1. Davan davlati haqida tarixiy manbalar
Qadimgi Xitoy va Davan davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar
Download 54.91 Kb.
|
Davurova Feruza O\'zbekiston (2)
2. Qadimgi Xitoy va Davan davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar.
Xitoy yozuvchilari Davan davlatiga oid ko‘plab kitoblar yozib qoldirgan. Si Ma Syaning ( mil.avv. II-I asr) “ Tarixiy xotiralar ” va Ban Guning (mil.avv. I asr) “ Birinchi Xan sulolasining tarixi ” asarlari orqali yetib kelgan. Birinchi asar “Shi Ji” mil.avv. 138-23 yillarda bo‘lib o‘tgan voqealarni qamrab olgan. Uning muallifi o‘z asarini yozishda “Shi Ji” da bayon etilgan ma’lumotlardan foydalanib, uni yangi voqealar bayoni bilan boyitgan. Ushbu manbalarga ko‘ra, Xan sulolasi davrida Xitoy imperiyasi bilan Xunnlar o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashib, Xan hikmdori Udi (mil.avv.140-87 yy.) xunnlarga qarshi harbiy ittifoqchi qidirib, bir zamonlari Orol bo‘ylaridan Sharqiy Turkiston tomon borib qolgan, ammo u yerlarning egalari xunnlar bilan kelisha olmay, yaylov talashib, bir necha bor o‘zaro to‘qnashuvlardan so‘ng G‘arbga chekinishga majburiy bo‘lgan Yuechji (massagetlar qabila ittifoqi) qabilalari ortidan mil.avv.138 yilda harbiy zobit, ayg‘oqchi Chjan Syanni yuboradi4. Chjan Syanning o‘z imperatoriga yozgan xisobotnomasiga qaraganda, u Sharqiy Turkistonda xunnlar tomonidan qo‘lga olinib, 10 yil asirlikdan so‘ng qochishga ulgurib, o‘z sayohatini davom ettiradi. U Qashg’ar orqali qadimgi Farg’ona ( aslida Dayyuan, rus adabiy tilida Davan bo‘lib ketgan) davlatiga keladi. Mil. avv. 126-yilgacha Yuechji qabilalari Baqtriya (Xitoy manbalarida “Daxya”)ga borib joylashib olfan edilar. Chjan Syan mil.avv.114 yilda imperator topshirig’i bilan O‘rta Osiyoga ikkinchi marta sayohatga ruxsat oladi. Endi u 300 kishidan iborat karvonga bosh bo‘lib, yo‘lga chiqadi. Karvonda O‘rta Osiyo podsholiklariga sovg’a -salom uchun ko‘p oltin va kumush, qimmatbaho shoyi-atlaslar bor edi. Safar qatnashchilarining ozi-ovqatlari uchun 10 mingdan ortiq sigir va qo‘ylar karvon bilan jo‘natiladi. Safardagilarning har biriga ikkitadan ot beriladi. Chjan Syanning o‘zi Usun, Qang’yuy va Dayyuanga yo‘l olgan karvonga bosh bo‘ladi. U Hindiston va Arab mamlakatlarigacha boradigan karvonlar ajratib ularni ham ko‘p mollar bilan ta`minlab, maxsus elchilarni yuboradi. Xullas, Xitoyliklar ayg’oqchi diplomat, sobiq zobit Chjan Syanning har ikki sayohati davomida imperator saroyiga yuborgan hisobotidan so‘ng, O‘rta Osiyo, ayniqsa qadimgi Farg’ona va Qang’ davlati, bu davlatlar aholisining urf-odati, turmush tarzi, xo‘jaligi va hayoti haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladilar. Qadimgi Xitoy manbalariga qaraganda Qang’ davlatiga qaraganda Davan podsholigi haqida ma’lumotlar ko‘proq. Qadimgi Xitoyn tarixchisi Si Ma Syaning “Tarixiy xotiralar” (Shi Ji) asarida yozilishicha: “Davan Xan sulolasidan 10 ming li (Li qadimda taxminan 0,5 kmga teng bo‘lgan, hozir esa – 576 m. Deb qabul qilingan) olisda bo‘lib, xunlarning g’arbi-janubiga, Xanning aynan g’arbiga to‘g’ri keladi. Davanliklar avloddan avlodga o‘troq hayot kechirib kelgan ekan. Davanda asl otlar ko‘p bo‘lib, mazkur otlarning hammasi tulpor otlardan ekan. Badanidan qizil ter tomchilari chiqib turar ekan. Bu davlatda askarlari o‘q-yoy, nayza ishlatar ekan va ular otga minishga, o‘q-yoydan foydalanishda mohir mergan ekan. Shimolda Qang’yuy, g’arbda Da-yuechjilar, janubi-g’arbda Baqtriya, shimoli-sharqda Usun, shaqrda Dandan uylik, Udun bor ekan”5. Bu ikki shaharning lokalizatsiyasi masalasida olimlar o‘rtasida hozirgacha ilmiy Bu asarda ya’ni “Shi Ji” da Davanning ikkita poytaxti bo‘lganini, ularning biri Ershi bo‘lsa, ikkinchisi Yu munozara va bahslar davom etadi. O‘zbekiston tarixining 1950 yilda chop etilgan nashrida Davan hukmdorining qarorgohi Gushan( Yu– chen)ni O‘zgan shahri bilan taqqoslanadi, Ershi esa, A.N.Bernshtamga asoslanib, Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylashgan Mingtepa deb ko‘rsatiladi6. O‘z davrida N.Ya.Bichurin Ershi Qo‘qon bo‘lishi kerak degan g’oyani o‘rtaga tashlagan. E.Shavanna tahliliga ko‘ra Ershi shahri O‘ratepa yoki Jizzax bo‘lishi kerak. Ershi shahrining lokalizatsiyasi masalasida A.N.Bernshtam tahlilining tarafdorlari ko‘proq7. Ammo keyingi yillarda Ershining lokalizatsiyasi masalasida A.Anorboyev yangi g’oya bilan chiqib Ershi bu eski Axsikentdir8, degan asosli xulosaga kelgan. Ko‘pchilik olimlar Gushan(Yu-chen ) esa Davan podshosining yozgi qarorgohi sifatida Koson yodgorligi o‘rnida bo‘lgan degan fikrda. Mil. avv. II asrda ya’ni Xitoy elchisi Chjan Syan qadimgi Farg’onaga kelganda bu yurt qishloq va shaharlari obod, sug’orma dehqonchilik va hunarmandchilik xo‘jaliklari yuksak darajada rivojlangan, kuchli qo‘shinga ega mamlakat edi. Chjan Syan imperator saroyiga yuborgan hisobotida bu mamlakatni Dayyuan deb ataydi va uning aholisi juda xushmomila, mehmondo‘st, ko‘ngli ochiq, odamlar ekanligi, ular arpa, bug’doy, sholi, beda, momiq(paxta) ekib yuqori hosil olishini yozadi. Chjan Syan Dayyuanda bo‘lganda “samoviy tulporlar”ga alohida e`tibor bergan. Uning ta`riflashicha bunday otlarga go‘yoki qon terlaydi. Chjan Syanning tashabbusi bilan imperator saroyiga har yili ikkitadan arg’umoq ot yuborib turish uchun Dayyuan podshosi Chanfin bilan shartnoma tuziladi. Xitoy tarixidagi bir ruivoyatga ko‘ra “ Samoviy tulpor”larni ko‘rgan Xitoy imperatori U-di (mil.avv. 147-87 yy) mashhur Xitoy podshosi Muvong (mil.avv. 1001-947 yy) kabi tulpor otlarga minib G’arbga sayohat qilishni orzu qiladi. Orzuga yetish ishtiyoqida imperator U-di fol ochtirganda folbin: “ Xosiyatli otlar kunbotar tomondan keladi”, deb aytganmish. U-dining Xitoy manbalaridagi Muvong qilgan ishlarga qiziqishi bejiz emas edi. Chunki Muvong Xitoy tarixida ko‘p g’aroyib ishlari bilan mashhur ulug’ inson sifatida tasvirlanadi. Rivoyatlarda u Mutayzi nomi bilan 8 ta tulpor qo‘shilgan soyabonli aravada g’arbga sayohat qilib avliyo ona Shevangmu huzurida mehmon bo‘lgan. Xitoy tadqiqotchilari tahliliga ko‘ra, Shevangmu shimoliy Hindiston va janubiy Turkiston zaminida 4-5 ming yillar muqaddam (Hindistonda “ Uma”, Turkistonda “Umay” nomi bilan) boqiy hayot ramzi ilohiylashgan ona obrazi sifatida tasvirlanadi. Umay onani ziyorat qilish uchun “tulpor otlar” yordamida qushday uchub, bulutlarni yorib o‘tib ming chaqirim yo‘llar bosib, u (Umay ona) turgan manzilga yetib borishi mumkin edi”. Download 54.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling