5-ma`ruza: Biologik usul, rivojlanishi, biocenozda organizmlarni o`zaro munosabati Reja: 1
Download 51.41 Kb.
|
O`simhim5-ma`ruzaMeva3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dipel,SK(BA-16000 EA/mg).
- Kolorado, SK.
- Biotoksibatsillin, P
Lepidobaktotsid, J. Preparat asosini 200 EA/mg titrli, biologik faol Bt subsp. kurstaki spora kristallari kompleksi tashkil qilgan. Preparat bargli va ignabargli daraxtlarning tangachaqanotli zararkunandalariga qarshi kurashda tavsiya etilgan. Dipel, HK (BA-16000 EA/mg). Preparat Bt subsp. kurstaki spora kristalli kompleksi asosida “Abbot” (AQSh) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Karamni tunlamlar va oqishlardan himoya qilishga mo’ljallangan. Dipel,SK(BA-16000 EA/mg). Oldingi preparatdan suyuq shakli bilan farqlanadi. Preparat ignabargli o’simliklar tangachaqanotli zararkunanda hasharotlariga qarshi kurash uchun mo’ljallangan. Novodor. Ilk bor Bt subsp. tenebrions (morrisoni) bakteriyasini nemis olimi A. Krig (Krieg, 1982) ajratgan. Shuning asosida chet elda Novodor preparati ishlab chiqilgan bo’lib, u kolarado qo’ng’izini yo’qotishda xizmat qiladi. Bu Bt kenja turi kvadratlar, to’g’ri burchakli va romb plastik shakllari bilan xarakterlanadi. 1986 yili Amerikada qattiqqanotli hasharotlarga qarshi Bt subsp. san-diego insektitsid faol formasi ajratilganligi to’g’risida xabarlar tarqatildi. Ammo oxirgi ekspertizalar san-diego va tenebrionis 1ta kenja turga mansubligini ko’rsatdi. Kolorado, SK. Titri kamida 20 mlrd spor/g. Bt subsp. tenebrionis №16-8116 shtammining spora va kristallari asosida yaratilgan. Shtamm hosil qiluvchi genetika DavITI tomonidan unda hayot kechiruvchi mayda va qora un mitalaridan ajratilgan. Endotoksin kristallarining shakli yassi, to’g’ri burchakli, β-ekzotoksin hosil qilmaydi. Kolorado preparati bir xil qora-kulrang tusli bo’lib, kartoshka va baqlajonda kolorado qo’ng’iziga qarshi kurash uchun tavsiya etilgan. Kafolatlangan saqlash muddati –20o dan +20oS gacha haroratda 1 yil. Biotoksibatsillin, P (BTB) (BA-1500 EA/mg). Preparatning asosini Bt subsp. thuringiensis tashkil qiladi. Ikkinchi guruh biopreparatlariga taalluqli bo’lib, tarkibida spora va endotoksindan tashqari suvda eruvchi β-ekzotoksin ham mavjud. Qishloq xo’jalik mikrobiologiya BITI tomonidan ishlab chiqilgan. Tarkibida β-ekzotoksin bo’lgan birinchi Rossiya preparati. Ko’p qishloq xo’jalik ekinlarining tangachaqanotli zararkunanda hasharotlariga, kolorado qo’ng’izi va o’rgimchakkanalarga qarshi qo’llash uchun tavsiya etilgan. O’zbekistonda BTB-202 preparatini g’o’za paykallarida gektariga 2-3 kg normada qo’llab, ko’sak qurti va karadrinaga qarshi 80-86% gacha samaraga erishilgan. Zararkunandalar ommaviy tusda ko’paygan yillari ekinlarga bir yo’la g’o’za tunlami va o’rgimchakkana tushgan taqdirda, preparat gektariga 4-6 kg hisobidan qo’llanilgan.
Ekzotoksin nafaqat ichakdan, balki hasharot tanasi orqali ham ta`sir qiladi, spora-kristall kompleksi esa sinergizm namoyon qiladi. Shuning uchun ekzotoksin saqlovchi preparat nafaqat kapalak qurtlari va kolorado qo’ng’izi, balki o’rgimchakkanaga qarshi ham tavsiya etiladi. Download 51.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling