1. Davan davlati haqida tarixiy manbalar
Davan davlati haqida tarixiy manbalar
Download 54.91 Kb.
|
Davurova Feruza O\'zbekiston (2)
1. Davan davlati haqida tarixiy manbalar.
Davlatchilik tarixi bo‘yicha hali kashf qilinmagan narsalar anchaginadir. Qadimgi Farg‘ona tarixida (Xitoy manbalarida bu o‘lka Davan nomi bilan tilga olinadi,boshqa manbalarda Parkana deyilgan).Tarixchilar uchun muhim bo‘lgan uning tashkil topgan va inqirozga yuz tutish yillari aniqlanmagan. Bu davlat, taxminan miloddan avvalgi III asrdan to milodiy II asrgacha mavjud bo‘lib, Farg‘ona vodiysidan joylashgan hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki Farg‘ona vodiysining qadimgi davri tarixi yetarli darajada o‘rganilmagan. Tarixiy yozma manbalarda ham bu haqda hech qanday ma’lumotlar uchramaydi. Farg‘ona vodiysining Xitoy bilan hududiy jihatdan chegaradosh va qo‘shni bo‘lganligida deb tasavvur qilish mumkin. Farg‘ona vodiysining qadimgi davri haqida maxsus so‘z yuritilmagan. Akademik A. Asqarov “ O‘zbekiston tarixi” kitobida bu kamchiliklar tuzatish bo‘yicha dastlabki qadamni qo‘ygan. Qadimgi Farg‘onaning tarixi haqida Xitoy manbalarida Davan davlati bo‘lganligi tilga olinadi. Biz bu davlatning miloddan avvalgi II-I asrlarda qudratli davlat uyushmasi bo‘lganlini bilamiz. Akademik A. Asqarov fikricha, miloddan avvalgi VI- IV asrlarda O‘rta Osiyoning Baqtriya, Parfiya, Marg‘iyona, Sug‘d, Xorazm kabi o‘lkalari Eron ahamoniylari tomonidan bosib olinganda qadimgi Farg‘ona butunlay tobelikdan ozod bo‘lgan. Davan davlati Xorazm kabi makedoniyalik Aleksandrga ham tobe bo‘lib qolmagan edi. Yunon manbalarida salavkiylarning lashkarboshisi Demodam miloddan avvalgi 280-yilda Yaksart ( Sirdaryo)dan o‘tib, yunon xudosi Appolon shaniga altar (mehrob) (olovxona) o‘rnatadi, degan xabardan bo‘lak hech narsa qoldirmagan. Bundan tashqari, antic tarixchilar Yunon -Baqtriya podsholaridan biri Sharqiy Turkistonga Farg‘ona orqali bir marta qo‘shin tortib borganligini qayd qilishi bilan cheklanadi. Qadimgi Farg‘ona davlati - Davan miloddan avvalgi II asrda emas, balki ancha ilgariroq, taxminan IV yoki III asrlardayoq tarix sahnasida bo‘lganligi ma’lum bo‘ladi. U paytda bu davlat Parkan deb atalar edi. Davan nomi esa Xitoyliklar tomonidan berilgan nomdir. Ba’zi Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, miloddan avvalgi II-I asrlarda Davan aholisi ko‘p, dehqonchilik va hunarmandchilik xo‘jaliklari yuksak darajada rivojlangan, shaharlarga boy va kuchli qo‘shinga ega bo‘lgan mamlakat edi. Buni boy arxeologiyaga oid topilmalar ham tasdiqlaydi. Davan tarixining bu davri Sho‘rabashad bosqichi deb ham ataladi. Sho‘rabashad O‘zgan yaqinida joylashgan bo‘lib, vodiyning yirik shaharlaridan biri bo‘lgan, uning yer maydoni 70 gektarga tengdir. Davan davlatining siyosiy tuzumi ilk shahar-davlat yoki voha-davlatlarining erkin ittifoqiga tayanardi. Bunday davlat tizimining shakllanishida ilk temir davrida (miloddan avvalgi XI-VIII asrlarda) qaror topgan dehqonchiliik vohalari va ular negizida tashkil topgan qadimgi shaharlar asos bo‘lgan edi. Bunday dehqonchilik vohalarining soni arxeologiyaga oid izlanishlar ma’lumotlariga qaraganda 10 dan ortiq bo‘lgan. Bular Aravonsoy, Akbura, Sultonobod, Qo‘rg‘ontepa, Andijonsoy, Qorabosh, Tentaksoy, Maylisoy, Ulug‘nor, Shahrixonsoy, Akman, Yilg‘insoy va boshqalar. Ularning har birida o‘nlab antik davr yodgorliklari mavjud. Bu vohalar asosan so‘nggi bronza davrida o‘zlashtirilgan, miloddan avvalgi IV-I asrlarga kelganda esa ular zamirida shaharlar qad rostlaganini ko‘rishimiz mumkin . Xitoy manbalarida qoldirilgan ma’lumotlarga qaraganda milodan avvalgi II -I asrlarda Davanda dehqonchilik madaniyati va yilqichilik yuksak darajada rivojlangan. Chjan Syan bu davrda hammasi bo‘lib 70 ta obod shaharlar bo‘lganligini, unda bir necha yuz ming aholi yashaganligini yozadi. Voha aholisi yerga ishlov berishda o‘ta mirishkor bo‘lgan. Ularda sholi, bug‘doy va boshqa ekinlarni ekib dehqonchilik qilganlar. Farg‘ona vodiysida qadimdan uzumchilik keng rivoj topgan, undan sharbat tayyorlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Boylarning yerto‘lalarida o‘n yillab saqlangan sharoblar bo‘lgan. Ammo bu yerda Parfiya, Baqtriya, Xorazm, Sug‘dda bo‘lgani singari tanga pullar zarb etilmagan. Savdo asosan pulsiz mol ayirboshlash yo‘li bilan olib borilgan . Antik Farg‘onada hunarmandchilikning qator tarmoqlari keng rivoj topgan. To‘qimachilik va kulolchilik sohalari bundan mustasno emas edi1. Qadimgi Farg‘onaning ijtimoiy va siyosiy hayotida ayollarning o‘rni salmoqli edi. Ayollarga nisbatan hurmat, tavoze kuchli bo‘lgan edi. Yozma manbalarning guvohlik berishicha, agar ayol eriga biror topshiriq buyursa, er topshiriqni so‘zsiz bajarishi lozim bo‘lgan . Antik Farg‘ona aholisining tashqi qiyofasi qang‘arlarga o‘xshab ketishi o‘xshab ketishi Xitoy manbalarida qayd etilgan. Ular chuqur ko‘zli va qalin soqolli bo‘lganlar. Davan davlatining kuch-qudrati haqidagi ma’lumotlarni Chjan Syanning yozib qoldirganlariga e’tibor berishimiz kerak. Bu davlat 60-ming qo‘shinga ega bo‘lgan. Piyoda askarlar oddiy qurollar bilan qurollangan, otliq qo‘shinning harbiy mahoratda teng bo‘lmagan. Davan suvoriylarining chopar ot ustida turib orqaga qayrilib kamondan uzgan o‘qlari har qanday dushmanni ham dog‘da qoldirgan. Vodiyning hatto ayollari ham kamondan o‘q uzish va mohirlikda erkakalardan qolishmagan. Qadimgi Davan davlatini milodning dastlabki yuz yilliklari davomida mahalliy aslzodalar sulolasi boshqargan. Buni Xitoy manbalari tasdiqlaydi. Bu manbalarda ko‘rsatilishicha, qadimgi Farg‘onani 419-yilgacha bir sulola vakillari uzluksiz idora qilganlar. O‘rta Osiyo hududlarida eftaliylar davlati qaror topgach, qadimgi Farg‘ona davlati ham o‘z mustaqilligini yo‘qotib, ana shu eftaliylar davlati tarkibiga kirgan edi. Turkiston tarixining qadimgi davrlari, uning xalqi va xo‘jaligi, turmush tarzi va urf-odatlari haqida ayniqsa Qang‘ va Davan haqida hamda Daxya to‘g‘risida Xitoy yozma manbalarida ko‘p uchraydi2. Davan davlati taxminan miloddan avvalgi III asrda paydo bo‘lgan. Miloddan avvalgi II asr Xitoy manbalarida ta’kidlanishicha, Farg‘onada 60-ming oila (300 ming odam) yashagan. Vohaning poytaxti Ershi shahri bo‘lgan. Qadimshunoslar tadqiqotilari natijasida Farg‘onadan ko‘plab uy-joylar, shaharlar, qo‘rg‘onlar topib o‘rganilgan. Masalan Sho‘rabashat (O‘zgan yaqini), Uchqo‘rg‘on (Namangan) singari shaharlarda aholi yerni ishlab sholi va bug‘doy yetishtirish, bog‘dorchilik va uzumchilikda ham yetakchi turishganlar . Dovon davlati Xitoy, Hindiston va boshqa Sharq mamlakatlari bilan xalqaro savdoda muhim o‘rin tutgan. Miloddan avvalgi 104-101- yillarda Xitoy qo‘shinlari Dovonga yurish qilib poytaxt Ershini egallab oladi. Shu paytda Qang‘ davlatining qo‘shinlari yordamga kelib, Xitoyliklarga qarshi kurashda faol qatnashadilar. Xitoy lashkarlari sulhga rozi bo‘lib Dovon shahrini tashlab chiqib ketishadi. Olimlarning aniqlashicha, milodning II asr Farg‘ona davlati barham topadi va uning yerlari Kushon podsholigiga qo‘shib olinadi. Farg‘ona so‘zi quyidagi ma’nolarni bildirgan: “kichik viloyat’’(hind), “tog‘ oralig‘idagi vodiy”, “ atrofi berk soylik” (fors) kabi ma’nolar anglatgan3. Download 54.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling