Referat mavzu: Jahon iqtisodiyoti Tayyorladi: Abdurahimov Ibrohim 71-iere jahon iqtiodiyoti mazmuni va mohiyati


Download 34.13 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi34.13 Kb.
#1022170
TuriReferat
  1   2   3


REFERAT
Mavzu: Jahon iqtisodiyoti

Tayyorladi: Abdurahimov Ibrohim 71-IERE


Jahon iqtiodiyoti mazmuni va mohiyati
Jahon iqtisodiyotida BMTga a’zo bo'lgan 190 dan ortiq mustaqil davlatlar mavjud bo'lib, ushbu davlatlarni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanishiga ko'ra uch guruhga bo'lib o'rganish mumkin: /. Rivojlangan davlatlar guruhi (hozirgi kunda jahonning 30 ga yaqin davlatlari kiradi). 2. Rivojlanayoigan davlatlar guruhi (hozirgi kunda jahonning 100 dan ortiq davlatlari kiradi). 3. O'tish davri iqtisodiyotli davlatlar guruhi (MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari). Jahon xo'jaligida ushbu davlatlar o'zlarining tarixan rivojlanishida turli iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy bosqichlarni bosib o'tganligini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, xususiy mulkchilik, ya’ni sinfiy jamiyatning (Sharqning antik va O 'rta asr davlatlarining, shuningdek, Yevropaning O'rta asr davlatlarini) vujudga kelishi bilan bog'liq holda jahon iqtisodiyotida bozor munosabatlarini ham shakllantirib, rivojlanib bordi. Bunday munosabatlar dastlab Yevropaning bir qator mamlakatlarida (Gollandiya-Niderlandiya, Angliya va h.k.larda) XVI—XIX asrlarda tez rivoj topib borgan edi. Jahon iqtisodiyotida ro'y bergan buyuk jug'rofik kashfiyotlar (XVI—XIX asrlar) oqibatida jahon xo'jaligida mustamlakachilik tizimi paydo bo'lishi jahondagi b a’zi-bir davlatlarning tez rivojiga va aksincha, yer yuzidagi ko'pgina mamlakatlaming (asosan, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari) iqtisodiy-siyosiy qaramligiga va halokatiga olib keldi. Xullas, jahon xo'jaligida bozor munosabatlari deyarli barcha davlatlarda hukmronlik qilgan bo'lsa-da, uning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy oqibatlari turlicha ko'rinishda bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Ma’lumki, jahon xo'jaligi barcha davlatlar uchun umumiy bo'lgan bir tabiiy va iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy qonunlar asosida takomillashib, rivojlanib boradi. Ya’ni, jahon xo'jaligida bozor munosabatlari rivojlanishining alohida bir milliy libosi yo'q, ammo rivoj lan ish ning o'ziga xos xususiyatlari, tamoyillari mavjud bo'lib, ulami mazkur mamlakatlaming tabiiy sharoitida, resurslarida, milliy 3 an’analarida, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanish jihatlarining turlicha rivojlanish darajasida ko'rishimiz mumkin. Shuning uchun ham jahon iqtisodiyotida ba’zi-bir davlatlar yuqori darajada, ayrimlari o'rtacha, ba’zi-birlari esa (asosan, ko'pchiligi) past rivojlangandir. Shu sababli jahon iqtisodiyotida rivojlangan davlatlarning (ayniqsa, sanoati rivojlangan davlatlar) va shuningdek, rivojlanayotgan davlatlarning (ayniqsa, «yangi industrial mamlakatlar» deb nom oigan davlatlarning) iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlainish yutuqlarini atroflicha chuqur tahlil qilish, ushbu davlatlarning [iqtisodiy rivojlanish tajribasidan ijodiy foydalanish O'zbekiston Respublikasi uchun ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida (1991) jahon xo'jaligiga o'zining ilk qadamini qo'ydi. Boshqaruv mexanizmining yangi demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanish shart-sharoitida, ya’ni bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tib borayotgan bir sharoitda respublikaning integratsion jarayonlarga, shuningdek, xalqaro tashkilotlarga faol va keng ko'lam da jalb etilishiga xalaqit berayotgan bir qator to'siqlarni, muammolarni yengib o'tishiga to'g'ri kelmoqda. Shu nuqtayi nazardan olganda, bozor munosabatlari nazariyasi va amaliyotini, raqobatbardosh iqtisodiy asoslarini, firma va korporatsiyalarning iqtisodiy aloqalardagi ishtiroki masalalarini o'rganishga bo'lgan qiziqish respublikamizda tobora ortib borayapti. Bu muammolar hozirgi kunda tor guruhdagi mutaxassislaming o'rganish predmeti bo'lmay qoldi. Milliy iqtisodiyotning jahon xo'jaligini bir qismi ekanligini tan olinishi esa «Jahon iqtisodiyoti» fanini o'rganishga bo'lgan qiziqishini yanada ortib borishiga sabab bo'layotir. O'zbekistondagi sanoat korxonalarining ishlab chiqargan mahsulotlari tashqi bozorga chiqishi, xorijiy firma va kompaniyalaming respublikada endigina shakllanib kelayotgan tovar va xizmatlar bozoriga kirib kelishi ilgari xo'jalik amaliyotida duch kelinmagan yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan bir qator mustaqil davlatlar qatori O'zbekistonda ham bozor iqtisodiyoti sharoitida, ayniqsa, zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat olib borish uchun zarur bo'lgan nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan mutaxassislaming kamligi yoki deyarli yo'qligi sezilyapti. Bu borada «Jahon iqtisodiyoti» predmetining maqsadi jahon hamjamiyati iqtisodiy hayotidagi asosiy jarayonlar va hodisalarni o'rganishdir. Ushbu 4 maqsadga muvofiq, kurs o‘z oldiga quyidagi asosiy qarashlar kon- (sepsiyasini faktik manbalar va statistik materiallar asosida o'rganishdek muhim vazifani qo'ygan: — jahon iqtisodiyoti: mohiyati va XX—XXI asrlar bo‘sag‘asida taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari va tamoyillari; — zamonaviy jahon xo'jaligi subyektlari va mamlakatlaming jahon xo'jaligida tutgan o‘rnini tavsiflovchi faktik manbalarni va statistik materiallami; — xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar ko'rinishlari va borishini; — jahon iqtisodiyotidagi global muammolarni (demografik, oziq-ovqat, tabiiy resurslar, xalqaro xavfsizlik, ekologiya va h.k.lar); — jahon xo'jaligida tabiiy resurslarning salohiyati; — jahon iqtisodiyotida inson resurslarining o 'rn i^ — jahon xo'jaligi taraqqiyotida ilmiy-texnik salohiyati; — jahon xo'jaligida tarmoq tuzilmasi tushunchasi va zamonaviy sanoatning jahon iqtisodiyotida tutgan o'm i; — rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni jahon xo'jaligida tutgan o'm ini; — O'zbekistonning jahon xo'jaligiga kirishi. Respublikani xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ishtiroki va h.k.lar. O'zbekiston jahonning 100 dan ortiq rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlari bilan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy aloqalarni olib bormoqda. Ushbu m amlakatlar bilan xalqaro iqtisodiy aloqalarni to'g'ri olib borishi uchun ham jahonning ushbu mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish yo'llarini (modellari) har tomonlama va keng o'rganish maqsadga molikdir. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XIII sessiyasida (1993) respiiolikamiz Prezidenti I.A. Karimov shunday degan edi: «Bizning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'limiz respublikaning o'ziga xos turmush tarzini, shart-sharoitlarini va xususiyatlarini, xalq an’analari va urfodatlarini har tomonlama hisobga olishga asoslangan. Ayni paytda bizning yo'l jahon amaliyoti to'plagan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar qatoriga o'tgan mamlakatlar orttirgan ijobiy tajribalarni ham hisobga oladi». Qo'llanma birinchi bor yaratilganligi tufayli ba’zi-bir juz’iy kamchiliklardan holi emas. Ushbu o'quv qo'llanmani tayyorlashda o'zlarining qimmatli maslahatlarini, ijobiy va tanqidiy fikrlarini bildirganlarga mualliflar minnatdorchilik izhor qilishadi.
XX—XXI asrlar bo‘sag‘asida ro‘y bergan keng ko‘lamdagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar jahon xo'jaligi va uning mohiyatiga o'z ta’sirini o'tkazgan edi. Bu jarayonlar ta’sirida jahon xo'jaligida sezilarli siljishlar, o'zgarishlar yuz berib, rivojlanishining yangi, turli-tuman va ko'p variantli bosqichlari shakllandi. Jahon iqtisodiyotida nafaqat dunyo, balki uni tushunish, talqin qilish ham o'zgarib bormoqda. Jahon xo'jaligida, ayniqsa, Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotida shunday tub o'zgarishlar yuz berdiki, bu o'zgarishlar ham, albatta, jahon xo'jaligining rivojlanishiga o'z ta’sirini o'tkazmasdan qolmadi. M a’lumki, hozirgi kunda jahon mamlakatlari bir-biri bilan shunday o'zaro bog'lanib ketganki, biz bulami, asosan, o'zaro iqtisodiy aloqalarni turli darajada rivojlangan iqtisodiy tuzilmalarning ishtirokida ko'rishimiz mumkin. Ushbu mamlakatlar nafaqat turli darajada rivojlanganligi bilan, balki xalqaro mehnat taqsimotiga va jahon xo'jaligiga turli darajada jalb qilinganligi bilan ham farq qiladi. O'zbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida (1991) jahon maydoniga o'zining ilk qadamini qo'ydi. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitda, ya’ni bozor iqtisodiyotiga o'tishning tarkibiy qismiga aylangan bir sharoitda respublikamizning integratsion jarayonlarga faol va keng ko'lamda jalb etilishiga xalaqit berayotgan bir qator to'siqlami yengib o'tishga to'g'ri kelmoqda. Shu nuqtayi nazardan olganda, bozor munosabatlari nazariyasi va amaliyotini, raqobatbardosh iqtisodiyot asoslarini va korporatsiyalaming tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida ishtiroki usullarini o'rganishga bo'lgan qiziqish respublikamizda tobora ortib bormoqda. Bu muammolar hozirgi kunda tor guruhdagi mutaxassislaming o'rganish predmeti 6 bo'lmay qoldi. Milliy iqtisodiyotni jahon xo‘jaligining bir qismi ekanligini tan olinishi esa «Jahon iqtisodiyoti» fanining o'rganish predmetini qayta ko'rib chiqishni talab qilmoqda. O'zbekistondagi sanoat korxonalari ishlab chiqargan mahsulotlar tashqi bozorga chiqishi va xorijiy firmalarning respublikamizda endigina shakllanib borayotgan tovar va xizmatlar bozoriga kirib kelishi ilgari xo'jalik amaliyotida duch kelinmagan bir qator yangi muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Yangi mustaqillikka erishgan mamlakatlarda bo'lgani kabi O'zbekistonda ham bozor sharoitida, ayniqsa, xalqaro bozor sharoitida faoliyat olib borish uchun zarur bo'lgan nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan mutaxassislaming kamligi yoki deyarli yo'qligi sezilyapti. «Jahon iqtisodiyoti» fanini o'rganishda uning quyidagi o'ziga xos xususiyatlari va jihatlariga to'xtalib o'tamiz: — jahon iqtisodiyoti: mohiyati va XX—XXI asrlar bo'sag'asidagi taraqqiyotining asosiy qonuniyatlari va tamoyillari; — zamonaviy jahon xo'jaligini subyektlari va mamlakatlaming jahon xo'jaligida tutgan o'mini tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimi; — xalqaro iqtisodiy integratsiya; — XX—XXI asrlar bo'sag'asida jahon iqtisodiyotidagi global muammolar; — zamonaviy jahon xo'jaligining tabiiy resurslari salohiyati; — jahon iqtisodiyotidagi inson resurslari; — ilmiy-texnik salohiyat va uning zamonaviy jahon xo'jaligi taraqqiyotidagi roli; — jahon xo'jaligida tarmoq tuzilmasi tushunchasi va zamonaviy sanoatning jahon iqtisodiyotida tutgan o'm i; — jahon iqtisodiyotida rivojlangan mamlakatlaming tutgan o'mi; — rivojlanayotgan mamlakatlaming jahon xo'jaligida tutgan o'mi.

Download 34.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling