1. davlat budjeti daromadlari va pul mablag'lari hisobining ahamiyat1 va vaz1falari
Kassirmajburiyatining mazmuni quyidagicha bo‘lish imumkin
Download 57.68 Kb.
|
pul mablag'lari
Bitta kassiri bo'lgan tashkilotlarda, u vaqtincha almashtirilishi zarur bo'lgan hollarda, kassir vazifasini bajarish budjet tashkiloti rahbarining yozma buyrug'i (qarori) bilan boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. Bu xodim bilan tegishli shartnoma tuziladi va undan ham kassiming yozma majburiyati olinadi. Kassir ishni to'satdan qoldirgan (kasal bo'lgan va boshqa) hollarda uning hisobidagi qiymatliklar darhol budjet tashkilotining rahbari va bosh buxgalteri ishtirokida yoki budjet tashkilotining rahbari tayinlagan shaxslardan tarkib topgan komissiyaning ishtirokida ishni qabul qilayotgan kassir tomonidan qayta sanaladi. Qiymatliklami qayta sanash va topshirish to'g'risida dalolatnoma tuzilib, unga yuqorida ko'rsatilgan shaxslar imzo chekadi. Katta tarkibiy bo'linmalari bo'lgan yoki markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan xizmat ko'rsatiladigan budjet tashkilotlarida ish haqi to'lash, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya va mukofotlami to'lash budjet tashkiloti rahbarining yozma buymg'i(qarori)ga muvofiq kassirlardan tashqari, boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunda ushbu shaxslar bilan tegishli shartnoma tuziladi va ularga kassirlar uchun kassa operatsiyalarini olib borish qoidalarida belgilangan barcha huquq va majburiyatlar tatbiq etiladi. Bunday shaxslar belgilangan tartibga muvofiq jihozlangan kassa punktlari xonalarida pul mablag'larini beradilar va qabul qiladilar. Kassa hujjatlariga imzo chekish huquqidan foydalanadigan buxgalterlar va boshqa xodimlar kassirlik vazifasini bajarishlari mumkin emas. Shtatlar jadvali bo'yicha kassir lavozimi ko'zda tutilmagan tash kilotlarda kassa operatsiyalarini bajarish vazifasi yuklatilgan boshqa xodimlar zimmasiga kassa operatsiyalarini amalga oshirish bo'yicha majburiyatlar ham xuddi shu tarzda yuklanadi. Kassani taftish qilish va kassa intizomiga rioya etilishini nazorat qilish Budjet tashkilotining rahbari tomonidan belgilangan muddatlarda, ayni paytda har chorakda kamida bir marta har bir budjet tashkilotida kassa to'satdan taftish qilinib, kassadagi barcha pul va boshqa qiymatliklar birma-bir sanaladi va tekshiriladi. Kassada taftish o'tkazish uchun budjet tashkiloti rahbarining buyrug'i bilan komissiya tayinlanadi va bu komissiya dalolatnoma tuzadi. Taftish natijasida kassadagi kamomad yoki ortiqchalik aniqlansa, kamomad yoki ortiqcha summa miqdori va ular vujudga kelgan vaziyatlar dalolatnomada ko'rsatiladi. Kassada ortiqchalik aniqlanganda bu summa kassaga kirim qilinadi. Kassani tekshirish jarayonida aniqlangan ortiqchalik kirim qilinganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Download 57.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling