1. Daun sindromi nima degani? Daun sindromi kasalligiga chalinishga nima sabab bo’ladi?


Download 27.01 Kb.
bet1/3
Sana20.08.2023
Hajmi27.01 Kb.
#1668763
  1   2   3
Bog'liq
12 мавзу


Daun sindromi kasalligiDaun sindromi kasalligi, Daun sindromiga chalingan bolalar rivojlanish xususiyatlari.


Reja:
1. Daun sindromi nima degani?
2. Daun sindromi kasalligiga chalinishga nima sabab bo’ladi?
3. Daun sindromi haqida nimalarni bilish lozim?
4. Daun sindromi bilan kasallangan bolalarning jamiyatdagi o’rni qanday?
Daun sindromi nima degani?
Daun sindromi kasalligi ilk bora ingliz shifokori John Langdon Down tomonidan aniqlangan. Aynan shu shifokor ushbu kasalikka chalingan bolalarni ma’lum alomatlarini inobatga olgan holda bir turkumga kirita olgan.
Keyinchalik shifokor Jerome Lejeune Daun sindromi irsiy kasallik ekanligini va bu kasalikda insondagi 21 xromosomaning 2 nusxasi o’rniga 3 nusxasi borligini aniqlaydi.
Daun sindromining o’ta kam uchraydigan(6%) turlari ham mavjud bo’lib, unda xromosomlar soni har doim ham 3 barobar ko’p bo’lmaydi yoki organizmdagi hamma xujayralar ham qo’shimcha xromosomaga ega bo’lmaydi.
Daun sindromi irsiy kasalliklar orasida eng ko’p uchraydigan kasallik hisoblanadi.
Daun sindromi kasalligiga chalinishga nima sabab bo’ladi?
Aniq sabab mavjud emas. Hozirda Daun sindromi bilan tug’ilishga olib keluvchi ko’p uchraydigan holatlar aniqlangan.
Bu holatlar:

  • Onaning yoshi. U katta bo’lgan sari bolani Daun sindromi bilan tug’ish ehtimoli oshadi. Lekin 35 ga qadar tuqqan ayollar ham Daun sindromi bilan bola tug’ishi mumkin.
    Ota-onaning yaqin qarindosh bo’lishi.

Lekin oxirgi tadqiqodlarning ko’rsatishicha, bolaning Daun sidromi bilan tug’ilishiga ona yoki otaning turmush tarzi sababchi bo’lmaydi. Bundan tashqari, Daun sindromi bilan hashoratlarning hech qanday aloqasi yo’q.

Daun sindromi haqida nimalarni bilish lozim?
Dunyoda Daun sindromi bilan tug’ilgan bolalarning umr ko’rish ko’rsatkichi o’rtacha 60 yoshni tashkil etadi. Yigirmanchi asrga qadar bu ko’rsatkich 20-25 yoshni tashkil etar edi.
Daun sindromi bilan tug’ilgan bolalarning barchasi yengildan tortib kuchli darajagacha bo’lgan aqliy rivojlanishdagi buzilishlarga ega bo’ladi.
Daun sindromi bilan tug’ilgan bolalarda boshqa bolalarga nisbatan aqliy va jismoniy ortda qolish kuzatiladi.

Download 27.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling