1. Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi


Download 29.43 Kb.
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi29.43 Kb.
#1338084
1   2   3
Bog'liq
O‘RQ-814 18.01.2023

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 310-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 10-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 886, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 7, 449-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 217-modda, № 4, 340-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 381-modda bilan to‘ldirilsin:
381-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil a’zo kiritilishi kerak. Bunda mustaqil a’zolikka nomzodlar, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan, qoida tariqasida, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ko‘rib chiqishi uchun tanlov asosida ko‘rsatiladi.
Quyidagilar kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi bo‘lishi mumkin emas:
so‘nggi uch yil ichida jamiyatda va (yoki) uning affillangan shaxslarida ishlagan shaxs;
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiluvchi (to‘g‘ridan to‘g‘ri va (yoki) affillangan shaxslar orqali) shaxs;
jamiyatning va (yoki) uning affillangan shaxsining yirik mijozi va (yoki) yirik yetkazib beruvchisi bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda bo‘lgan shaxs. Bunda qaysi shaxslar bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravaridan ko‘p bo‘lgan summaga teng amaldagi shartnoma mavjud bo‘lsa, o‘sha shaxslar yirik mijoz va yirik yetkazib beruvchi deb e’tirof etiladi;
so‘nggi uch yil ichida jamiyatga va (yoki) jamiyatning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini ko‘rsatgan auditorlik tashkilotining xodimi;
ketma-ket olti yil davomida jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kirgan shaxs;
jamiyat va (yoki) uning affillangan shaxslari bilan biror-bir kelishuvga ega bo‘lgan shaxs, bundan kuzatuv kengashi a’zosining vazifalari va funksiyalari bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan kelishuvlar mustasno;
jamiyatning boshqaruv va ichki nazorat organlarining va (yoki) uning affillangan shaxslarining a’zosi bo‘lgan shaxsning yoki so‘nggi uch yil ichida ularga a’zo bo‘lgan shaxsning yaqin qarindoshi yoki quda tomondan qarindoshi (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, o‘g‘illari, qizlari, eri (xotini), shuningdek erining (xotinining) ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) bo‘lgan shaxs;
davlat boshqaruvi organining yoki davlat korxonasining xodimi bo‘lgan shaxs;
jamiyatning ustavida yoki jamiyat umumiy yig‘ilishining qarorlari bilan tasdiqlangan hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan shaxs.
Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi kuzatuv kengashining boshqa a’zolari bilan bir qatorda ushbu Qonunda belgilangan teng huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘ladi”;
2) 42-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Agar jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan yirik bitim yoki affillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan bo‘lsa va bunda jamiyat direktorining yoki kollegial ijro etuvchi organining aybi qonunchilikda belgilangan tartibda isbotlansa, jamiyatning kreditorlar oldidagi qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi”.

Download 29.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling