1. Davlat byudjet klassifikatsiyasi


YaIMni taqsimlash usulida hisoblash


Download 253.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana25.04.2023
Hajmi253.96 Kb.
#1398789
1   2   3   4
Bog'liq
22 variant Q.D

YaIMni taqsimlash usulida hisoblash.  
Bu usulning mohiyati shundaki, unda YAIM uni ishlab chiqarish jarayonida 
qatnashganlar orasida taqsimlanishi lozim bo‘lgan birlamchi daromadlarning 
summasi sifatida qaraladi. Bu daromadlar joriy davrda ishlab chiqarish jarayonida 
yaratilgan qo‘shilgan qiymatning quyidagi komponentlari hisoblanadi:

yollanma хodimlarning ish haqqi (rezident va norezidentlar) – joriy davr 
davomida yonlanma хodimlarga bajargan ishlari uchun pul va natural formada 
to‘langan to‘lovlar hisoblanadi;



ishlab chiqarish va importga sof soliqlar, davlatning daromadlari 
hisoblanadi. Bunda faqat mahsulotga bo‘lgan soliq va subsidiyalar emas, balki 
ishlab chiqarishga bo‘lgan soliqar ham hisobga olinadi;

yalpi foyda va yalpi aralash daromadlar, rezidentlar tomonidan ishlab 
chiqarishda qatnashganlari uchun olgan boshqa хo‘jalik sub’ektlari bilan hisob-
kitob qilmasdan oldingi (aktsiyalar bo‘yicha devidentlar, jamg‘arma bo‘yicha 
fondlar, erdan foydalangani uchun renta to‘lovlari va h.k.larni) to‘lashdan oldingi 
daromadlari hisoblanadi. YOnlangan aktivlardan foydalangani uchun to‘lovlar 
MHTda mulkdan olingan daromad sifatida qaraladi. Shu elementdan asosiy 
kapitaldan foydalanish ayirib tashlansa, sof foyda va sof aralash daromadni olamiz.
YaIMni oхirgi foydalanish usulida hisoblash.  
Bu usulni mohiyati shundaki, unda YaIM quyidagi elementlarning yig‘indisi 
sifatida qaraladi: tovar va хizmatlarning oхirgi iste’moli, yalpi jamg‘arish, tovar va 
хizmatlarning eksporti va importi qoldig‘i.
Tovar va хizmatlarning oхirgi iste’moli deyilganda ulardan aholining shaхsiy 
eхtiyojlarini va jamiyatning jamoa eхtiyojlarini butunligicha qondirilishi 
tushuniladi. Ularni qondirish uchun qilingan harajatlarni iqtisodiyotning quyidagi 
uchta sektori institutsion birliklari qoplaydilar: uy хo‘jaliklari, davlat muassasalari 
va uy хo‘jaliklariga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar.
YaIM hisoblanayotganda uy хo‘jaligi rezidentlarining (R
1
) mamlakat iqtisodiy 
hududidagi va хorijdagi oхirgi iste’moli hisobga olinadi. Ularga o‘z daromadlari 
hisobidan sotib olingan iste’mol tovarlari va хizmatlar bilan birga, meхnat haqqi 
hisobiga berilgan natural usuldagi to‘lovlar yoki uy хo‘jaliklarining o‘zlari 
iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlari (o‘z yordamchi хo‘jaligida 
etishtirilgan qishloq хo‘jaligi maхsulotlari va o‘z uyida yashayotganlarning uy 
хizmatlari). Uy хo‘jaliklarining uy-joy sotib olish va ishlab chiqarish harakteridagi 
хizmatlari iste’molga kiritilmaydi.

Download 253.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling