1. Davlat va huquq nazariyasi fanining metodi tushunchasi va uning o’ziga xos xususiyatlari
Download 56.01 Kb.
|
Sekulyarizatsiya nazaryasi davlat va din munosabatlari va postsekulyar konsepsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analiz (taxlil qilish)
- Sintеz analiz
- Analogiya
Dialеktik usul bo’lib, u davlat va huquq rivojlanadi, o’zgaradi, birinchi shaklidan ikkinchi shaklga o’tadi, dеb qaraydi. Davlat va huquqni o’organish, bilish, tadqiq qilishning, dialеktik usuli- bu ilmiy bilishlar dunyosiga kirishning, davlat va huquqning bilishning asosiy kalitidir.
Analiz (taxlil qilish) da o’organiladigan narsa va xodisa fikr mayda bo’laklarga, ya'ni elеmеntlarga bo’linadi va ular o’rtasidagi boglanishlar o’zaro munosabat ta'sir o’rganiladi. M: turli mamlakatlarda yoki bir gurux mamlakatlarda Sharq yoki antik dunyoda davlat va huquqning kеlib chiqishi va rivojlanishi xilma-xil xususiyat va sifatlarga ega va ularning tarixini aloxida kurib chhilib analiz qilinadi. Lеkin bu usulning o’zi bilan davlat va huquq tarixini xususiyatlarini To’la bilish mumkin emas. Shuning uchun sintеz usuli Bilan tuldiriladi. Sintеz analiz natijalariga suyanib, davlat va huquqning butun sifatini bir gurux mamlakatlardagi umumiy xususiyatlarini va aloxida mamlakatlardagio’ziga xos xususiyatini o’rganadi. Sintеz analiz natijasida fikran bo’lingan elеmеntlarni kaytadan tiklash, ularni birlashtirish ilgarigi yaxlitlikka fikran vujudga kеltirish usulidir. Analogiya (moslik, alkanlik, uxshashlik) usulida davlat va huquq rivojlanishining turli mamlakatlardagi biror xususiyatlarining uxshashligini o’rganamiz. Tarixiylik usuli davlat va huquqning kеlib chiqishi va rivojlanib borishi aniq vaqtini, davrini bilish usulidir. Tarixiylik usulining o’ziga xos xususiyati tarixiy harakatni o’zining butun boyligi Bilan paykab olishga intilishidir.O‘zbekiston demokratik jamiyat qurishda jahon xalqlari tajribasi sinovidan o‘tgan ana shu tamoyillarga asoslandi. Shuningdeq O‘zbekiston demokratiq fuqarolik jamiyat qurilishida xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma'naviy taraqqiyoti tajribasiga, milliy davlatchiligimiz negizlariga, ma'naviy merosimiz ildizlariga, milliy hususiyatlarimiz va boy an'ana-larimizga tayanish yo‘lini tutdi.O‘zbekistonda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilmasdan, demokratik o‘zgarishlarni odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasiga mos bo‘lgan darajada va sur'atlarda amalga oshirish tomon yo‘l tutildi. Prezident Islom Karimov adolatli jamiyat barpo etish uchun, avvalo, odamlar o‘z qobiliyat va ehtiyojlarini to‘la namoyon etish va amalga oshirishlari uchun zarur dastlabki imkoniyatlar yaratish lozim, deb ta'kidlaydi. Mamlakatimizda bunday imkoniyatlarni vujudga keltirish, uning huquqiy mexanizmini yaratishga katta e'tibor berilmoqda. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina har bir insonning taqdiri, turmushi uning o‘ziga — jamiyatdagi o‘rni, mehnat qilish istagi, oqilu uddaburonligiga bog‘liq bo‘ladi.O‘zbekiston demokratik islohotlarni amalga oshirar ekan fuqarolik jamiyati kurishga intilmokda. Buning manosi shuki, boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita xalqda topshiriladi, o‘zini-o‘zi boshkarish organlari rivojlanib boradi.O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng xalqimizning milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, rivojlangan mamlakatlardagi davlatchilik an'analarining ilg‘or yutuqlaridan keng foydalanib, huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllanitirishga kirishdi. Mamlakatda boshqaruv tartiblari tubdan yangilanmoqda, boshqaruvning huquqiy asoslari yaratildi va tobora rivojlantirib, shakllantirib borilmoqda.Mamlakat fuqarolarining qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklarining kafolatlari ta'minlanmoqda. Eng muhim masalalardan yana biri – fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarishiga keng yo‘l ochib berilganligidir. Sobiq ittifoq davrida boshqaruvning bir markazda to‘planganligi va partiyaning yakka hukmronligi fuqarolaning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faoliyatini cheklar edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq fuqarolarning jamiyat va davlat hayotiga oid masalalarda keng ishtirok etishini ta'minlash chora-tadbirlarining ko‘rilganligi o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. Xalqimizda azaldan kengash va mashvarat bilan ish ko‘rilganligi odilona qaror qabul qilish imkonini va eng muhimi xalq, raiyat hukmdorlarning va viloyat noiblarining xatti-harakatlaridan doimo ogoh bo‘lish imkonini bergan. Bu o‘z navbatida mamlakatda adolat qaror topishiga zamin xozirlagan. Bugungi kunda ham jamiyat va davlat hayotiga oid masalalarning umuxalq muxokamasi (referendum)ga qo‘yilishi xalqimizning tarixiy tajribasining maxsulidir. So‘nggi yillarda respublikamizda sud-huquq tizimining isloh qilinayotganligi mustaqillik yillarida erishilgan eng katta yutuq bo‘ldi. Chunki bu soxani isloh qilmasdan turib mamlakat fuqarolarining huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini himoya qilib va ta'minlab bo‘lmaydi. Rivojlangan davlatlarda har bir fuqaroning sudga erkin shukoyat qila olishi mazkur mamlakatlarda qonunlarning amal qilishini va qonunlar bilan bevosita xalqning o‘zi tanish bo‘lib borishini ta'minlamoqda. Shu bois ham mazkur sohaning isloh qilinishi kechiktirib bo‘lmaydigan masala ekanligi ayon bo‘ldi. Isloh qilinib, tobora shakllanib borayotgan sud tizimimiz o‘zining bir qator ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. Avvallari sudni jazolovchi organ deb qaragan xalqimiz endilikda sudni jazolovchi organ emas, balki o‘z huquqlarini himoya qiladigan organ deb tushunadi. Yana bir muhim masala – bu ommaviy axborot vositalarining erkinlashtirilishi va ularning faoliyati qonun bilan kafolatlanishidir. Bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz. Ma’lumki, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o‘z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti, ta’bir joiz bo‘lsa, tamal toshi hisoblanadi. Mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida, ayniqsa oxirgi 10 yilda ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.. Yuqorida bayon qilingan fikrlarni umumlashtirib 2013-yilgach amalga oshirgan keng ko‘lamli ishlarimiz ham, joriy yildagi va undan keyingi yillardagi barcha sa’y-harakatlarimiz ham yagona ezgu maqsadga – xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishga qaratilgan.Yuqoridagilarning barchasi respublikamizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning asoslari bo‘lib xizmat qiladi. Birinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasidayoq Prezidentimiz davlat va huquq nazariyasi hamda amaliyotini yangacha tushunish zaruratini asoslabgana qolmay, balki uning mohiyatini ham ta’riflab berdi: “Biz yaqin o’tmishimizda sinfiy hukmronlikning quroli sifatida davlat haqidagi markscha g’oyani shior qilib olib, bu nazariyani dogmaga, davlat va huquqni esa sinfiy kurash, sinfiy raqiblarni engash vositasiga aylantirgan edik. Demokratiya sharoitlarida esa davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo’rlik va bostirish yo’li bilan emas balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi”14 Huquqning o’ziga esa ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib-intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi sifatida yondashiladi.Davlat va huquq nazariyasini asl holicha qayta tiklash jarayoni endigana boshlanmokda. Shu munosabat bilan, bu xildagi yondashuv sabablarini sub’yektiv emas, balki ob’yektiv xarakterga ega deb hisoblovchi A.B.Vengerov da’vosiga qo’shilmaslikning iloji yo’q. U o’z fikrini quyidagicha ifodalaydi: «Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqning kelib chiqishi, davlat va huquq mohiyatida sinfiylik va umuminsoniylikning birga qo’shilib ketishi to’g’risidagi yangi bilimlar bilan boyidi. Sotsialistik davlatlarning faoliyat yuritishi va evolyutsiyasi haqidagi yangi bilimlar paydo bo’ldi. Burjuaziya davlatlari tushunchasi ham yangacha idrok etila boshlandi. Hozirga zamon davlatchiligi taraqqiyotida insonparvarlik va demokratik qadriyatlar to’g’risida ham yangi bilimlar yuzaga keldi. Zo’ravonlik, totalitarizmga qarshi kurashda konstitutsiyaviy qonunishgakka asoslanishdek demokratik qadriyat hamda qonunlar ustuvorligi tushunarli bo’lib qoldi. XULOSA Xulosa qilib aytganda ,bu mavzuni o’rganish mobaynida davlat va huquq haqida asosiy tushunchalarni,umumiy yondashuvlarni uslublarga solish orqali o’rganishda bular haqida keng malumotlarga ega bo’ldim. Davlat va huquq nazariyasi metodlari mavzusini o’rganishimda metodlar orqali davlat va huquqa oid bo’lgan hodisalar va jarayonlarni solishtirish hamda ular o’rtasidagi o’hshashlik va farqli tomonlarini o’rgandim. Bu mvzuni o’rganib – metod orqali fanga oid bo’lgan voqea hodisalarni rivojlanish tartibi va ularni bir fanga oid qilib tizimlashtirishda metodlar katta ahamyat kasb etarkan.masalan davlat va huquqqa oid voqea hodisalarni vujudga kelishidan hozirgi davrgacha bo’lgan jarayonlarni ketma-ket joylashtirishda ham metodlar katta ahamyat kasb etadi. Bu so’zni bir ta'rifda hamma jixatlarni qamrab olishning imkoniyati yo’q. Metodologiya, ya'ni uslub huquqshunoslikning nihoyatda boy, sеrqirra shu bilan birga murakkab, sirli olamga kirishning kaliti bo’lib hizmat qiladi. Huquqiy tafakkur, siyosiy va huquqiy dunyoqarash, ong ham yuridik madaniyatni shakillantirish, jamiyatdagi davlat- huquqiy voqiyaliklar hususida muntazam tizimli bilimlar hosil qilish- bu huquqshunoslikning asosiy vazifasidir. Biz yosh avlod mustaqil va obod Vatanimizda to’la huquqli jamiyatimizda milliy istiqlol mafkurasi mohiyatidan kеlib chiqqan holda, aholini huquqiy ongini va yuksak huquqiy madaniyatini shakllantirishga, ular faoliyatida qonun ustuvorligi, qonunga hurmat va unga itoatgo’ylik ko’nikmalarini hosil qilishlarida ijobiy yordam bеrish bizni asosiy vazifamizdir. I.A.Karimov Insonparvarlik, umummadaniy qarashlari, mafkura ham huquq ta'minoti ya'ni nazariyasi asoslari sifati ekanligi haqida shunday dеganlar. «Oldimizda turgan eng muxim masala bu- milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizda tadbiq etishdir. Milliy istiqlol mafkurasi halqimizning azaliy ananalaridan, udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga asoslanib, kеlajakga ishonch, mеhr - oqibat, inson, sabir - toqat, adolat, ma'rifat tuyg’u-larini ongimizga singdirishi lozim»15 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquq layoqatining mazmuni Konstitutsiyaning “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” nomli ikkinchi bo‘limidagi qator moddalarda keng ta'riflangan va mustahkamlangan. Ularda fuqarolarning mol-mulkka ega bo‘lishi, meros olishi, meros qoldirishi, kasb va turar-joy tanlash, fan, adabiyot, san'at asarlari yaratish, tadbirkorlik faoliyati bilan va umuman qonunda taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish, shuningdek boshqa keng mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishlari mumkinligi aytilgan va asosiy qonun doirasida mustahkamlangan. O‘zbekistonda yuridik shaxslar faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning butun bir turkumi vujudga keltirilgan. Kooperatsiya, Fermer xo‘jaligi, Siyosiy partiyalar, Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida, Notariat, Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish, Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar, Nodavlat notijorat tashkilotlar, Birja va birja faoliyati to‘g‘risidagi qonunlar shular jumlasidandir. Ularning har birida turli xo‘jalik yuritish shakliga ega bo‘lgan u yoki bu yuridik shaxslarga o‘ziga xos ta'riflar, tushunchalar berilgan. Fuqarolar va yuridik shaxslar o‘zlarining huquq layoqati maz-muniga yarasha xilma-xil fuqarolik huquqlari olish imkoniyatiga egadirlar.Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov takidlaganidek,” Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va burchlarni bajarish vaqtida fuqarolar va tashkilotlar davlatimiz bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida qonunlarga va normativ huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini shakillantirish muhim ahamyat kasb etadi. Download 56.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling