kompyuter hotirasiga kerakli dasturni yuklaydi va uning bajarilishini kuzatib boradi, ya’ni normal hisoblashlarni 7 bajarilishiga to’sqinlik qilayotgan holatlarni tahlil qiladi, agarda bunday holat yuzaga kelsa uni bartaraf qiladi. OT kompyuter resurslarini boshqarish, amaliy dasturlarni ishga tushirish, ularni tashqi qurilmalar, boshka dasturlar bilan o’zaro hamkorligini, shuningdek foydalanuvchiga kompyuter bilan muloqotni ta’minlashni amalga oshiruvchi, kompyuterning ishlash jarayoni davomida nosoz qurilmalarni diagnostika va nazorat qilish vositalari, ma’lumotlarning nusxalarini olib qo’yish, kompyuter xaqida ma’lumotnomalar berish, kompyuterni boshlang’ich ishga tayyorlovchi dasturiy vositalar to’plamidir. Kompyuter resurslari deyilganda markaziy protsessor, oerativ va doimiy xotira, tashqi qurilmalar, dasturlar tushuniladi. Operatsion tizim kompyuter yoqilganda yuklanadi va foydalanuvchini hisoblash tizimi bilan qulay muloqot (interfeys) qilish usuli bilan ta’minlaydi. Interfeyslar foydalanuvchi va dasturiy turdagi interfeyslarga bo’linadi. 1. Topshiriq: Windows dasturing kamchilk tomonlari ko’rsating? Windows operastion tizimi ham kamchiliklardan forig’ emas. Juda ko’p xatoliklar, ishlayotgan dasturlarning qotib qolishi butun operastion tizim uchun katta minusdir. Shu sababli ko’pchilik linux operastion tizimiga o’tib ketmoqda. Windows dagi “ не отправлять” degan yozuv barchani asabiylashishga olib kelmoqda, eng achinarlisi bu ko’k ekrandir (синий экран смерти ). Quyida windows operastion tizimida sodir bo’ladigan prikol kamchiliklar va xatoliklarni ko’ramiz. Bularning ba’zi birlarini xato deyish noto’g’ri bo’ladi, chunki biz uchun xatodek ko’ringan amallar aslida to’g’ridir. Demak kettik: Windows operastion tizimi ham Amerikada sodir etilgan 11 sentyabrdagi portlashga o’z qarashini ifoda etgan. Nyu-York shtatida sodir bo’lgan qo’poruvchilik tarixda Q33 nomini olganini bilsangiz kerak. Shu bilan bog’liq fakt. Microsoft Word dasturini ochamiz va u yerga Q33 NYC yozuvini yozamiz va shriftni ko’rinishi uchun kattaroq qilamiz. NYC — NEW YORK CITY degani. So’ng shriftlardan Wingdings nomli shriftni tanlaymiz, xo’sh natija qanday? Microsoft Word dasturini ochamiz va u yerga =rand(200,99) yozuvini yozamiz. Undan so’ng Enter tugmasini 3 sekundcha bosib turamiz. Bulochka, choy to’g’risida bir balolar….. ya’na bir necha qator aaaa. Buni kim tushuntira oladi.. Foydalanuvchilarni hayron qoldirishni davom etamiz. Ya’na bir bor Microsoft Word dasturini ochamiz va u yerga «хочу избежать службу в армии» (xudda shunday yozamiz) degan yozuvni yozamiz, word yashil chiziq bilan ko’rsatib, boshqa ma’noda yozish kerakligini ko’rsatadi. O’sha boshqa ma’noni bir o’qib ko’rasizmi a.. Endi navbat kalkulyatorga. Kalkulyatorni ochamiz va kalkulyatorning 2 xil tipida(обычный va инженер) quyidagi amalni bajaramiz. 2 ga 2 ni qo’shib, 2 ga ko’paytiramiz. Qaysi natija to’g’ri? Shu orqali kalkulyatorlar farqini bilib olarsiz. operastion tizimida “con” nomli fayl va papka yaratish mumkin emas. Con so’zining ma’nosi “ботаник” dir. Balki Bill ning yoshligida uni shu nom bilan atashgandir. Shu sababli o’zining dasturini bu so’zdan uzoqda saqlagandir a? Undan tashqari quyidagi so’zli fayl va papkalarni ham yarata olmaysiz(qo’shtirnoqsiz): «aux», «com1», «lpt1», PRN, CLOCK$, LPT1, LPT2, LPT3, COM2, COM3, COM4, LPT. Prikolmi? Aslida bu so’zlar kiritish/chiqarish ga oid zahiralangan so’zlardir.
Bu prikolni qilishda ehtiyot bo’ling. Barcha ochilgan word oynalarini qotirib qo’yadi. Bu maqolani yozishda o’zim ham shu qotishni qurboni bo’ldim. Word ni ochasiz va u yerga «Уточнение наличия запасов м.с.;» yozuvini kiritasiz va tamom… 2003 word dan tepa versiyalarda ishlaydi. Fuqarolarni xuquqlari haqida word ham o’z qarashlarini ifoda etgan. Word ni ochib u erga «правоспособность-способность лица иметь гражданские права и нести обязанности» yozuvini yozamiz va word darhol yopilib qoladi. Word ham maynavozchilik bo’lib qolibdi o’zi. windowsda alkogol ichimliklarinig ham ranglari mavjud ekan. Endi rang tanlashda «#beer», «#vodka», «#tequila”, «#windows», «#Andrew», «#blood» ranglaridan foydalanish mumkin. Bunisi esa xaqiqiy chayniklar uchun prikol. Biror video faylni ochamiz(Winamp, Bsplayer, Windows media) va to’liq ekranga o’tamiz. So’ng PrintScreen orqali ekran nusxasini olib, Paint ga tashimiz. Marhamat tomosha qiling paint da video fayl. Chayniklar kompyuterining sistema vaqtini 2094 ga o’zgartirib qo’ying, juda ko’p dasturlar ishlamaydi yoki qotib ishlaydi. Sababini faqat siz bilasiz va biroz pul ham ishlab olishingiz mumkin. 2. Topshiriq: Amaliy tarizda elektron pochta ochib ishlash prinsiplarini tushintiring? Elektron pochta ochishning ko’p yo’llari bor. Google, yandex, Yahoo! va boshqa kompaniyalar orqali elektron pochta ochish mumkin. Biz esa Google kompaniyasi orqali e-mail ochib uni ishlash prinsiplarini ko’rsatamiz. Avvalo Gmail dasturini tanlaymiz. So’ng Google tanlaymiz. Bu yerdan yangi akkaunt ochish uchun “создать аккаунт” ni bosamiz Keyin ism-familiya kiritib “Далее” ni bosamiz Shaxsiy tug’ilgan kun va jins kiritiladi va “Далее”ni bosamiz
Server bizga ko’ngilli va mos nomlarni taklif qiladi, agar sizga ular yoqmasa, rasmdagi 3-kategoriyani tanlab o’zingizga yoqadigan nomni kiritishingiz mumkin. E-mail nomni tanlab bo’lgandan so’ng qulay parol o’ylab topiladi va kiritiladi.
So’ng serverga shaxsiy telefon raqam kiritiladi. Keyingi bosqichda sizning asosiy muhim ma’lumotlaringiz ko’rsatiladi. Va siz e-mail ochdingiz. Kimgadir xat yozmoqchi bo’lsangiz o’ng-pasdagi qalam rasm ustiga bosasiz va keyingi bosqichga o’tasiz.
Bu yerda 3 kategoriyaga duch kelasiz: 1) “Kimga” - bu yerga siz xabar yubormoqchi bo’lgan kishining e- mailini yozasiz. 2) “Mavzu” - bu yega siz yozadigan matnning asosiysi mavzusi nima ekanligini kiritasiz. 3) “Yozish” - bu yerga matnni yozasiz. 4) Yuqori o’ngdagi strelka belgsi - ma’lumotlarni kiritib bo’lgan paytingiz uning ustiga bosangiz xabar jo’natiladi. 5) Strelka chap tarafidagi ignaga o’xshash belgi esa matnga biror-bir fayl qo’shimcha ravishda kiritish mumkin. 6) Yuqori o’ngdagi belgi ustiga bosangiz quyi rasmdagi holatni ko’rasiz. Bu ma’lumotlar kiritishning kichik na’munasi. Download 384.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling