5-ma`ruza: Biologik usul, rivojlanishi, biocenozda organizmlarni o`zaro munosabati Reja: 1
Download 51.41 Kb.
|
O`simhim5-ma`ruzaMeva3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar.
5-ma`ruza: Biologik usul, rivojlanishi, biocenozda organizmlarni o`zaro munosabati Reja: 1.Biologik usulni mohiyati, istiqboli, zarurligi va tarixi. 2.Entomofaglarning qo`llanilishi Zararkunandalarga qarshi mikroorganizmlarni qo`llash Tayanch iboralar. Zararkunanda, himoya qilish usullari, uyg`unlashgan himoya qilish usuli, biomahsulot, mikrobiologik preparatlar. Adabiyotlar. A-4, 11, 13, 15 O`simliklarning biologik himoyasi keng ma`noda – bu zararkunandalar va kasallik qo`zg’atuvchilar keltiradigan zararni kamaytirish maqsadida, ularning populyaciyalari miqdorini kamaytirishda tirik organizmlar, ularning faoliyati tufayli hosil bo`lgan moddalar yoki sintetik analoglaridan foydalanish tushuniladi. Tor ma`noda esa klassik biologik usul zararli organizmlarga qarshi kurashda tirik organizmlar: parazitlar, yirtqichlar va patogen mikroorganizmlardan foydalanish, demakdir. Biologik himoya usulining mohiyati tabiatda qishloq xo`jalik ekinlari zararkunandalari bilan ularning parazitlari va yirtqichlari (entomofaglar va akarifaglar), ayniqsa hasharotlar, kanalar va zararkunandalar bilan bakterial, zamburug’, virus va kompleks kasalliklar orasida vujudga kelgan antogonistik munosabatlardan aniq maqsadda foydalanishdir. Ko`pchilik zamburug’lar hasharotlar, kanalar va qishloq xo`jalik ekinlarining boshqa zararkunandalari bilan bevosita bog’liq. Faqat entomopatogen zamburug’larning 530 dan ortiq turi ma`lum. Ko`pchilik parazit zamburug’ turlarining muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ular turli fermentlar (masalan, xitinaza) ajratishi tufayli, hasharot tana qoplami orqali uning tana b o`shlig’iga kiradi yoki kutikula sirtida apressoriylar tipida to`nog’ichsimon y o`g’onlashadi. Zamburug’ sporalari o`sishida apressoriylar oxirida qisqa o`simta – shish naychalar paydo bo`ladi. Shish orqali o`simta miceliysi tana bo`shlig’iga kiradi. Shu yo`l orqali, boshqa mikroorganizmlar zararlay olmaydigan hasharotlar g’umbaklari va voyaga etganlarini zamburug’lar zararlashi mumkin. İ.İ.Mechnikov 1883 yili don qo`ng’izida yashil muskardina kasalligi q o`zg’atuvchisini aniqlashi va keyinchalik u bilan hamkorlikda İ.Krasil`shik o`tkazgan tajribalar, bu kasallik qo`zg’atuvchi zamburug’ning ommaviy ko`paytirilishi va don qo`ng’izi hamda lavlagi uzunburunini zararlantirishi, hasharotga qarshi biologik himoyada mikroorganizmlarni qo`llashga asos soldi. Hozirgi vaqtda sanoat asosida 30 ga yaqin bakterial preparatlar ishlab chiqarish y o`lga qo`yilgan, bunda bacillyus tyuringienzis guruhiga mansub kristall hosil qiluvchi, sporali bakteriyalarning turli xil variaciyalari asos qilib olingan. Ularning boshlang’ich sof qismi mazkur bakteriyalarning spora-kristall kompleksidan, ba`zi hollarda esa issiqlikka chidamli, suvda eruvchan ekzotoksin (masalan bitoksibacillin) dan iboratdir. Download 51.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling