1. Davlat talablarining maqsadi vazifasi va asosiy tamoyillari


Download 37.7 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi37.7 Kb.
#1636344
  1   2   3
Bog'liq
pedagogika mustaqil ish


Reja :

1. Davlat talablarining maqsadi vazifasi va asosiy tamoyillari.



2. Davlat talablarining tarkibi.



Bolalarni o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, ochizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.
Yuqorida izohi keltirib o‘tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o‘rinda 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o‘tishni joiz deb bildik. Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi,
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish)
5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy me’zonlar sanaladi.
O‘quv yili yakuniga yetgandan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.


Mazkur O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari, O'zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida “gi Qonuni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida “gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi to’g’risidagi Nizomni hamda Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida “gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish. Maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha davlat talablarini belgilaydi.

1.Davlat talabalari O'zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalariga qo’llaniladi:


-davlat maktabgacha ta'lim muassasalari ;
-nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari ;
-maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo'lgan “Mehribonlik” uylari.

2. Maktabgacha ta'lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta'lim turlari bo’yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan muassasalar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar mazkur Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.


II. Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Maktabgacha ta'lim - maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruxiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy me’yorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallashini ko’zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon.
Rivojlanish--inson tanasi tuzilishi inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida ro’y beradigan o’zgarishlar ;
Rivojlanish sohasi - bola rivojlanishidagi aniq bir yo’nalishlar ;
Kichik soha - sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning kichik sohasi rivojlanishning ma’lum bir tomonlarini o’z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo’nalishini ko’rsatib beradi.
Bola kompetensiyasi - ma’lum bir yosh davriga hos bo’lgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo’lgan bolaning bilimi, ko’nikmasi va malakalari hamda qadriyatlari.
Integratsiya bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o’rtasidagi bog’liqlik.
Inklyuziv ta’lim - bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya olinishini teng ta’minlovchi jarayon.
Davlat talablarining vazifalari quyidagilar :
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiya mazmuni va sifatiga qo’yiladigan talablarini belgilash,
Milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim - tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish,
Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish,
Kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.
Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi :
Bolaning noyobligi ;
“Men” kontseptsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;
Bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi. Bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli. Bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo'lib, individual variantivlik asosida yondashish.


III. Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini ko’zda tutadi va bola rivojlanishiga ko’maklashadi. Davlat talablari tug’ilgandan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo’lingan. Har bir rivojlanish sohasi o’z o’rnida kichik sohalarga bo’lingan bo’lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan iborat.
Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo’yicha belgilanadi :

Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi ;


Ijtimoiy-xissiy rivojlanish;
Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari ;
Bilish jarayonini rivojlanishi;
Ijodiy rivojlanish.
Mazkur Davlat talablari Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi. Sog’liqni saqlash vazirligi. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va “Oila” Respublika ilmiy-amaliy markazi bilan kelishilgan.

MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYANING DAVLAT STANDARTINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali ta’lim-tarbiya berish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

davlat standartining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari;

maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv rejasi;

davlat standartini joriy etish hamda unga rioya etilishini nazorat qilish;,

davlat standartining tarkibiy qismlari, jumladan:

ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari;

maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash me’yorlari.

2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish bo‘yicha komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qaroriga


Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning


Download 37.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling