1. Davan davlati haqida tarixiy manbalar


Download 54.91 Kb.
bet1/4
Sana11.02.2023
Hajmi54.91 Kb.
#1190144
  1   2   3   4
Bog'liq
Davurova Feruza O\'zbekiston (2)

Reja:
Kirish


1. Davan davlati haqida tarixiy manbalar.
2. Qadimgi Xitoy va Davan davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar.
3. Qadimgi Xitoy sivilisatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlarimiz.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Test

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti I.A.Karimov “Kim bo‘lishdan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urush, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi” – degan so‘zlarni ilgari surgan edi. Milliy istiqlol o‘zbek xalqining orzusi, armoni edi. O‘rta Osiyoda Davan davlati tashkil topgan hudud hozirgi Farg‘ona hududiga to‘g‘ri keladi. Davan davlati hududiga kelgan elchilar o‘sha paytlarda uning otlariga qiziqib qolishgan. Xitoy elchisi Chjan Syanning yurtiga ko‘chmanchi xun qabilalari bostirib kirgan davrda elchi o‘ziga ittifoqdosh davlat qidirish maqsadida yo‘lga chiqadi. Yo‘l-yo‘lakay elchi asirga tushadi. Elchi Chjan Syan qariyib o‘n yil vaqt davomida tutqinlikda yashaydi. Elchi ozodlikka erishgach O‘rta Osiyo hududiga kelib qoladi. Chjan Syan bu yerdan ittifoqdosh topa olmasa ham ko‘p narsalarni qo‘lga kiritadi . Masalan elchi o‘zi bilan birgalikda yurtiga beda urug‘i, Farg‘onaning zotli otlaridan bir nechtasini olib qaytadi. Elchining bosib o‘tgan yo‘li “ Buyuk Ipak Yo‘li” degan nomni oladi. Beda urug‘ini Xitoydagi hukmdor saroyi yonida ektiriladi. Beda urug‘i keyinchalik esa butun Xitoyning shimoliy qismi bo‘ylab ekila boshlanadi. Xitoy hukmdorlari otga “ Samoviy ot” deya ta’rif berishgan edilar. Keyinchalik Xitoy hukmdorlari Davan davlati hududiga bir necha bor urushlar olib boradi, ammo, Davan xalqlari Xitoy jangchilariga qarshi turishadi. Davan xalqlari qanchalik qarshilik qilmasin Xitoy jangchilari egallab olishadi. Davan xalqlari Xitoy hukmdorlariga soliq to‘lab turish tufaylik o‘z ozodliklarini qo‘lida saqlab qoladi. Xitoy davlati o‘sha paytlarda O‘rta Osiyoning ko‘pgina xalqlari bilan qiziqib qolgan edi. Davan davlati paytida rivojlangan davlatlardan yana biri bu Qang‘ davlati ham rivojlangan. Aynan Qang‘ bilan qo‘shnichilik munosabatlari uning yuksalishiga ham turtki bo‘ladi. Davan davlati haqidagi ma’lumotlarni biz tarixshunos olimlarning kitoblaridan bilib olamiz. Davan davlati bir paytda Kushon podsholigi, Qang‘ davlati ham o‘z yo‘llarini bosib o‘tishadi. Qadimgi va o‘rta asrlarda o‘zbeklar va boshqa millatga mansub o‘zbekistonliklar xitoy sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissalari haqidagi ma’lumotlar kam yoritilgan. Yana bir ta’kidlab o‘tiladigan masala qadimiy xitoy manbalarida uchraydigan qator etnonimlar zamonaviy va qadimgi xitoy tili talaffuzlarida berildi. Masalan adabiyotlarida o‘rnashib qolgan Tyan-Shan qadimiy turklar tilidagi Tangritog’ atamasi qabila nomi bo‘lmish Tujyue atamasi qadimgi zamonda tuetkiuat deb o‘qilgan bo‘lib, u “turkkut” (turk avlodlari) atamasining xitoycha nomi hisoblanadi.




Download 54.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling