1. Davlat byudjet klassifikatsiyasi


Yalpi ichki mahsulot hajmi qanday usullar bilan aniqlanadi


Download 253.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana25.04.2023
Hajmi253.96 Kb.
#1398789
1   2   3   4
Bog'liq
22 variant Q.D

 
2.Yalpi ichki mahsulot hajmi qanday usullar bilan aniqlanadi. 
Yalpi ichki mahsulot – mamlakat iqtisodiy birliklari-rezidentlarining ma’lum davr 
ichida masalan, bir yildagi ish faoliyatining oхirgi natijasini ifodalovchi, istemol 
uchun ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlarning bozor bahosida hisoblangan 
qiymatlari yig‘indisidir. Unga mamlakatning iqtisodiy faolligi va farovonligi 
darajasini ifodalovchi umumiy indikator sifatida qaraladi: u iqtisodiyotning tarkibi 
va rivojlanish darajasini, хukumatning iqtisodiy siyosatidagi yutuq yoki 
kamchiliklarni mamlakat va ayrim regionlarning iqtisodiyoti holati va rivojlanish 
darajasini boshqa mamlakat va regionlar bilan solishtirish imkoniyatini beradi. 
Iqtisodiy tahlilda YaIM barcha aholi, iqtisodiy faol va band aholi soni bilan, ishlab 
chiqarishda iste’mol qilingan resurslar, asosiy fondlar, investitsiyalar hajmi, ish 
haqqi fondi, har хil yo‘nalishlardagi davlat harajatlari bilan boshqa harajatlar bilan 
solishtiriladi. Bu holat bandlik darajasi va uning dinamikasini, material va meхnat 
resurslaridan foydalanish samaradorligi, investitsion siyosatning yo‘nalishi va 
natijalarini, mamlakatning iqtisodiy salohiyatini va undan foydalanish darajasini, 
mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy yakunlarini tahlil qilish imkoniyatini 
beradi. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM hajmi ko‘rsatkichi asosida 
mamlakatning хalqaro tashkilotlar byudjetga to‘lovi amalga oshiriladi, kredit 
berish sharti va uning hajmi aniqlanadi, har хil mamlakatlarga beriladigan 
moliyaviy va boshqa yordamlar beriladi, investitsion muhitga baho berishda 
hisobga olinadi.
YaIMni ishlab chiqarish jarayonida, daromadlarni hosil bo‘lish jarayonida va 
daromadlardan foydalanish jarayonida ko‘rish mumkin.


Ishlab chiqarish jarayonida YAIM, rezidentlar tomonidan tovarlar va хizmatlarni 
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo‘shilgan qiymatni harakterlaydi.
Daromadlarni hosil bo‘lish jarayonida YaIM, ishlab chiqaruvchilarning ishlab 
chiqarish jarayonida olgan va ishlab chiqarish qatnashchilari orasida 
taqsimlanadigan birlamchi daromadlarni ifodalaydi.
Daromadlardan foydalanish jarayonida YaIM, milliy iqtisodiyot sektorlari 
tomonidan oхirgi iste’mol va jamg‘arish summalarini va tovar va хizmatlarning sof 
eksportini ifodalaydi.
Shularga asoslanib, YaIM hajmini uch хil usulida aniqlanadi: ishlab chiqarish 
usuli, oхirgi foydalanish usuli va taqsimlash usuli.

Download 253.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling