Reja: kristall jismlar amorf jismlar
Download 1.89 Mb.
|
umidjon1.21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grekcha anizos—bir xil emas,tropos—yonalish degan manolarni bildiradi
Fargona politexnika instituti. Qurulish fakulteti 1.21guruh talabasi To’lanboyev Umidjonning fizika fanidan T A Q D I M O T I REJA:1.KRISTALL JISMLAR2.AMORF JISMLAR3.BERUNIY—MINERALSHUNOS OLIMR E J A: 1.KRISTALL JISMLAR 2.AMORF JISMLAR 3.Metal oksidlar Atom yoki molekulalari fazoda aniq tartibli vaziyatlarni egallagan qattiq jismga kristall jismlar deyiladi."Kristall" so'zi yunonchadan olingan bo'lib,"muz" degan ma'noni bildiradi.Kristall jismning atomlari turgan joylar tutashtirilsa,kristall panjaralar hosil bo'ladi.Atomlar joylashgan nuqtalar kristall panjaraning tugunlari deyiladi Kristall formasi nima uchun bunchalik chiroyli va muntazam?Uning yoqlari huddi mohir zargar ishlagandek yarqiraydi va tekis ko'rinadi.Kristallning ayrim qismlari chiroyli simmetrik figurani hosil qilib bir-biriga o'xshaydi. Ushbu savolga bittagina javob berish mumkin.Tashqi chiroy ichki tuzulishning muntazamligi natijasi bo'lishi kerak.Bu muntazamlik uning asosiy qismlarining juda ko'p marta qaytarilishidan iborat. Jismning fizik xossalari uning tomonlari bo'yicha yo'nalishlariga bog'liqligi anizotropiya deb ataladi.Kristall jismlar anizotrop xossaga ega.Jismning fizik xossalari uning tomonlari bo'yicha yo'nalishlariga bog'liqligi anizotropiya deb ataladi.Kristall jismlar anizotrop xossaga ega.Grekcha anizos—bir xil emas,tropos—yo'nalish degan ma'nolarni bildiradiKristallarning fizik xossalari unda tanlab olingan yo'nalishlarga bog'liq bo'ladi.Masalan,grafit kristalini ma'lum bir yo'nalishda osongina qatlamlarga ajratish mumkinBir-biriga nisbatan tartibsiz joylashgan ko'p kristallardan tuzilgan jism polikristall deb ataladi. Unga qotib qolgan tuz parchasi va chaqmoq qand misol bo'la oladi.Ular sanoat,qurilish,energetika,aloqa va boshqa sohalarda ishlatiladi.Ular mayda kristallchalardan tashkil topgan. Agar jism yaxlit kristalldan iborat bo'lsa,bunday jism monokristall deb ataladi.Masalan,alohida mayda osh tuzi,shakar zarrachalari kiradi.U ayrim maqsadlarda,misol uchun,elektrotexnika sohalarida keng qo'llaniladi Buning uchun maxsus yo'llar yordamida monokristall o'stiriladi.Suvda eritilgan shakarni o'stirish orqali tayyorlangan novvot ham monokristalldir — Kristallardan farqli ravishda amorf jismlarda atomlar qat'iy tartibda joylashgan emas; — Shisha,smola,plastmassalar amorf jismlarga misol bo'lishi mumkin; — Jismning fizik xossalari uning tomonlari bo'yicha yo'nalishlariga bog'liq bo'lmasligi izotropiya deb ataladi; — Amorf jismlar izotop xossaga ega Qattiq jismlarni,xususan,qimmatbaho toshlarning,turli metallarning xossalarini bilish qadimdan odamlarni qiziqtirib kelgan.X-XI asrlarda yashab ijod egan buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy qimmatbaho toshlarning,turli metallarning xossalarini o'rganishda ham buyuk ishlar qilgan. Beruniy bu sohada "Mineralogiya"asarini yozdi.Toshlarning rangini,yaltiroqligini tasvirlab berdi,qattiqligini,magnit va elektr xususiyatlarini kuzatdi. Mustahkamlash uchun savollar 1.Kristall va Amorf jismlarga misol keltiring. 2.Kristall jismlar qanday xossaga ega? Amorf jismlarchi? 3.Kristallardan qanday sohalarda foydalaniladi? 4.Beruniy mineralogiya sohasiga qanday hissa qo'shdi? Qo'shimcha ma'lumotlar Fizik terminlarning inglizcha varianti Qattiq jismlar — solids Amorf jismlar — amorphes Kristallar — crystals Xususiyat — feature Anizatropiya—anisotropy Izotropiya — isotropy Monokristallar—single-crystals or monocrysalline Polikristallar — policrystals Mineralshunoslik — mineralogy Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling