Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari
Reja:
1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi.
2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.
3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.
4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.
5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari.
Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi.
Jamiyat taraqqiyotini moddiy bazasi ishlab chiqarish bilan hosil qilinadi. Ishlab chiqarish mehnatga yaroqli bo’lgan ish kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarini ko’tilishi va uni harakatga keltirilishi tufayli moddiy ne‘matlar hosil qilishdir.
Resurs - bu ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga ishlatiladigan hamda qo’llaniladigan moddiy-ashyoviy bo’lib, tabiiy, moddiy, iqtisodiy, moliyaviy va hokazo kabi vositalardan tashkil topadi.
Inson faoliyati moddiy va nomoddiy ne‘matlar yaratishga qaratilar ekan, avvalo ishlab chiqarishni tashkil etmoq kerak. Ishlab chiqarishni tashkil etish resurslarni talab qiladi. Ular quyidagilardan iboratdir:
1. Ishchi kuchi;
2. Mehnat qurollari;
3. Mehnat vositalari.
Ishchi kuchi - mehnatga qobiliyati bo’lgan har bir insonning ma‘lum maqsadlar yo’lidagi aqliy va jismoniy faoliyatining yig’indisidir.
Mehnat qurollari - bu inson mehnati yordamida mehnat predmetlariga ta‘sir qiladigan mexanizmlar (dastaklar)ga aytiladi. Masalan: stanoklar, traktorlar, uskunalar, mashinalar, qurilmalar va hakozolar.
Mehnat predmetlari - mehnat ta‘siri natijasida tovar mahsuloti tayyorlanadigan barcha xom ashyolar massasidir. Masalan, sanoatda ishlatiladigan xom ashyolar, qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishda ishlatiladigan - urug’liklar, mineral o’g’itlar, yoqilg’ilar, materiallar, yer, suv shular jumlasidansir. Mehnat predmetlari tabiat mahsuli yoki oldingi davrlardan qolgan mehnat mahsulotlaridan iborat bo’ladi.
Mehnat predmeti va mehnat qurollarini birga qo’shilishi ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |