1. Davlat budjeti Davlat pul mablag’larining shu jumladan, Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining


Download 22.55 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi22.55 Kb.
#1516712
  1   2
Bog'liq
Byudjet Yakuniy


1-variant
1. “Byudjet hisobi” fanining predmeti, metodi va uslubiy asoslari.
2. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi va ulami tuzish tartibi.
3. Moliyaviy qo'yilmalar hisobi.

1. Davlat budjeti - Davlat pul mablag’larining (shu jumladan, Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbaalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tuzilmasi o’z ichiga Respublika budjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni o’z ichiga oladi. Budjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda budjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar budjet tasnifi bo’yicha amalga oshiriladi. Budjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar budjet hisobini tashkil etish va yuritish orqali shakllantiriladi.
Budjet hisobi bu budjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat budjeti, Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalari budjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir.
Budjet hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga budjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat.
Budjet hisobining predmeti bu budjet ijrosi jarayonida budjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.
Budjet hisobi Davlat budjeti, Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg’armalari budjeti ijrosi bo’yicha yuritiladi va budjetlar ijrosi holati haqida ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi.
2. Byudjetdan mablaј oluvchilar byudjet xarajatlarini amalga oshirish uchun g’aznachilik bo‘linmalariga quyidagilarni: byudjet mablag’lari bo‘yicha:
doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro‘yxatga olinguniga qadar - birinchi chorak uchun oylar kesimida moliya bo‘limlarida ro‘yxatga olingan vaqtinchalik xarajatlar smetalari nusxalarini;
doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro‘yxatga olingandan so‘ng - moliya organlarida ro‘yxatga olingan, oylar kesimida doimiy xarajatlar smetalarini;byudjetdan tashєari mablaјlar bo‘yicha
moliya organlarida ro‘yxatga olingan, byudjetdan tashqari mablaјlarning kelib tushishi va ishlatilishining cheklanishi oylar kesimida ko‘rsatilgan vaqtinchalik va aniqlangan xarajatlar smetalari nusxalarini taqdim etadilar
Byudjetdan mablag’ oluvchilar byudjet mablag’lari bo‘yicha xarajatlar smetalari nusxalarini va ularga ilovalarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maіkamasi Zaxira jamg’armasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi zaxira jamg’armasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimligi zaxira jamg’armalari mablag’lari hisobiga va byudjetdan tashqari mablag’lar bo‘yicha smetalarni, ular moliya organlarida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olinganidan so‘ng, g’aznachilik bo‘linmalariga taqdim qiladilar.
Kapital qurilish ob’ektlari bo‘yicha kapital qurilish buyurtmachilari g’aznachilik bo‘linmalariga tegishli moliya organlari bilan kelishilgan, tasdiqlangan qurilishlarning manzilli ro‘yxati va qurilishlarning titul ro‘yxati asosida tuzilgan xarajatlarning oylar kesimidagi yoyilmasini taqdim etadilar.
Kapital qurilish ob’ektlari bo‘yicha xarajatlarning oylar kesimidagi yoyilmasiga aniqliklar qurilishlarning manzilli va titul ro‘yxatlarining aniqlanishi asosida kiritiladi.
Tegishli byudjet mablag’larining taqsimlovchilari (oluvchilari) tashabbusi bilan byudjet mablag’lari bo‘yicha xarajatlar smetalariga o‘zgartirish kiritilgan hollarda, ular tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan so‘rovnomalar imzolash uchun g’aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladi.
So‘rovnomada ko‘rsatilgan xarajatlar turlari bo‘yicha ajratilgan byudjet mablag’lariga taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar kiritishning imkoni mavjud bo‘lganda, g’aznachilik bo‘linmalari G’aznachilik dasturiy majmuida ushbu byudjet mablag’larini taqsimlovchilar (oluvchilar)ning shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridagi tegishli xarajatlar moddalari bo‘yicha keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirishni to‘xtatib qo‘yadi.

3. Moliyaviy qo’yilma bu korxonaning qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlari, ya’ni pul mablag’larini qo’shma korxonalar, aksioner jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qo’shish shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir.

Muddatiga qarab moliyaviy qo’yilmalar qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi. Bundan tashqari, moliyaviy qo’yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o’tkazish qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadiga bog’liq. Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo’lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo’yilmalarga kiradi.

Moliyaviy qo’yilmalar sodir bo’lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lib olingan aksiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo’yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo’yicha shartnomalar hisoblanadi. Korxonaning amalga oshirgan qo’yilmalariga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo’yilmalar mablag’lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog’ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to’lov topshiriqlari kiradi.

Moliyaviy qo’yilmalar hisobi 5800 – «Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» va 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» yuritiladi.




Download 22.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling