1. Davan davlati haqida tarixiy manbalar


Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlarimiz


Download 54.91 Kb.
bet4/4
Sana11.02.2023
Hajmi54.91 Kb.
#1190144
1   2   3   4
Bog'liq
Davurova Feruza O\'zbekiston (2)

3.Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlarimiz.
Avvalo nashr etilgan Buyuk Ipak yo‘li tarixiga oid asarlarimizda aytib o‘tilganidek, qadimiy savdo yo‘li haqida gap yuritilganidek, Buyuk ipak yo‘li bir necha ming yillik tarixga ega ekanligi va mil.avv.128-127 yillarda birinchi Xitoy elchisi Chjan Syanning Farg’onaga kelishi bilan Xitoylar uchun Markaziy Osiyo davlatlariga boriladigan yo‘l ochilganligi haqida aytib o‘tilgan edi. Mazkur elchiga bo‘lgan uzoq davr davomida esa Xitoy bilan G’arbiy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi savdo aloqalarda asosan Markaziy Osiyo xalkqlari vositachilik qilgan. Ularning ayrim vakillari yo‘ldagi shaharlarda, jumladan qadimiy Xitoyning poytaxti Changan, Loyang kabi shaharlarda va ularning atrofidagi viloyatlarda hamda chegara yaqinidagi yerlarda joylashib, savdo-sotiq qilishgan, ayrimlari savdogarlarga xizmat ko‘rsatish va ularning diniy e’tiqodini targ’ibot qilish bilan shug’ullanishgan. Bunga 2000-yil avgust oyida Xitoy Xalq Respublikasiga Buyuk Ipak yo‘lining o‘tmishi va hozirgi holatini o‘rganish uchun yuritilgan ilmiy ekspeditsiya davrida9 ko‘rganlarimiz va o‘qiganlarimiz asosida amin bo‘ldik.
Ekspeditsiya davrida ko‘rib o‘rganilgan hamda Xitoy manbalari va tarixiy adabiyotlarda keltiriladigan ma’lumotlarga ko‘ra, har xil sabablar bilan Buyuk Ipak yo‘li orqali Xitoyga borib yashab qolgan Turkistonliklar, jumladan O‘zbekiston hududidan borganlarning soni salmoqlidir. Xitoyda ular shunchaki kun ko‘rib yashamasdan Xitoy ichki savdosining va xalqaro savdoning rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Buning misoli tariqasida quyidagi ma’lumotlarga murojaat qilishni o‘rinli hisoblaymiz.
Ma’lumki, hozirgi XXRning Gansu o‘lkasida joylashgan Xeshi yo‘lidagi xitoycha Xeshizoulang deb atalib, u daryoning g’arbiy tomonidagi yo‘lak ma’nosini anglatadi. Qadimgi Xitoy poytaxti Changanga (hozirgi Sian) borishda albatta o‘tiladigan viloyat hisoblangan. Xitoy tarixchisi Li Mingveyning yozishicha, Xeshi ma’lum darajada o‘ziga xos mustaqil yoki yarim mustaqil holatga ega bo‘lib, bu yerda tinchlik barqaror bo‘lib turgan. Shuning uchun Turkisatonlik savdogarlar, ayniqsa hozirgi O‘zbekiston hududidan borganlar bu yerda uzoq yashab qolganlar. Ushbu yo‘lakda shakllangan bozorlari ham ular manfaatlariga mos kelgan.
Xeshi yo‘lagida joylashgan Guochjou, Suchjou, Shachjou, Ganchjou va Lanchjou kabi viloyatlarda O‘zbekiston shaharlaridan borganlar ko‘p uchrab turishar ekan. Ayniqsa Shachjou va Gusang kabi joylar shularning nisbatan ko‘proq to‘plangan viloyatlari hisoblangan.
Xitoy manbalarida, jumladan Vey Shou (506-572) tomonidan bitilgan Vey sulolasi tarixining (Veyshu) 102-bobida ko‘rsatilishicha, mil.avv. 167 yilga qadar bo‘lgan bir necha asr davomida Xeshi yo‘lidagi Rouzie (zamonaviy o‘qilishda Yuechji – O‘g’uziya) davlati ta’siri ostida bo‘lgan. Shu bois bu yerdagi savdo ishlari shu davlat odamlari qo‘lida bo‘lgan. 1060 yilda saroy tarixchilarining katta bir guruhi tomonidan yozib bitirilgan “Tang sulolasining yangi tarixi” (“Shin Tangshu”)ning “G’arbiy mamlakatlar” nomli bobida zikr etilishicha, qadimgi So‘g’d davlati yemirilgandan keyin uning ta’siri ostidagi hududda bir qancha mayda xonliklar tashkil topgan. Ushbu jarayon qattiq urushlar va jang- jadallar bilan to‘la bo‘lgan10. Dungxuang viloyatida topilgan bir tizimlash daftarida quyidagi so‘zlarni uchratish mumkin. Dunxuang so‘g’d tilida yozilgan hujjatlarda Druan deb atalgan. “Druan (Dungxuang) viloyatida jami 13 ta qishloq mavjud bo‘lib, ularning biri Sungxua qishlog’i deb ataladi. Unda yashovchilar orasida xo‘rlar nihoyatda ko‘p uchraydi. Sao davlatidan (Farg’ona) kelgan Sao Syaosyao, Sao Tulichji, Kang (Samarqand) davlatidan kelgan Kang Fu, An davlatidan (Buxoro) kelgan An Xaozi, An Jyasha, Shi Mopo‘, Mi (Zarafshon daryosi janubidagi Samarqand davlatiga qarashli kichik xonlik) davlatidan kelgan Mi Fo‘chjengyan, Mi Yuyvan ism kishilari yashaydi. Samarqanddan borganlar ismi oldiga Kang (Samarqand), Buxorodan borganlar ismi oldiga An (Buxoro), Toshkentdan borganlar ismi oldiga Shi (Shash), Farg’ona vodiysidan borganlar ismi oldiga Tsao toponimlarini qo‘sshish odat bo‘lgan. Shunga qaraganda, Loyang shahrida amaldorlik qilgan Kang Mojyaning ismi Mojyan- samarqandiy, Kang Danungning ismi esa – Danung – samarqandiy bo‘lgan.
Turkistondan Xitoyga olib kelingan o‘simliklar ichida bevosita O‘zbekiston hududidan tarqalgan o‘simliklarning biri uzum bo‘lsa, ikkinchisi beda hisoblangan. Miloddan avvalgi 127 yilda Xitoy elchisi Chang Chyan 10 yil davom etgan xunlar asirligidan qochib qutilgandan so‘ng, eng avval Farg’ona davlatiga yetib kelgan. Farg’onada u uzum va uning suvidan tayyorlangan ichimlik – musallas bilan tanishgan. Xitoy elchisiga musallas yoqib qolgan bo‘lsa kerak, u miloddan avvalgi 126 yilda Changanga qaytib borganida Xitoy xoqoni U-diga (mil.avv. 140-85) uzumining shirinligi va shifobaxsh ekanligi, undan tayyorlangan musallas ham inson sog’ligi uchun foydali ekanligi haqida katta mamnuniyat bilan so‘zlab berilgan. Shu bilan birga, u o‘zi bilan olib kelgan quritilgan uzumning mevasini U-diga taqdim etgan. U-di xoqon uzumni tatib ko‘rgandan so‘ng urug’ini darxol saroy yonidagi bog’da ekishni buyurgan. Shundan so‘ng Xitoyda tok o‘stirila boshlagan va tok o‘stirish san’ati tarqalgan. Uzum o‘stirish san’ati bilan birga Xitoyda undan musallass tayyorlash uzoq yillar davomida saqlash texnologiyasi ham tarqalgan edi. Uzumdan tayyorlangan musallasni xitoylar “Putou jyu” (“uzum arog’i”) deb atashadi. Bedaning Xitoyda tarqalishi ham Chjang Chyanning Farg’onaga kelishi va bu yerda tez chopar tulpor otlarni ko‘rishi bilan bog’liq bo‘lgan.
Chjang Chyan Farg’onadan qaytib kelgandan so‘ng U-di tulpor otlar olib kelish uchun ushbu mamlakatga katta boylik bilan odam yuboradi. Ammo farg’onaliklar bir-ikkita ot sovg’a qilish bilan cheklanib, ko‘p miqdorda ot sotishga rozilik bermaydilar.
Shundan keyin miloddan avvalgi 104 yilda U-di Farg’onaga Li Guangli qo‘mondonlikda katta qo‘shin yuborib, mahalliy hukumatni tulpor otlarni berishga majbur qilmoqchi bo‘ladi. Lekin birinchi marta Farg’onaga yuborilgan qo‘shin maqsadga erisholmay, O‘zgan (O‘zkent) da bo‘lgan qattiq jangdan keyin orqaga qaytadi. Mag’lubiyatga ko‘nika olmagan Xitoy xoqoni bundan qattiq xafa bo‘lib, Li Guanglini katta qo‘shin bilan ikkinchi marta Farg’onaga yuborib urush qiladi. Bu urush ham xitoy xoniga u kutgan natijani bermaydi. Mil. avv. 102 yilda yuz bergan qattiq janglardan so‘ng Li Guangli, ayrim ma’lumotlarga qaraganda 14 ta, boshqa bir ma’lumotlarga ko‘ra, 30 dan ortiq ot olib qaytib ketisgha majbur bo‘lgan deya aytib o‘tilgan. Shundan boshlab Xitoyda sekin-asta zotli otlar paydo bo‘la boshlaydi.
Keltirilgan ma’lumotdan ko‘rinib turibdiki, bedaning Xitoyda paydo bo‘lganiga 2100 yildan oshgan. Bedaning keng tarqalishi bilan birga xitoyliklargaa beda ekish orqali yerning hosildorligini oshirish uchun uslubi ham ma’lum bo‘lgan. Davan va Xitoy munosabatlari shundek bo‘lgan edi.

Xulosa
Biz siz bilan Davan va Xitoy haqida ko‘rib chiqib shundan xulosa qilamizki, Davan davlati qadimgi shaharlarimizdan hisoblanadi. Davan o‘sha kezlarda O‘zbekiston hududida mashhur bo‘lgan shahar hisoblanadi. Davanning yuksalishi ayrim davlatlarning uni bosib olishga intilishini oshiradi. Ilmiy izlanishlar natijasida Davan davlati hozirgi Farg’ona hududiga to‘g’ri kelishi haqida aytilib o‘tilgan. Davan davlatining chegaralari to‘liq aniqlangan emas. Chjan Syanning ta’kidlashicha uning shimoliy-g’arbida Qangyuy bilan, janubda Yuechjilar bilan, shimolda Usunlar bilan chegaradosh bo‘lganligi yozib qoldirilgan. Davan Xitoy poytaxtidan 10 ming li uzoqda joylashgan. 1-li 567 metrga teng bo‘lgan.


A.Asqarov fikrlaridan mil.avv. VI-IV asrlarda O‘rta Osiyoning Baqtriya, Parfiya, So‘g’d, Xorazm kabi o‘lkalari Eron Ahamoniylar tomonidan bosib olinganda qadimgi Farg’ona tobelikdan ozod bo‘lgan. Makedoniyalik Aleksandrga tobe bo‘lmaganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunga sabab vodiy yerlari baland tog’ tizmalari bilan o‘ralganligi sabab hisoblanadi. Davan davlatida shahar- davlat yoki voha-davlat shakllanishi ilk temir davrida tashkil topgan Arvonsoy, Maylisoy, Tentaksoy, Andijonsoy, Yilg’insoy, Shahrixonsoy yodgorliklari antik davr haqida ma’lumot bergan. Davanda yashovchi aholining tili har xil bo‘lsada, ammo ular bir-birlarini tushunishini ularning urf-odatlari, rasm-rusmlari, an’analari bir-birlariga o‘xshash bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Davan davlatida askarlar oddiy qurollar bilan qurollanishgan, otliq askarlar tengsiz edilar, ot ustida turib orqaga qayrilib kamondan uzgan o‘qlari dushmanni yakson qilgan edi. Ularning ayollari ham kamondan o‘q uzishda erlaridan kam bo‘lishmagan edilar.
Davan davlati haqidagi ko‘plab ma’lumotlarni biz Xitoy yozuvchilarining adabiyotlarida uchratishimiz mumkin. Bunga sabab shuki, Xitoy imperatorlari Davan davlatini bosib olishga juda ko‘p urunishganlar. Davan davlatida bog’dorchilik, uzumchilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, kulolchilik kabi sohalari rivojlangan. Bog’dorchilik, birinchi navbatda uzumchilik keng rivojlangan. Uzumdan sharbat qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Imperator uzumni ta’tib ko‘rib, yoqtirib qoladi va tok urug’larini saroyga ektirishga katta e’tibor qaratadi. Ayniqsa Xitoyliklarni hayratga qoldirgan narsa bu Davanning zotli otlaridir. Hattoki, unga “samoviy tulpor” deya ta’riflar ham bergan. Davan va Xitoy davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va diplomatik aloqalarni rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan “Buyuk ipak yo‘li” ning o‘rnini alohida ta’klidlab o‘tishimiz lozim. Buyuk ipak yo‘li Samarqand, Buxoro, Toshkent, Qashg’ar, Dehli, Hirot, Isfahon, Tabriz, Boku, Bag’dod, Basra, Anqara, Konstantinopol (Istanbul), Damashq (Suriya), Xitoy kabi yirik shaharlar savdo aloqalari yaxshi rivojlanganini ko‘rishimiz mumkin. Miloddan avvalgi 128-127 yillarda birinchi Xitoy elchisi Chjan Chyan (Chjan Syan) qadimgi Farg’ona davlatiga kelganda ushbu ikki daryo oralig’ida juda ko‘p rivojlangan va atrofi baland devorlar bilan o‘ralgan shaharlarni va Xitoy uchun qiziqarli bo‘lgan boyliklarni ko‘rgan va bu haqida imperatorga borib ma’lumot berganligini ko‘rishimiz mumkin.
Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoyga borib yashab qolgan Turkistonlik va O‘zbekistonliklar Xitoyda shunchaki yashamasdan Xitoyning ichki va tashqi savdosi rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar.
Davlatni boshqarishda oqsoqollar muhim o‘rin egallagan. Oqsoqollar kengashi hukmdor faoliyatini muhim masalalarida nazorat qilib borgan edi. Oliy kengash oldida hukmdorning huquqi cheklangan. Ayniqsa, urush va tinchlik, diplomatik masalalarda hal etuvchi kuch va huquqiy oliy kengash qo‘lida edi. Xitoy yilnomalarida tilga olingan shaharlar o‘rni qayerda b o‘lganligi va uning poytaxti masalasi uzoq yillar davomida arxeologlar bahslariga sabab bo‘lgan. Bichurin yozma manbalar asosida Guyshan deb yozgan. Guyshan vodiy shimoliy hududida joylashgan bo‘lishi va miloddan avvalgi I asrda bosh shahar bo‘lgan edi. Matboboyev esa To‘raqo‘rg’on tumani hududiga to‘g’ri kelishini aytib o‘tgan edi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Shamsutdinov R. Karimov Sh. Vatan tarixi. 1-kitob.-Toshkent. “Sharq”, 2010.-B. 511.
2. Asqarov A.A. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi.-Toshkent.“Universitet”, 2007.-B. 456.
3. Sultonov F. va boshqalar. Qadimgi davr 1-qism. Toshkent. A. Navoiy nomidagi O‘zMK , 2006.-B. 202.
4. Asqarov A.A. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi .-Toshkent. “Universitet”,2007- B. 339.
5. Si Ma Syan. Farg’ona tazkirasi. Tarixiy xotiralar.-Toshkent. “Urumchi” , 1989 -B. 620.
6. Исория народов Узбекистанаб том 1.-Ташкент.1950 -Стр. 355.
7. Matboboyev B.X. O‘zbek davlatchiligining ilk bosqichlarida Farg’ona. -Toshkent. “Fan”,2001 -B. 215.
8. Anorboyev A. O‘zbekiston tarixida qadimgi Farg’ona.-Toshkent. “Fan”, 2001-B. 65.
9. Ходжаев А. Великий шелковый путь: связи и судьбы.-Ташкент. “Навруз”,2018.-С. 454.
10. Xodjayev A. va boshqalar. O‘zbekiston-xitoy munosabatlari tarixidan. -Toshkent. “Fan ziyosi”,2022-B. 212.

TEST
Davan va Xitoy munosabatlar.


1. Xitoy imperatorlari Farg’onaning zotli otlariga qanday nom qo‘yishgan?

  1. Samoviy otlar

  2. Ajoyib otlar

  3. Qiziqarli otlar

  4. Tulporlar

2. Davan davlatida nechta obod shahar bo‘lgan?

  1. 65

  2. 70

  3. 80

  4. 75

3. Kimning aytishicha Davan davlatida 70 dan ortiq obod shahar bo‘lgan?
A) U-di
B) Sim Syan
C) Chjan Syan
D) Ban Guni
4. Farg’onada necha ming oila yashagan?
A) 56 ming
B) 75 ming
C) 40 ming
D) 60 ming
5. Chjan Syan necha yil asirlikda yashagan?
A) 10
B) 13
C) 15
D) 20
6. Davan davlati qachon yuksaldi?
A) milodiy I
B) milodiy II
C) milodiy I asr o‘rtasi
D) milodiy II asr boshi
7. Davan davlatining poytaxti qayer bo‘lgan?
A) Sho‘rabashat
B) Uchqo‘rg’on
C) Ershi
D) O‘zgan
8. Xitoy imperatorlari nechanchi yillar Ershini egallab oladi?
A) 105-99
B) 106-100
C) 104-101
D) 103-102
9. Xitoy Xalq Respublikasiga Buyuk Ipak yo‘lining o‘tmishi va hozirgi holat o‘rganish uchun yuritilgan ilmiy ekspeditsiya davri qachon bo‘lib o‘tgan?
A) 1998
B) 1999
C) 2000
D) 2001
10. Chjan Syan imperator topshirig’i bilan O‘rta Osiyoga ikkinchi marta sayohatga qachon boradi ruxsat oladi?
A) mil.avv 124
B) mil.avv 117
C) mil.avv 114
D) mil.avv 110
11. Miloddan avvalgi 127 yilda Xitoy elchisi Chang Chyan 10 yil davom etgan xunlar asirligidan qochib qutilgandan so‘ng, eng avval qayerga kelgan?
A) Andijonga
B) Buxoroga
C) Sirdaryoga
D) Farg’onaga
12. Mil.avv. 140-85 yillarda Xitoy xoqoni kim bo‘lgan edi?
A) U-di
B) Sin Shxuandi
C) Xan Li
D) Van Jin
13. XXRning Gansu o‘lkasida joylashgan Xeshi xitoycha Xeshizoulang qaysi ma’noni anglatgan?
A) Ikki daryo oralig’i
B) Daryoning g’arbiy tomonidagi yo‘lak
C) Daryoning narigi tomoni
D) Betaraf joy
14. Chjan Syanning ikkinchi marta O‘rta Osiyoga qilgan sayohatida necha kishidan iborat karvonga bosh bo‘lgan edi?
A) 450
B) 500
C) 300
D) 250
15. Davan davlati qachon paydo bo‘lgan?
A) mil. avv III
B) mil. avv II
C) mil. avv I
D) mil. avv IV



Savol

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

Javob

A

B

C

D

A

B

C

C

C

C

D

A

B

C

A



1 Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 1-kitob. – Toshkent. “Sharq”, 2010. – B.79-81.

2 Asqarov A.A. O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. – Toshkent: “Universitet”, 2007. – B. 39-41.

3 Sultonov F. va boshqalar. Qadimgi davr 1-qism. – Toshkent: A.Navoiy nomidagi O’zMK, 2006. – B. 147-148.

44Asqarov A.A. O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi . – Toshkent: “Universitet”, 2007. – B. 162-163.

5 Si Ma Syan. Farg’ona tazkirasi. Tarixiy xotiralar. – Toshkent: “Urumchi”, 1989. – B. 489-490.

6 Исория народов Узбекистанаб. T. 1. – Ташкент, 1950. – С. 110.

7 Matboboyev B.X. O’zbek davlatchiligining Ilk bosqichlarida Farg’ona. – Toshkent, 2001. – B. 35-36.

8 Anorboyev A. Qadimgi va o’rta asrlarda Axsikent. – Toshkent: “O’zbekiston tarixida qadimgi Farg’ona”, 2001. – B. 10-11.

9 Ходжаев А. Великий шелковый путь: связи и судьбы. – Ташкент, 2018. – С. 9-11.

10 Xodjayev.A. va boshqalar. O’zbekiston-xitoy munosabatlari tarixidan. Toshkent.“Fan ziyosi”,2022–B.14-17.


Download 54.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling