1. Davlat funksiyalari bilan uning maqsad va vazifalari oʼrtasida qanday aloqadorlik mavjud? Fikringizni misollar bilan bayon eting


Dispozitsiya tushunchasi, turlari va oʼziga xos xususiyatlarini yoritib bering. Turlari boʼyicha qonunchilikdan misollar keltiring


Download 20.98 Kb.
bet2/4
Sana04.01.2023
Hajmi20.98 Kb.
#1078572
1   2   3   4
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasi savollarga javoblar

5.Dispozitsiya tushunchasi, turlari va oʼziga xos xususiyatlarini yoritib bering. Turlari boʼyicha qonunchilikdan misollar keltiring.
Dispozitsiya – huquq normasining navbatdagi tarkibiy yelementi boʼlib, unda huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilanadi va ularning boʼlishi mumkin boʼlgan xatti-harakatlari variantlari koʼrsatiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida belgilangan tartibni buzib chet yelga chiqish yoki Oʼzbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan noqonuniy oʼtganlik uchun javobgarlik belgilangan. Bu huquq normasining dispozitsiyasi – hukumatning ruxsatisiz yoki qalbaki hujjatlardan foydalanib yoki buning uchun belgilangan chegara punkti orqali oʼtmay, davlat chegarasidan noqonuniy oʼtishning taqiqlanganligidir. oddiy, tavsif yetuvchi, blanket va havola yetuvchi dispozitsiyalarga boʼlinadi. Oddiy dispozitsiyada xatti-harakat tavsiflab berilmaydi, balki barchaga maʼlum tushuncha, ibora,(masalan, Jinoyat kodeksining 97-moddasi «qasddan odam oʼldirish») yordamida taʼriflanadi. Bu kabi dispozitsiyalarda izoh va sharh talab yetilmaydi, ammo ular qonunchiligimizda juda kam uchraydi. Tavsif yetuvchi dispozitsiya – huquqbuzarlik belgilarining toʼliq bayoninioʼz ichiga oladi (masalan, JKning 169-moddasi: oʼgʼrilik – oʼzgalar mulkini yashirin ravishda yegallab olish (qonunda, garchand bu mantiqan oʼrinli boʼlmasa-da,
talon-toroj qilish, deb yozilgan). Bunda norma dispozitsiyasi hammaga tushunarli boʼlishi uchun maʼlum bir maʼnoda, qisqa shaklda bayon yetiladi.Blanket dispozitsiya huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash uchun shu qonunda yoki qonunchilikning boshqa sohalari normalarida belgilangan tegishli qoidalarga havola qiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida yongʼin xavfsizligi, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu qoidalarning mazmuni Jinoyat kodeksida yemas, balki JKning moddalarini qoʼllashda murojaat qilish zarur boʼlgan boshqa normativ hujjatlarda ochib beriladi. «Blanket» soʼzi «blank» iborasi asosida vujudga kelgan boʼlib, asl maʼnosi blank tarzidagi norma mazmunini boshqa huquqiy qoida vositasida toʼldirish lozimligini anglatadi. Yuqorida keltirilganidek, «texnika xavfsizligi qoidalarini buzganlik»ka doir javobgarlikni belgilash uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida tasdiqlangan «Texnika xavfsizligi qoidalari» degan hujjatni olib, uning qaysi qoidasi kodeks normasiga qay darajada muvofiq kelishini aniqlab, yaʼni shu qoida mazmuni bilan Jinoyat kodeksining blanket normasi toʼldirilishi kerak boʼladi. Undan soʼng aybning hajmi va jazoning miqdori hal yetilishi mumkin. Havola yetuvchi dispozitsiya deganda, huquqbuzarlik belgilariga yega boʼlmagan, balki oʼsha qonunning boshqa normasiga (masalan, JKning 110-m.«Qiynash») yoki boshqa huquqiy hujjatga murojaat yetishni nazarda tutuvchi dispozitsiya havola yetuvchi dispozitsiya sifatida tushuniladi.

Download 20.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling