1. Davlat funksiyalari bilan uning maqsad va vazifalari oʼrtasida qanday aloqadorlik mavjud? Fikringizni misollar bilan bayon eting


Ijtimoiy normalar va huquq oʼrtasidagi oʼzaro farqli va oʼxshash jihatlarni tahlil eting


Download 20.98 Kb.
bet3/4
Sana04.01.2023
Hajmi20.98 Kb.
#1078572
1   2   3   4
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasi savollarga javoblar

6.Ijtimoiy normalar va huquq oʼrtasidagi oʼzaro farqli va oʼxshash jihatlarni tahlil eting.
Ijtimoiy normalar tizimi – bu jamiyatda kishilar xulq-atvorini, muayyan guruh va jamoalar oʼrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy normalar oʼzaro umumiy jihatlar bilan birgalikda oʼziga xos xususiyatlarga ham ega. Buni huquq va axloq normalarining oʼzaro nisbatida ham koʼrib chiqish mumkin Huquq va axloqning umumiyligi quyidagilarda namoyon boʼladi:
-ular birgalikda normativ tartibga solish tizimini tashkil etuvchi ijtimoiy normalardan iboratdir;
- falsafiy nuqtai nazardan huquq va axloq – ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa omillar bilan bir xil darajada bogʼliq boʼlgan ustqurma kategoriyalardir;
-huquq va axloq mavjud ijtimoiy munosabatlardan iborat birdan-bir boshqarish obʼektiga ega hamda ularning har ikkalasi ham shaxslar va ularning jamoalariga yoʼnaltirilgan;
-huquq va axloq normativ hodisalar sifatida shaxslarning zarur va mumkin boʼlgan xatti-harakatlari chegaralarini belgilaydi 82 hamda shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni uygʼunlashtirish vositasi sifatida maydonga chiqadi;
- inson faoliyatini tartibga soluvchi omil sifatida ular shaxs irodasining erkinligi va xatti-harakatlarini tanlash imkoniyatlariga asoslanadi;
- huquq va axloq oxir-oqibatda bir xil vazifa, yaʼni ijtimoiy hayotni tartibga solish va takomillashtirish, unga tashkiliy asoslarni kiritish, adolat va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish vazifalarini koʼzda tutadi. Huquq va axloq normalari bir-biridan quyidagi jihatlar boʼyicha farqlanadi:
1. Huquq va axloq bir-biridan, eng avvalo, oʼrnatilishi, shakllanish usullari va manbalari boʼyicha farq qiladi.
2. Huquq va axloq normalari taʼminlash usullari boʼyicha bir-biridan farq qiladi.
3. Huquq va axloq normalari ifoda etish shakliga koʼra farq qiladi.
4. Аxloq va huquq normalari kishilar ongiga taʼsir etish xususiyati va usullariga koʼra bir-biridan farq qiladi.
5. Huquq va axloq normalari ularni buzganlik uchun javobgarlik mohiyati va tartibi boʼyicha bir-biridan farq qiladi.
6. Huquq va axloq normalari amal qilish sohalari boʼyicha farq qiladi.
7. Ijtimoiy munosabatlar tushunchasi va ularni normativ tartibga solishning obʼektiv zaruriyatini tushuntiring.
Har qanday jamiyatda uning aʼzolari munosabatlarini tartibga solish jamiyat mavjudligining zaruriy shartidir. Ijtimoiy hayotda tartibga solish – odamlar va ular jamoalari xatti-harakatlarini belgilash, ushbu xatti-harakatlarning doimiyligi va rivoji uchun zarur yoʼnalishlar berish, uni aniq maqsadni koʼzlagan holda muayyan bir qolipga tushirish demakdir. Ijtimoiy tartibga solish ikki xil – normativ va individual koʼrinishga ega. Normativ tartibga solish umumiy xususiyatga ega boʼlib, bunda norma (qoida)lar jamiyatning barcha aʼzolariga yoxud uning muayyan qismiga tegishli boʼladi. Shu oʼrinda normativ tartibga solishning yuzaga kelishi – ijtimoiy tartibga solishning eng muhim burilish nuqtalaridan biri boʼlib, uning taraqqiyotida yirik sifat oʼzgarishlarini, tub burilishlarini boshlab berganligini alohida taʼkidlash joiz. Individual tartibga solish esa aniq subʼektga taalluqli hisoblanadi, yaʼni tegishli tarzda harakat qilish uchun berilgan individual koʼrsatmalardan iborat boʼladi. Bunda normativ tavsifga ega boʼlgan normalar aniq vaziyatlarda ikki yoki undan ortiq shaxslar
yohud ularning uyushmalari oʼrtasida yuzaga keladigan muayyan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan boʼladi. Tartibga solishning har ikki turi bir-biri bilan chambarchas bogʼliq boʼlib, ular oʼzaro bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birining mavjudligini taqozo etadi.

Download 20.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling