5-ma`ruza: Biologik usul, rivojlanishi, biocenozda organizmlarni o`zaro munosabati Reja: 1
Zararkunandaga qarshi bakterial preparatlar
Download 51.41 Kb.
|
O`simhim5-ma`ruzaMeva3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Entobakterin
- Dendrobatsillin.
- Lepidotsid P
- Lepidotsid, SK
Zararkunandaga qarshi bakterial preparatlar. Hozirgi vaqtda sanoat asosida 30 ga yaqin bakterial preparatlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan, bunda batsillyus tyuringienzis guruhiga mansub kristall hosil qiluvchi, sporali bakteriyalarning turli xil variatsiyalari asos qilib olingan. Ularning boshlang’ich sof qismi mazkur bakteriyalarning spora-kristall kompleksidan, ba`zi holda issiqlikka chidamli, suvda eruvchan ekzotoksin (bitoksibatsillin)dan iboratdir.Sporali va entomopatogen bakteriyalarning ekzo- va endotoksinlardan iborat kristalli qo’shilmalari bakterial preparatlarning asosiy ta`sir etuvchi moddasi hisoblanadi. Tarkibida sporalar va bakteriya kristallaridan tashqari toksin ham bo’ladigan preparatlar tangachaqanotlilarning qurtlarigagina emas, balki ba`zi turlardagi qo’ng’iz lichinkalari, o’simlik bitlari va o’rgimchakkanalarga ham ta`sir qiladi. Preparatlar quruq yoki ho’llanadigan kukun holida chiqariladi. Ular 1g preparatdagi miqdori(har 1grammda milliard spora bilan ifodalanadigan titr) jihatidan hamda biologik insektitsid aktivligi (har 1 grammda aktiv birlik - EA g bilan ifodalanishi) bilan ham farqlanadi. Preparat ta`siri u bilan ishlangan ozuqani hasharot egandan keyin kuzatiladi, bunda barg shapalog’ining har ikki yuzasiga preparat suspenziyasi yaxshilab purkalishi kerak. Preparatlar asosan zararkunandaning kichik yoshdagi qurtlariga qarshi kurashda tavsiya etiladi. Hasharotlar o’la boshlashi uchinchi-beshinchi sutkada kuzatilsa, sakkizinchi-o’ninchi sutkada eng yuqori samaraga erishish mumkin. Biopreparatlar zararkunandaning keyingi avlodiga ham salbiy ta`sir ko’rsatadi – hasharotlarning pushtdorligi pasayadi. Preparat bilan zararlanib, o’lmay qolgan zotlar morfologik jihatdan nuqsonli bo’ladi yoki qo’yilgan tuxumlardan qurtlar chiqmaydi. Yuqoridagilarga asoslanib, batsillyus tyuringienzis (Bt) asosida tayyorlanadigan preparatlar tarkibiga qarab uch guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga eng ko’p bakterial preparatlar kiritilib, ularning dastlabki ta`sir qiluvchi moddalari spora va endotoksin kristalllaridan iborat; ikkinchi guruh preparatlarining spora va kristallardan tashqari termostabil β-ekzotoksini bor; uchinchi guruh preparatlar tarkibiga Bt bakteriyalari ishlab chiqaradigan va tozalangan toksinlar kiritiladi. Entobakterin quruq kukun bo’lib, 1 g da 30 mlrd. hayotchan batsillyus tyuringienzis, V serotipining sporalari bo’ladi. Bu bakteriya – Bacillus thuringiensis subsp. galleriae – XX asrning 50-yillarida katta asalari parvonasi epizootiyasi davrida kasallangan hasharotdan ajratilgan va sobiq SSSRda shu bakteriya asosida ilk bor bakterial preparat yaratilgan. Barg kemiruvchi zararkunandalardan karam oq kapalagi, karam kuyasi va parvonalar qurtlariga qarshi, butguldosh sabzavot ekinlarida; o’tloq kapalagi qurtlariga qarshi lavlagi va bedada; mevali daraxtlarda barg kemiruvchi qurtlarga; uzum bargo’rovchisi qurtlariga va boshqa kapalaklar qurtlariga qarshi gektariga 1-7 kg gacha qo’llash tavsiya etilgan. Hozirgi davrda entobekterin suyuq va pastasimon shakllarda ishlab chiqariladi. Dendrobatsillin. Paxtachilikda dendrobatsillin, 30 mlrd. spora/g preparati keng qo’llanilgan. Keyinchalik preparatning tarkibida 60 va 100 mlrd. spora/g bo’lgan formalari ham ishlab chiqarilgan. Bu preparat sporali kristall hosil qiluvchi bakteriya – Bacillus thuringiensis subsp. dendrolimus (sotto) ning IV serotipi asosida ishlab chiqariladi. U kulrang kukun bo’lib, asosan sporalar va inert to’ldirgichlardan tashkil topgan. Dendrobatsillinning preparat formalari, zararkunanda turlari va ekinlarga qarab, gektariga 0,8 dan 4 kg ga qadar qo’llanilib, er mexanizmlari yoki aviatsiya yordamida, gektariga 100-200 l suspenziya holida purkaladi. Dendrobatsillin qishloq xo’jalik ekinlar zararkunandalar hisoblangan tangachaqanotlilardan karam kuyasi, karam oqkapalagi, boshqa zararkunandalarga qarshi ham qo’llaniladiLepidotsid P (BA-3000 EA/mg). Preparat Bt subsp. kurstaki spora va kristallari asosida yaratilgan. XX asrning 80-yillari laboratoriya sharoitida un parvonasi epizootiyasi davrida E.R.Zurabova kasallangan qurtlardan Bacillus thuringiensis subsp. kurstaki ning Z-52 shtammini ajratgan. Preparat dastlabki shaklining kontsentratsiyasi 100 mlrd. spora/g titridan iborat bo’lgan. Bu bakteriyaning boshqa kenja turlaridan farqi – subsp. kurstaki 1 spora hisobidan 2-5 kristall endotoksin hosil qilishdir. Bu preparat g’o’za va boshqa ekinlar hamda mevali va manzarali daraxtlar barg kemiruvchi kapalaklar qurtlariga qarshi qo’llash uchun tavsiya etilgan. Lepidotsid g’o’zada ko’sak qurtiga qarshi gektariga 1 kg normada, 200 l suyuqlik sarflangan holda, 1980-1985 yillari sinab ko’rilgan. Bunda uning biologik samaradorligi 85-90% ga etgan. Uning stabillangan, titri 70 mlrd spor/g bo’lgan yangi kukun formasi 1990 yili M.V. Shternshis va E.R.Zurabova hamkorligida yaratilgan. Yangi preparat formasining farqi –tarkibidagi kaolin suvda eruvchi ingredient bilan to’liq almashtirilganidir. U kontsentrlangan lepidotsiddan uzoq muddat saqlanishi bilan ham farqlanadi. Lepidotsid, SK (BA-300EA/mg). Lepidotsidning Berd biopreparatlar zavodida ishlab chiqilgan yangi, suyuq preparativ shakli – suspenzion kontsentrat – 1999 yili RF davlat katalogiga kiritilgan. Bu preparat shaklining afzalligi – zamonaviy texnik vositalar UQXP (UMO, aerozol generator) yordamida suspenziya holida qo’llanilishidir. Preparat karam, olma, tok va boshqa o’simliklar tangachaqanotli zararkunanda hasharotlariga qarshi kurash uchun mo’ljallangan.
Download 51.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling