5-ma`ruza: Biologik usul, rivojlanishi, biocenozda organizmlarni o`zaro munosabati Reja: 1
Download 51.41 Kb.
|
O`simhim5-ma`ruzaMeva3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Virin-FT - (XS)
- Virin-Diprion, S.
- Virin-AOK (ABB)
- Entomopatogen zamburug’lar preparatlari
Virin-KT (0Z). Preparat kuzgi tunlam granulyoz virusi asosida O’zR FA mikrobiologiya ITI va BO’BXQ ITI tomonidan quruq kukun holida ishlab chiqilgan. Titri kamida 3 mlrd granulala/g. Sabzavot va poliz ekinlari hamda g’o’zada kuzgi tunlamining 1-2 yoshlardagi qurtlariga qarshi purkash uchun tavsiya etilgan. Preparatga OP-7 qo’shilgan holda, 0.3 l/ga me`yorida ishlatiladi. Virin-FT - (XS) g’o’za yadro polidrozi virusi asosida BO’XQI (VIZR) ishlab chiqqan. Titri kamida 7 mlrd poliedr/ml. G’o’za tunlamni har bir avlodni 1-2 yoshdagi qurtlariga qarshi purkash tavsiya etilgan. 5-7 kun oralatib 1-2 marta purkaladi. Virin SRIQ (PShM), S. Preparat Sibir roxiba ipak qurti yadro poliedrozi virusi asosida RFA Sibir bo’limi hayvonlar sistematikasi va ekologiyasi instituti tomonidan suyuq holda ishlab chiqarilgan. 1 ml preparatda 1 mlrd poliedrlar mavjud. Sibir roxiba ipak qurtining 1-2 yoshdagi qurtga qarshi o’rmon massivlari aviatsiya yordamida ishlash tavsiya etilgan.Sarf me`yori0,5 l/ga. Virin-Diprion, S. Preparat qarag’ay malla arrakashi poliedroz virusi asosida RFA Sibir bo’limi hayvonlar sistematikasi va ekologiyasi institutida yaratilgan. Suyuq holda ishlab chiqariladi. 1 ml preparat tarkibida 1 mlrd. poliedrlar mavjud. Qarag’ay malla arrakashi 1-2 yosh lichinkalariga qarshi o’rmon massivlarni aviatsiya yordamida ishlash tavsiya etiladi.Sarf me`yori0,01-0,04 l/ga Virin-AOK (ABB). Preparat amerika oq kapalagi poliedroz va granulyoz viruslari asosida yaratilgan. O’rmon va mevali daraxtlarni himoyalashga mo’ljallangan. Virus preparatlarining afzalliklariga qaramasdan kamchiliklardan xoli emas, bu esa ularni qo’llashni chegaralaydi.Uzoq inkubatsion davrni qisqartirish hamda virus preparatlarining samaradorligi va barqarorligini ta`minlash talab qilinadi. Bu kamchiliklarni preparatlarni faollashtiruvchi qo’shimcha moddalardan foydalanish orqali bartaraf qilish mumkin. Faollashtiruvchi komponentli virusli insektitsidlar neovirinlar deb nomlanadigan bo’ldi (Dujak va b., 1995) Entomopatogen zamburug’lar preparatlari Asosida zamburug’lar bo’lgan biopreparatlar keng doirada ta`sir etish xususiyatiga egadir. Ular zararkunandalarga kontakt ta`sir etadi, shuning uchun so’ruvchi zararkunandalarni va zararli hasharotlarning oziqlanmaydigan fazalarini ham shikastaydi. Zamburug’ preparatlari hasharotlar, kanalar va nematodalarga qarshi ishlatiladi. Download 51.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling