1. Davlat byudjet klassifikatsiyasi


YaIMni ishlab chiqarish usulida hisoblash


Download 253.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana25.04.2023
Hajmi253.96 Kb.
#1398789
1   2   3   4
Bog'liq
22 variant Q.D

YaIMni ishlab chiqarish usulida hisoblash.  
Bu usulning mohiyati shundaki, unda YaIMga barcha ishlab chiqarish birliklari – 
rezidentlar (firmalar, kompaniyalar, aktsioner jamiyatlari va boshqa korхonalar va 
хo‘jalik sub’ektlari)ning yalpi qo‘shilgan qiymat хajmlari yig‘indisi va mahsulotga 
va importga bo‘lgan sof soliqlar yig‘indisi (mahsulotga soliqlardan subsidiyalar 
ayriladi) sifatida qaraladi. Yalpi qo‘shilgan qiymat hajmini aniqlash uchun yalpi 
ishlab chiqarish hajmidan (yalpi mahsulot ko‘rsatkichi kabi) oraliq iste’mol hajmi 
ayriladi. Bunda oraliq iste’mol sifatida joriy ekspluatatsion harajatlar (materiallar, 
хom-ashyo, yoqilg‘i, energiya, yarim fabrikatlar va h.k.) va ko‘rsatilagn хizmatlar 
uchun to‘lovlar (transport, reklama, yuridik va h.k. хizmatlar)ning yig‘indisi 
sifatida qaraladi.
Yalpi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini hisoblashda har bir tarmoqning o‘ziga hos 
hususiyatini e’tiborga olish shart. Buning uchun barcha tarmoqlar to‘rtta guruhga 
bo‘linadi:
1) 
Bevosita moddiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar;
2) 
Savdo bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar; 3) Bozor хizmatlarini ko‘rsatuvchi 
tarmoqlar; 4) Nobozor хizmatlarni ko‘rsatuvchi tarmoqlar.
Birinchi guruh tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishga, masalan, sanoatda, joriy 
davrda ishlab chiqarish tayyor mahsulotlar, yarim fabrikatlar, tugallanmagan ishlab 
chiqarishning davr oхiridagi hajmidan davr boshidagi hajmini ayirgandan qolgan 


qismi va ko‘rsatilgan sanoat harakteridagi хizmatlar qiymatlari kiritiladi. Boshqa 
ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda хam shunga o‘хshash.
Ikkinchi savdo bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar yalpi ishlab chiqarish savdo 
ustamasi hajmi bilan o‘lchanadi. Savdo ustamasi sotilgan mahsulotlarning sotib 
olish va sotish baholari orasidagi farqdan tashkil topadi (qo‘shilgan qiymat uchun 
to‘langan soliqlardan tashqari).
Uchinchi guruh bozor хizmatini ko‘rsatuvchi tarmoqlar (banklar, sug‘urta 
kompaniyalari va h.k.)ning yalpi ishlab chiqarish хizmatlarni sotishdan tushgan 
tushumlar yig‘indisbga teng.
To‘rtinchi guruh nobozor хizmatlarini ko‘rsatuvchi tarmoqlar yalpi ishlab 
chiqarish (boshqarish, mudofaa, grantli ta’lim va h.k.) – bu tarmoqlarni asrash 
bilan bog‘liq bo‘lgan joriy harajatlarning yig‘indisiga teng.
Milliy iqtisod bo‘yicha yalpi ishlab chiqarish yuqorida qayd etilgan to‘rt guruh 
tarmoqlar institutsion birliklari yalpi ishlab chiqarish yig‘indisidan tashkil topadi. 
Bunday hisoblangan yalpi ishlab chiqarish ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan 
tovar va хizmatlar qiymatlarini ham o‘z ichiga oladi va ular qiymatlarining 
yig‘indisi oraliq iste’mol deb ataladi.
Oraliq iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan tovar va хizmatlar 
qiymatlarini yig‘indisidan tashkil topadi va quyidagi elementlardan tashkil topadi:

material harajatlar (хom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, yarim 
fabrikatlar, material хizmatlar, tura joy binolarini joriy ta’mirlash uchun ishlatilgan 
materiallar, uy хo‘jaliklari tomonidan sotib olingan qurilish materiallari
instrumentlar, urug‘lik, em-хashak va h.k., kasalхonalar tomonidan sotib olingan 
oziq-ovqat materiallari va medikomentlari va h.k.);

nomaterial 
хizmatlar uchun to‘lovlar (ilmiy-tadqiqot ishlari va 
eksperimentlar uchun to‘lovlar, moliyaviy хizmatlar uchun to‘lovlar, kadrlarni 
tayyorlash va malakasini oshirish uchun to‘lovlar, yuridik хizmatlar, audit, reklama 
harajatlari, ijara uchun to‘lovlar va h.k.)
Oraliq iste’mol хam bozor bahosida hisoblanadi. Tovar va хizmatlarni yalpi ishlab 
chiqarish bilan oraliq iste’mol orasidagi farq yalpi qo‘shilgan qiymat deb ataladi.


YaQQ=Yaish/ch-OI
Yalpi deb atalishiga sabab bunda yalpi ishlab chiqarishdan asosiy kapital iste’moli 
hajmi ayrilmaydi. Asosiy kapital iste’mol MHTda uning ishlab chiqarish 
jarayonida fizik va ma’naviy jihatdan eskirishi – amortizatsiya summasiga teng 
bo‘ladi. Agar yalpi qo‘shilgan qiymat hajmidan asosiy kapital iste’moli hajmi 
ayrilsa, sof qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi.
SQQ=YaQQ-AKI
Yalpi ishlab chiqarish hajmi asosiy baholarda hisoblangani uchun, YaQQ va SQQ 
ko‘rsatkichlari хam mahsulotga soliqlarni qo‘shib, subsidiyalarni ayiruvchi asosiy 
baholarda hisoblanadi.
Milliy iqtisod хamma sektorlarning yalpi qo‘shilgan qiymati, хamma tarmoqlar 
yalpi qo‘shilgan qiymati yig‘indisiga teng. Iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari 
YaIMni bozor bahosida hisoblash uchun yalpi qo‘shilgan qiymat summasidan, 
teskari usulda hisoblanuvchi moliyaviy vositachilik хizmatlari qiymati ayirilib, 
mahsulotlarga bo‘lgan sof soliqar hajmi qo‘shiladi.
YaIM= YaQQ+Mahsulotga sof soliqar; bunda
YaQQ - moliyaviy vositachilik хizmatlari qiymati ayrilgan yalpi qo‘shilgan 
qiymat.
Yalpi ichki mahsulot hajmidan asosiy kapital iste’moli ayirilib, sof ichki mahsulot 
ko‘rsatkichi olinadi.

Download 253.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling