1. Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamg‘armalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Download 101.55 Kb.
|
763-I 14.04.1999
[OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari; 2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va ro‘yxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatiga olish; 3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.03.00 Jamoa birlashmalari; 4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.01 Umumiy qoidalar] [TSZ: 1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamg‘armalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar] O‘zbekiston Respublikasining qonuni NODAVLAT NOTIJORAT TAShKILOTLARI TO‘G‘RISIDA I. UMUMIY QOIDALAR 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Qonunning maqsadi nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining, xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. (1-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda) 2-modda. Nodavlat notijorat tashkiloti tushunchasi Nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi. Oldingi tahrirga qarang. 3-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilik (3-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. (3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar hamda boshqa ayrim nodavlat notijorat tashkilotlarini tuzishning, ular faoliyatining, qayta tashkil etilishi va tugatilishining xususiyatlari maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati sohasining u yoki bu munosabatlari maxsus qonunlar bilan tartibga solinmagan hollarda ushbu Qonunning normalari qo‘llaniladi. LexUZ sharhi Qarang: “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) va “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari. Oldingi tahrirga qarang. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. (3-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 4-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida ijtimoiy foydali dasturlariga davlat ko‘mak ko‘rsatishi mumkin. Davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 5-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining xalqaro aloqalari Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikka muvofiq xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga kirishi, ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri xalqaro aloqalar o‘rnatishi, hamkorlik to‘g‘risida tegishli bitimlar tuzishi mumkin. (5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari] II. NODAVLAT NOTIJORAT TAShKILOTINING HUQUQIY MAQOMI, HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 6-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining huquqiy maqomi Nodavlat notijorat tashkiloti yuridik shaxs bo‘ladi. Nodavlat notijorat tashkiloti, agar uning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tashkil etiladi. 7-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining huquqlari Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi huquqlarga ega: o‘z a’zolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish; ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish; Oldingi tahrirga qarang. davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish; (7-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish; ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish; ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish; o‘z ramziy belgilarini ta’sis etish; o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig‘ilishlar, konferensiyalar o‘tkazish; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikka muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish. (7-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega. (7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 8-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining majburiyatlari Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkiloti: Oldingi tahrirga qarang. qonunchilik va ta’sis hujjatlariga rioya etishi; (8-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanishi, shu jumladan moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi axborot bilan tanishish erkinligini ta’minlashi; ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan tadbirlar o‘tkazishni kelishib olishi (siyosiy partiyalar bundan mustasno) va uning vakiliga o‘tkazilayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berishi; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 47-bandi. nodavlat notijorat tashkiloti vakillarining chet mamlakatlarga nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq tashriflari uyushtirilishi haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilishi; chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishib olishi; ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga, davlat soliq xizmati organlariga va davlat statistikasi organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etishi shart. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Qonunning 33-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. (8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishib olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. (8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son) LexUZ sharhi Qarang: “Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risida nizom” (ro‘yxat raqami 3020), Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 858-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish tartibi to‘g‘risida nizom”. [OKOZ: 1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Sho‘’ba korxonalar] 9-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonasi u turgan erdan tashqarida joylashgan alohida bo‘linma bo‘lib, nodavlat notijorat tashkilotining manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Nodavlat notijorat tashkilotining filiali u turgan erdan tashqarida joylashgan alohida bo‘linma bo‘lib, uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini amalga oshiradi. Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonalari va filiallari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari yuridik shaxslardir. (9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasi. 10-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakllari Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotlari jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond, muassasa shaklida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shaklda tashkil etilishi mumkin. (10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 73 — 78-moddalariga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘zlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishi mumkin. [OKOZ: 1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang)] 11-modda. Jamoat birlashmasi Ma’naviy yoki boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish uchun o‘z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmasi jamoat birlashmasi deb e’tirof etiladi. Jamoat birlashmasi qatnashchilari mazkur birlashmaga mulk qilib bergan mol-mulklariga, shu jumladan a’zolik badallariga bo‘lgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular a’zo sifatida qatnashayotgan jamoat birlashmasining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar, mazkur birlashma esa o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 74-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni. Oldingi tahrirga qarang. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamg‘armalar] 12-modda. Jamoat fondi Jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb e’tirof etiladi. Jamoat fondiga uning muassislari (muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan o‘tkazilgan mol-mulk fondning mulkidir. Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Jamoat fondining mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda ma’muriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi. Jamoat fondi har yili o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot e’lon qilib borishi shart. (12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 75-moddasi. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va o‘zga nodavlat notijorat tashkilotlari; 2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar] 13-modda. Muassasa Ijtimoiy, madaniy va boshqa notijorat tusdagi vazifalarni amalga oshirish uchun jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan nodavlat notijorat tashkiloti muassasa deb e’tirof etiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 76-moddasi. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va o‘zga nodavlat notijorat tashkilotlari] 14-modda. Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Oldingi tahrirga qarang. O‘z ustaviga va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda bitta yoki undan ko‘proq chet el davlati hududida faoliyat olib borishi mumkin bo‘lgan xalqaro tashkilot xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti deb hisoblanadi. (14-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va ro‘yxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatiga olish; 2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish] III. NODAVLAT NOTIJORAT TAShKILOTINI TUZISh TARTIBI 15-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkiloti uning muassislari (a’zolari) qarori asosida qonunchilikka muvofiq tuziladi. (15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 42-moddasiga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotlarining uyushmalari (ittifoqlari) kamida ikkita nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan tuzilishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbuskorlari yoki muassislari ta’sis syezdini (konferensiyasini) yoki umumiy yig‘ilishni chaqiradilar, unda ustav qabul qilinadi hamda rahbar organlari tuziladi. Nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi. 16-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlari Nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlari quyidagilardan iborat: muassislar (a’zolar) tomonidan tasdiqlangan ustav; qatnashchilar tomonidan tuzilgan ta’sis shartnomasi va ular tasdiqlagan ustav — uyushma (ittifoq) uchun. Nodavlat notijorat tashkiloti ta’sis hujjatlarining talablari nodavlat notijorat tashkilotining o‘zi uchun, uning muassislari va qatnashchilari (a’zolari) uchun majburiydir. Ta’sis shartnomasida taraflar (muassislar) nodavlat notijorat tashkilotlari uyushmasini (ittifoqini) tuzish majburiyatini oladilar, uni tuzish sohasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibini, unga o‘z mol-mulkini berish hamda uning faoliyatida ishtirok etish, nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatini boshqarish, muassislarning uning tarkibidan chiqish shartlarini belgilab beradilar. Ta’sis shartnomasiga muassislarning kelishuviga binoan boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 43-moddasi. 17-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ustavi Nodavlat notijorat tashkilotining ustavida quyidagilar nazarda tutiladi: nodavlat notijorat tashkilotining nomi, maqsad va vazifalari, uning tashkiliy-huquqiy shakli, u o‘z faoliyatini amalga oshiradigan hudud; nodavlat notijorat tashkilotining tuzilmasi va rahbar organlari, zaruratga qarab uning nazorat-taftish organlari (ijtimoiy fondlar uchun — majburiy) yoki auditorlarni (auditorlik firmalarini) jalb etishning majburiyligi; rahbar organlarning vakolat doirasi va ularni shakllantirish tartibi, ularning vakolat muddatlari, doimiy asosda ishlaydigan rahbar organ joylashgan er; a’zolik belgilangan birlashmalar uchun — a’zo bo‘lish va a’zolikdan mahrum bo‘lish shartlari va tartibi, a’zolarning huquq va majburiyatlari; pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni shakllantirish manbalari, nodavlat notijorat tashkiloti hamda uning tarkibiy bo‘linmalarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquqlari; qayta tashkil qilish va tugatish tartibi; ustavga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi. Nodavlat notijorat tashkilotining ustavida uning ramziy belgilari tavsifi bo‘lishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Ustavda nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatiga taalluqli, qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin. (17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 18-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining muassislariga, qatnashchilariga (a’zolariga) qo‘yiladigan umumiy talablar Oldingi tahrirga qarang. Agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxslar nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (a’zolari) bo‘lishi mumkin. (18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Yoshlarning nodavlat notijorat tashkilotiga o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar, bolalarning nodavlat notijorat tashkilotiga esa o‘n yoshga to‘lgan shaxslar a’zo bo‘lishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotiga a’zo bo‘lish, a’zolikdan mahrum bo‘lish shartlari va tartibi, shu jumladan yoshiga ko‘ra a’zolikdan chiqish shartlari tegishli nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavlari bilan belgilanadi. Rasmiy hujjatlarda u yoki bu nodavlat notijorat tashkilotiga a’zolik yoki uning faoliyatidagi ishtirokning ko‘rsatilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolarning nodavlat notijorat tashkilotiga mansubligi yoki mansub emasligi ularning huquqlari va erkinliklarini cheklash uchun asos bo‘la olmaydi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (a’zolari) bo‘lishi mumkin, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar bundan mustasno. LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar siyosiy partiyalarga a’zo bo‘la olmaydilar. 19-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari Nodavlat notijorat tashkiloti bayroq, emblema, vimpel va boshqa ramziy belgilarga ega bo‘lishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari davlat ramziy belgilariga o‘xshamasligi kerak. Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari ustavga muvofiq uning rahbar organi tomonidan tasdiqlanadi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qarang. 20-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini qayta tashkil etish Nodavlat notijorat tashkilotini qayta tashkil etish uning yuqori organi qaroriga binoan birlashish, qo‘shilish, bo‘linish, ajralib chiqish va o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotini qayta tashkil etish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. (20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasiga qarang. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va ro‘yxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatiga olish; 2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish] IV. NODAVLAT NOTIJORAT TAShKILOTINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh TARTIBI 21-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari, respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. (21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududlarida faoliyat olib boradigan nodavlat notijorat tashkiloti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 44-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 4-bandi. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi. (21-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 2-bandi, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-avgustdagi 418-mh-sonli “Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlari akkreditatsiya kartochkasining shaklini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3055, 15.08.2018-y.) Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatga olgan organ uning faoliyati ustavda belgilangan maqsadlarga hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiqligini nazorat qiladi. (21-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 22-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talab etiladigan hujjatlar Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatga oluvchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: mazkur nodavlat notijorat tashkilotining rahbar-organi a’zolari har birining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va joyi, yashash joyi hamda manzilini ko‘rsatgan holda ular tomonidan imzolangan ariza; Oldingi tahrirga qarang. nodavlat notijorat tashkilotining ustavi yoxud yuridik shaxs bo‘lgan vakolatxona yoki filial to‘g‘risidagi nizom davlat tilida ikki nusxada; ta’sis shartnomasi — nodavlat notijorat tashkilotlarining uyushmalari (ittifoqlari) uchun; nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yig‘ilishning bayonnomasi yoxud ta’sischining qarori (respublika va viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari uchun tegishli vakolatxonalar va filiallarni tashkil etish, rahbar organlarni hamda boshqa organlarni shakllantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi); joylashgan eri nodavlat notijorat tashkilotining pochta manzili sifatida foydalanilishi mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat; nodavlat notijorat tashkilotini tuzish tashabbuskorlari yoxud uning ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; tashabbuskor fuqarolarning ro‘yxati; bosh nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi — vakolatxonalar va filiallar uchun; dastlabki mablag‘lar shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat — jamoat fondlari uchun; vasiyatnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi — vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilayotgan jamoat fondlari uchun; davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati. (22-modda birinchi qismining uchinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan uchinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 13-bandi. Oldingi tahrirga qarang. Qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish yoki o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligining va qayta tashkil etish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinganligining tasdiqnomasi; qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalar ko‘rsatilgan topshirish dalolatnomasi (qo‘shib yuborish va o‘zgartirishda) yoki taqsimlash balansi (bo‘lish va ajratib chiqarishda); davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi, shuningdek ichki ishlar organlarining tashkilot muhri va shtampi yo‘q qilib tashlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi (qo‘shib yuborish, bo‘lish va o‘zgartirishda). (22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandi. Oldingi tahrirga qarang. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar ta’sis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yig‘ilish o‘tkazilgan kundan e’tiboran ikki oy ichida, jamoat birlashmasi uchun esa bir oy ichida taqdim etiladi. (22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotining yuridik shaxs bo‘lgan vakolatxonalari va filiallarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vakolatxona va filial tomonidan taqdim etilgan, nodavlat notijorat tashkilotining markaziy rahbar organi tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida, shuningdek nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi asosida tegishli adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. (22-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotining yuridik shaxs bo‘lmagan vakolatxonalari va filiallarini hisobga qo‘yish nodavlat notijorat tashkiloti markaziy rahbar organlari tomonidan taqdim etilgan va tasdiqlangan hujjatlar asosida, shuningdek nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi asosida tegishli adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. (22-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Oldingi tahrirga qarang. Bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun vakolatxona yoki filialning asosiy maqsadlari hamda faoliyat ko‘rsatish muddati, shuningdek xodimlarining soni chegarasi ham ko‘rsatilgan ariza ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etiladi. Arizaga asosiy tashkilotning rahbarlik qiluvchi markaziy organi tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar ikki nusxada ilova qilinadi: bosh tashkilotni tuzish maqsadlari va vazifalari ko‘rsatilgan holda ustavning hamda ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan nusxalari; bosh tashkilotning O‘zbekiston Respublikasida vakolatxona ochish yoki filial tashkil etish to‘g‘risidagi qarori (bayonnomasi), unda vakolatxona ochishga (filial tashkil etishga), uning nizomini tasdiqlashga, rahbarini (rahbarlarini) tayinlashga oid belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan ma’lumotlar bo‘lishi kerak; vakolatxona yoki filial to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan, uni ochishdan (tashkil etishdan) ko‘zlangan maqsadlar va vazifalar ham ko‘rsatilgan, o‘zbek va rus tillaridagi nizom (ustav); bosh tashkilot tomonidan vakolatxona yoki filial rahbariga berilgan belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan ishonchnoma; bosh tashkilot faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan axborot; ijaraga beruvchining tegishli binolarni vakolatxona yoki filialga berish to‘g‘risidagi rozilik xati; davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida bank to‘lov hujjati; vakolatxona yoki filialning rahbari hamda xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, kasbi, yashash joyi hamda telefon raqami ko‘rsatilgan holda; vakolatxona yoki filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida belgilangan shakldagi deklaratsiya. (22-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 18-bandi. 23-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni qabul qilib olgan adliya organi ularni bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqadi hamda nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran uch kun ichida muassislarga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma yoki qonunchilikning qaysi qoidalari buzilganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga olib kelganligi haqida aniq ko‘rsatilgan hujjat beradi. (23-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 20-bandi. 24-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ma’lumotlarini yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritish Davlat ro‘yxatidan o‘tgan nodavlat notijorat tashkilotlari yuridik shaxslarning hamma tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lgan yagona davlat reyestriga kiritiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 23-bandi. Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestrida quyidagilar ko‘rsatiladi: ta’sis etilgan sana; nomi va joylashgan eri; rahbar organlari; vakillar sifatida ish olib borishga vakolatli shaxslar; faoliyat sohasi. 25-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish asoslari Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar: nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishni, suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazishni, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitishni, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qilishni, fuqarolarning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qilishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa; hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha to‘liq taqdim etilmagan yoki ular lozim darajada rasmiylashtirilmagan bo‘lsa; hujjatlar ustav qabul qilingan paytdan boshlab ikki oylik muddat o‘tganidan keyin taqdim etilgan bo‘lsa; ilgari xuddi shu nomdagi nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa; nodavlat notijorat tashkilotini tuzishning qonunda belgilangan tartibi buzilgan bo‘lsa yoki uning ta’sis hujjatlarida qonunga nomuvofiqliklar bo‘lsa; ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan ta’sis hujjatlarida atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar keltirilganligi aniqlangan bo‘lsa; nodavlat notijorat tashkilotining nomi yoki ramziy belgilari ma’naviyatga fuqarolarning milliy va diniy tuyg‘ulariga daxl qilsa; nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlarida harbiylashtirilgan birlashmalar tuzish nazarda tutilgan bo‘lsa, rad etilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ta’sis hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga zid qoidalar mavjud bo‘lgan boshqa hollarda ham rad etilishi mumkin. (25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 24-bandi. Nodavlat notijorat tashkilotini tuzish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 25-bandi. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning rad etilishi rad etish sabablari bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran taqdim etishga to‘sqinlik qilmaydi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 27-bandi. Nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya organiga takroriy qilingan murojaatni ko‘rib chiqish va bu murojaat yuzasidan qaror chiqarish ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 26-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligi ustidan shikoyat qilish Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari buzilganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 28-bandi. 27-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 29-bandiga qarang. (27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Nodavlat notijorat tashkiloti xalqaro nodavlat notijorat tashkilotiga yoki uning filialiga aylantirilgan taqdirda uni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish majburiydir. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish] V. NODAVLAT NOTIJORAT TAShKILOTI FAOLIYATINING IQTISODIY ASOSLARI 28-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulki Binolar, inshootlar, turar joylar. uskunalar, inventar, pul mablag‘lari, shu jumladan chet el valyutasidagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulk nodavlat notijorat tashkilotining mulki bo‘lishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 169-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni. Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkiloti o‘z majburiyatlari yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq undirish qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki bilan javob beradi. (28-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 48-moddasi.. 29-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: kirish va a’zolik badallari, agar ular ustavda nazarda tutilgan bo‘lsa; muassislardan, qatnashchilardan (a’zolardan) bir marotaba va muntazam ravishda keladigan tushumlar; ixtiyoriy mulkiy badallar va ehsonlar; tadbirkorlik faoliyatidan olingan, faqat ustav maqsadlari uchun ishlatiladigan daromadlar (foyda); Oldingi tahrirga qarang. qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar. (29-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 30-modda. Nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatining turlari Nodavlat notijorat tashkiloti qonun bilan taqiqlanmagan hamda o‘zining ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarga muvofiq bo‘lgan faoliyatning har qanday turini amalga oshirishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari hamda bunday vakolatxonalarning (filiallarning) xodimlari O‘zbekiston Respublikasi hududida biron bir siyosiy faoliyatda va vakolatxona yoki filialning ustavda belgilangan maqsadlari va vazifalariga to‘g‘ri kelmaydigan boshqa faoliyatda ishtirok etishga haqli emas. Ularning siyosiy partiyalar hamda ommaviy harakatlar tomonidan o‘tkaziladigan amaliy harakatlar va tadbirlarni moliyalashtirishiga, shuningdek bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishiga hamda shunday tashkilotlar tuzishni qo‘llab-quvvatlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. (30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ayrim faoliyat turlari faqat litsenziyalar asosidagina amalga oshirilishi mumkin. Bunday faoliyat turlarining ro‘yxati qonunchilik bilan belgilanadi. (30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) [OKOZ: 1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik] 31-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining tadbirkorlik faoliyati Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikka muvofiq o‘z ustav maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. (31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar] 32-modda. Nodavlat notijorat tashkilotiga soliq solish Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikda belgilangan tartibda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar to‘laydi, shuningdek imtiyozlardan foydalanadi. (32-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 126-moddasi. VI. YAKUNLOVChI QOIDALAR [OKOZ: 1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang); 2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq to‘lovchilarning hisobi. Soliq hisoboti] 33-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining hisob va hisoboti Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkiloti o‘z faoliyatining natijalari hisobini yuritadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga, davlat soliq xizmati organlariga va davlat statistikasi organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etadi. (33-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 45-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 47-bandi, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 27-iyundagi 336-mx-sonli “Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan adliya organiga taqdim etiladigan hisobot shaklini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3027, 27.06.2018-y.). 34-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini to‘xtatib qo‘yish Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati u O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligini buzgan taqdirda sud tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan, shuningdek ustav maqsadlariga zid harakatlar sodir etilgan taqdirda prokuratura organlari yoki adliya organlari ko‘rsatilgan qoidabuzarliklar to‘g‘risida mazkur nodavlat notijorat tashkilotining rahbar organlariga taqdimnoma kiritadi hamda bu qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatini belgilaydi. Agar bu qoidabuzarliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati prokuratura va adliya organlarining taqdimnomasi asosida sudning qarori bilan olti oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasining hududida favqulodda holat joriy etilgan taqdirda nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. (34-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 35-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini to‘xtatib qo‘yish oqibatlari Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati sudning qarori bilan belgilangan muddatga to‘xtatib qo‘yilgan taqdirda uning ommaviy axborot vositalari muassisi tariqasidagi huquqlari to‘xtatib qo‘yiladi, unga ommaviy tadbirlar tashkil etish, bank omonatlaridan foydalanish taqiqlanadi, xo‘jalik faoliyati, mehnat shartnomalari, o‘z harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash va jarimalar to‘lashga doir xarajatlar bundan mustasno. Agar nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatini to‘xtatib qo‘yishning sud tomonidan belgilangan muddati mobaynida u o‘z faoliyatining to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan qoidabuzarlikni bartaraf etsa, mazkur muddat tugaganidan so‘ng nodavlat notijorat tashkiloti o‘z faoliyatini qaytadan boshlashi mumkin. Nodavlat notijorat tashkiloti ko‘rsatilgan qoidabuzarlikni bartaraf etmagan taqdirda uning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritgan organ bu tashkilotni tugatish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritishi mumkin. 36-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish uning yuqori organi qaroriga binoan yoki sud tartibida amalga oshiriladi. Nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (a’zolari) yoki nodavlat notijorat tashkilotini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi adliya organi bilan kelishgan holda tugatish komissiyasini tayinlaydi. Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. (36-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang:O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53 — 55-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. Oldingi tahrirga qarang. (36-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk tashkilot qatnashchilari (a’zolari), shuningdek rahbar organlarning a’zolari yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas hamda undan belgilangan tartibda foydalaniladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. 37-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunga muvofiq javobgar bo‘ladilar. (37-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 1999-yil 14-aprel, 763-I-son (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 115-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2012-y., 15-son, 164-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son ) Download 101.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling