Referat mavzu: Jahon iqtisodiyoti Tayyorladi: Abdurahimov Ibrohim 71-iere jahon iqtiodiyoti mazmuni va mohiyati


Download 34.13 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi34.13 Kb.
#1022170
TuriReferat
1   2   3
Zamonaviy jahon iqtisodiyotining
mohiyati va shakllanish bosqichlari
Zamonaviy jahon xo'jaligi yoki jahon iqtisodiyoti — bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga bo'ysunuvchi, doimiy harakatdagi, o'sib, rivojlanib boruvchi xalqaro iqtisodiy aloqalarga o'zaro bog'liq bo'lgan milliy iqtisodiyotlar yig'indisi, global iqtisodiy organizmdir. Jahon xo'jaligi vujudga kelishi va rivojlanishida uzoq hamda juda qiyin bo'lgan bir qator rivojlanish bosqichlarini bosib o'tdi. Ayrim tadqiqotchilar lining vujudga kelishini Rim imperiyasi davri (er.av. 7 II va eramizning IV asrlari) bilan bog‘lashadi. Bunda ular Rim imperiyasini o‘sha vaqtdagi butunjahon xo'jalik tizimi, deb baholashadi. Boshqa bir guruh olimlar esa jahon xo‘jaligini faoliyat ko'rsata boshlagan davrini XV—XVI asrlar bilan, ya’ni buyuk jug'rofik kashfiyotlar davri bilan bog'lashadi. Aynan shu kashfiyotlar qimmatbaho toshlar, metallar, shirinliklar va qullar bilan xalqaro savdoning tez rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ammo bu davrdagi jahon xo'jaligi cheklangan bo'lib, faqat savdogarlarning sarmoyalari ishlaydigan soha bo'lgan edi, xolos. Zamonaviy jahon xo'jaligi Yevropada ro'y bergan sanoat inqilobidan keyin (XVIII asr oxiri va XIX asr boshlari), kapitalning monopol bosqichiga o'tishi davrida (XIX asr oxiri va XX asr boshlari) vujudga keldi. XIX asr oxiri va XX asr boshidagi jahon xo'jaligi o'zining rivojlanish xususiyatlari bilan XX asrning 60—90-yillaridagi jahon xo'jaligidan tubdan farq qilishi bizga m a’lum. O'zining rivojlanish xususiyatlari bilan XIX asr oxiri va XX asrning birinchi yarmidagi jahon xo'jaligi «kapitalning kuchiga» nisbatan ko'p jihatdan oddiy kuchga, ya’ni, iqtisodiyotga yot bo'lgan majburiyatlarga asoslangan bo'lib, bu davrdagi jahon xo'jaligida jiddiy qarama-qarshiliklar mavjud edi. Bularni biz kapitalistik mamlakatlar o'rtasidagi qarama-qarshiliklarda (jumladan, ikki Jahon urushi), shuningdek, sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o'rtasidagi qarama-qarshiliklarda ko'rishimiz mumkin. XX asrning birinchi choragida jahon xo'jaligi ikki qismga: jahon kapitalistik xo'jalik tizimiga va jahon sotsialistik xo'jalik tizimiga bo'lingan edi. Jahon iqtisodiy aloqalari tizimida esa jahon kapitalistik xo'jaligi tizimi ustunlik qilgan. 90-yillar boshida xalqaro savdo tovar aylanmasining 9/10 qismi jahon kapitalistik xo'jaligi doirasida ro'y bergan. 80-yillar oxirida xalqaro iqtisodiy ayirboshlash kanallari orqali kapitalistik dunyoning umumiy yalpi mahsulotining bor-yo‘g'i 1/5 qismi sotilgan, xolos. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda jahon milliy daromadining 1/3 qismi, shu jumladan, O'lYoK davlatlarida esa 1 /4 qismi ishlab chiqarilgan. XX asrning 60-yillardan boshlab jahon xo'jaligi tizimiga rivojlanayotgan davlatlar qo'shildi. 70-yillarning o'rtalariga kelib, ular orasidan «yangi industrial mamlakatlar» (Y alM ), ya’ni Osiyo—Tinch okeani mintaqasida to'rtta kichik «ajdarho» deb nom oigan Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur va Lotin Amerikasida Braziliya, Argentina, Meksika davlatlari rivojlanish borasida sezilarli darajada ilgarilab ketgan edi. 90-yillar boshida MDH hududida va Sharqiy Yevropada ro‘y bergan inqilobiy o‘zgarishlardan so'ng jahon xo'jaligi yaxlit, butun bir organizm ko'rinishini oldi. Shakllanib kelayotgan global jahon (xo'jaligi tizimida bir tekis bo'lmagan holda rivojlangan, sanoati rivojlangan davlatlar, rivojlanayotgan davlatlar va o'tish davri (shaklidagi iqtisodiy tizimli davlatlarning milliy iqtisodiyotlarini o'z ichiga oigan bir qator davlatlar paydo bo'ldi. Jahon xo'jaligida Iko'plab qarama-qarshiliklar va turlicha rivojlangan an’analarni (saqlab qolgan holda XXI asr bo'sag'asidagi jahon xo'jaligi XX asr p'rtasidagi jahon xo'jaligi bilan solishtirib bo'lmaydigan darajada ko'proq integratsiyalashib o'zgarib ketdi. Xo'sh, zamonaviy jahon xo'jaligining mohiyati, uning o'ziga xos tomonlari, ko'rsatkichlari va rivojlanish omillari nimalardan iborat? XXI asr bo‘sag‘asidagi jahon xo'jaligi — o'z miqyosiga ko'ra globaldir, u to'liq ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillari, xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv qonuniyatlariga, ishlab chiqarishning baynalmilallashuviga asoslanadi. Ikkinchi Jahon urushidan keyingi o'n yilliklarda jahon xo'jaligi rivojining yetakchi an’analaridan biri, bu ko'plab davlatlarning birin-ketin yopiq milliy xo'jalikdan tashqi bozorga yuz tutgan iqtisodiy ochiq tipdagi xo'jalikga o'tishi hisoblanadi. Urushdan keyingi iqtisodiy tiklanish davrida (50—60-yillar) va keyingi 70—90-yillarda G'arbiy Yevropa davlatlarining hukumat rahbarlari yanada faollik ko'rsatib, oldingi avtokratik qoldiqlardan qutilishgan edi. Ayni shu davrda jahon xo'jaligida AQSH o'zining «ochiq savdo», «ochiq iqtisodiyot» qarashlari konsepsiyasi bilan chiqqan edi. Bu, awalo, jahon bozorida AQSH o'z xohishlarini o'tkazish maqsadini qo'ygan bo'lsa, ikkinchidan, jahon urushidan g'olib bo'lib, yanada boyib chiqqan jahonning eng ilg'or savdo mamlakati sifatida yangi iqtisodiy tartib va qo'llanmalarni taklif etgan edi. Bunday «erkin savdo» va «ochiq iqtisodiyot»dan iborat qarashlar konsepsiyasi esa hukmron iqtisodiyotning kamroq rivojlangan davlatlarga qarshi qurolli, AQSH korporatsiyalarining mislsiz ekspansiyaga bo'lgan intilishlarini bildirar edi. Bunday «ochiq iqtisodiyot» haqidagi qarashlar konsepsiyasi to'g'risida fransiyalik iqtisodchi olim Mishel Pebro ochiq-oydin shunday degan: «Ochiq, erkin savdo — ilg'or iqtisodiyot uchun eng qulay o'yin qoidalaridir». Ammo urushdan keyingi yillarda jahonda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy holatning o'zgara borishi bilan bog'liq holda ochiq iqtisodiyot haqidagi qarashlar konsepsiyasi bir tomonlamali, ya’ni Amerika ekspansionizmining 9 manfaatlariga yo'naltirilganlikni yo'qota borib, obyektiv, chuqur omillar faoliyatiga asoslangan, jahon xo'jalik aloqalarining baynalmilallashuvi ma’nosini oldi. Xo‘sh, jahon iqtisodiyotini baynalmilallashuvi miqyosi va xarakteriga, uning ochiqligi darajasi oshishiga katta ta’sir ko'rsatgan va ko'rsatib kelayotgan asosiy omillar nimalardan iborat? Ma’lumki, ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda davlat katta rol o ‘ynaydi. Davlat tovar va xizmatlar olib chiqishni rag'batlantirib, xorijiy firmalar bilan kooperatsiyalarga, tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga yordamlashib, eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarishlarni rag'batlantirish funksiyasini oladi. Chet eldan investitsiyalar, texnologiyalar, ishchi kuchi va axborot vositalari oqib kelishini yengillashtirib, mustahkam huquqiy asos yaratadi. Jahon mamlakatlarining ochiq iqtisodiyotga o'tish jarayonlari transmilliy korporatsiyalar (TMK) faoliyati bilan yanada tezlashdi. Yangi bozorlami o'zlashtirishga intilib, turli mamlakatlarda ko'plab kichik shoxobchalar, sho'ba korxonalari tashkil etib, TMK xorijiy davlatlarning proteksionistik to'siqlami aylanib o'tdilar va xalqaro iqtisodiy ayirboshlashni baynalmilallashtirdilar. XX asrning ikkinchi yarmida transport, axborot-aloqa vositalarining sezilarli rivojlanishi ham milliy iqtisodiyotning «ochiqlik» darajasini rivojlanishida va shuningdek aholini harakatchanlik holatini oshishida ham muhim rol o'ynadi. Asta-sekin, o'zoq yillar mobaynida davlatlarni bir-biridan ajratib turgan savdo-iqtisodiy, moliyaviy-valuta to'siqlar olib tashlandi. Xalqaro ayirboshlashning erkinlashtirilishi esa milliy xo'jaliklarning tashqi iqtisodiy sharoit va ta’sirlarga moslashishini yengillashtirdi, ularning xalqaro mehnat taqsimotda yanada faollik ko'rsatishiga imkon yaratdi. 60-yillardan boshlab jahon iqtisodiyotida «ochiqlik» jarayonlari bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarga tarqala boshladi. 80-yillar boshida Xitoy ham «ochiqlik» siyosatiga tarafdor ekanligini e’lon qildi. Shunday qilib, «ochiqlik» atamasi dunyoning ko'plab mamlakatlarining izohli lug'atiga kirib bordi. Masalan, arabcha «infitax», xitoycha «kayfan» va h.k.lar. Xullas, jahon iqtisodiyoti tushunchasiga quyidagilami kiritish mumkin: • insonlarning ishlab chiqarish faoliyati yig'indisi; • milliy iqtisodiyotlar yig'indisi; • xalqaro iqtisodiy munosabatlar yig'indisi; • transmilliy kompaniyalar va transmilliy banklar faoliyati; • mamlakatlar guruhi integratsiyasi; • insoniyatning iqtisodiy faoliyati natijalari va boshqalar. 10 Shunday qilib, jahon iqtisodiyoti XIX asrning oxiri va XX asr boshlariga kelib, vujudga kelgan va hozirgi kunda ham taraqqiy etib borayotgan iqtisodiy tizim bo'lib, uning asosini tovarlar va xizmatlar ko'rsatish, intellektual mulk mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni xalqaro savdo jarayonida taqsimlovchi, ayirboshlovchi hamda iste’mol qiluvchi milliy iqtisodiyotlar tashkil etadi.



Download 34.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling