1. davlat budjeti daromadlari va pul mablag'lari hisobining ahamiyat1 va vaz1falari


Download 57.68 Kb.
bet1/11
Sana05.01.2022
Hajmi57.68 Kb.
#206193
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
pul mablag'lari


1. DAVLAT BUDJETI DAROMADLARI VA PUL MABLAG'LARI

HISOBINING AHAMIYAT1 VA VAZ1FALARI

Davlat budjeti quyidagilami o 'z ichiga oladi:

1) respublika budjeti;

2) Qoraqalpog'iston Respublikasining budjeti va m ahalliy bud­

jetlar.


Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari ham jamlanadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti Qoraqalpog'iston Respub­

likasining respublika budjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog'iston)

bo'ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o 'z ichiga oladi.

V iloya tnin g budjeti viloyat budjetini, viloyat tarkibiga kiruvchi

tumanlar va shaharlar budjetlarini o 'z ichiga oladi.

Tumanlarga bo'linadigan shahar budjeti shahar budjetini va shahar

tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini o 'z ichiga oladi.

Tumanga bo'ysunadigan shaharlari bo'lgan tumanning budjeti

tuman budjeti va tuman tarkibiga kiruvchi shaharlar budjetlarini o 'z

ichiga oladi.

Demak, O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti o 'z ichiga

respublika budjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy

budjetlami oladi. Bundan tashqari Davlat budjeti tarkibida Respublika

y o 'l fondi, O 'zbekiston Respublikasi Davlat m ol-m ulki qo'mitasining

maxsus hisobvarag'i, Ish bilan ta’ minlashga ko'maklashuvchi davlat

fondi hamda O 'zbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya fondi

mablag'lari jamlanadi.

Davlat budjetiga kelib tushgan mablag'laming to 'g 'ri va o 'z vaqtida

kirim q ilin ish in i ta’ minlash maqsadida O 'zbekiston Respublikasi M o liya

vazirligining 23402 «Respublika budjetining mablag'lari» hisobvarag'i

M a rkaziy bankning Toshkent shahar va hududiy Bosh boshqarmalarining

Hisob-kitob kassa markazlarida hamda tijorat banklarida budjet

daromadlari tasnifiga asosan ochiladi.

26

Davlat budjetining buxgalteri hisobi, budjetga daromadlar tushumi



ustidan, har bir soliq to‘ lovchi tomonidan budjetga to‘ lovlam i o'tkazishi

ustidan tizim li nazoratni ta’ minlash vazifasini bajaradi.

Budjet daromadlari asosan bank muassasalariga tushadi. Buxgalteriya

hisobi ma’ lumotlaridan foydalanib, moliya organlari bank muassasalari

tomonidan daromadlar tushumlarini respublika budjeti va mahalliy

budjetlarga to‘ g‘ ri o ‘ tkazayotganligini kuzatib boradi.

Y il boshiga qadar moliya organlari bank muassasalariga har

bir tuman yoki shahar bo'yicha xo ‘ja lik yurituvchi subyektlar va

tashkilotlaming ro ‘yxati va ulardan undiriladigan to'lovlar ro‘ yxati, bu

to‘ lovlar qaysi budjetga va budjet tasnifining qaysi bo'lim ig a to‘ lovlar

o 'tkazilishi kerakligi to‘ g ‘ risida xabar beradi. B ir vaqtning o 'zida

bank muassasalariga har y ili umumdavlat soliq lari va daromadlarining

taqsimlanish hajmlari va bu soliq va daromadlardan mahalliy budjetlarga

qilinadigan ajratmalar hajmlari haqida xabar beradi.

M oliya organlarida budjet daromadlarining buxgalteriya hisobini moliya

organining buxgalteriya xizmati olib boradi, ulaming tezkor hisobini esa

soliq organlari olib boradi. M oliya organining buxgalteriya xizmati faqat

mazkur budjetning daromadlarinigina hisobga olib boradi. M oliya organi

funksiyalariga barcha daromadlaming, qaysi budjetga kelib tushishidan

qat’ iy nazar, hisoblanishi, kelib tushishi, hisobga o ‘ tkazilishi va qaytarilishini

hisobga olish kiradi. Soliq organi daromadlar turlari bo‘yicha shaxsiy

schyotlar olib boradi, budjetga tushgan daromadlaming tezkor ma’ lumotlarini

aniqlaydi. Budjet daromadlari turli hujjatlarga asosan budjet tasnifi bo'yicha

hisobga olinadi. T o 'lo v hujjatlari tushgan daromadlaming turlari va ulaming

to'lovchilarini aniqlash imkonini beradi. M ahalliy budjet mablag'lari depozit

hisobvarag'i bo'yicha bank muassasasining ko'chirmasiga ilova qilingan

to'lov hujjatlari, mazkur budjet daromadlarining buxgalteriya hisobi uchun

asosiy hujjat bo 'lib xizmat qiladi.

M a h a lliy m oliya organi faqat mazkur budjetga tushgan daro­

madlarinigina emas, balki respublika budjetigao'tkaziluvchidarom adlam i

ham nazorat qiladi. Shuning uchun bank muassasasi unga qaysi budjetga

tushishidan qat’ iy nazar barcha daromadlar hisobvaraqlari bo'yicha

ko'chirm alam i ham mahalliy moliya organlariga jo'natadi.

M a h a lliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag'idan ko'chirmani

bank muassasasi moliya organiga har kuni, respublika budjetining

hisobvarag'i ko'chirm alarini e sa -h a r hafta yoki undan uzoqroq muddat

o ralig 'ida va har oyning 1-kuniga jo'natishga majburdir.

M o li^ i organining budjeti bo'yicha buxgalteriya xizmati bank

muassasasining mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag'idan olgan

ko'chirmalaming to'g'riligini uning ma’Iumotlarini unga ilova qilingan

hujjatlar ma’ lumotlari bilan solishtirish yo 'li orqali tekshiradi. So'ng,

daromad turlari bo'yicha hujjatlami guruhlab, mahalliy budjet mablag'lari

depozit hisobvarag'iga tushgan daromadlar to'g'risida ma’ lumotnomani

tuzadi. M a ’ lumotnoma har kuni tuziladi. Daromadlar unga budjet tasnifining

har bir bo'linmasi bo'yicha umiuniy summalarda yoziladi. M a ’ lumotnoma

asosida memorial-order tuziladi va sintetik hisob schyotlari bo'yicha «Bosh-

jumal» kitobiga va analitik hisobning schyotlari bo'yicha «Daromadlar»

kitobiga yoziladi. Bundan so'ng to'lov hujjatlarining ikkinchi nusxalari

tegishli soliq organlariga daromadlar va soliqlar to'lovchilar bilan hisob-

kitoblar hisobida qayd qilish uchun beriladi. Respublika budjetining shaxsiy

hisobvarag'idan ko'chirma to'lov hujjatining ikkinchi nusxasi bilan moliya

organiga kelib tushadi, so'ng to'lovchilaming shaxsiy schyotlarida qayd

qilish uchun tegishli soliq organiga yuboriladi.

O'zbekiston Respublikasi M a rkaziy bankining o ylik hisoboti

O 'zbekiston Respublikasi M o liya vazirligida respublika budjeti da­

romadlarining buxgalteriya hisobi uchun asos b o 'lib xizmat qiladi.




Download 57.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling