1. Davlat xaridlari jarayoni va bosqichlari Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari tavsifiga va shartnoma shartlariga taalluqli qoidalar


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1558449
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-MAVZU



4-MAVZU. DAVLAT XARIDLARI JARAYONIGA DOIR UMUMIY
TALABLAR
REJA:
1. Davlat xaridlari jarayoni va bosqichlari
2. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari tavsifiga va
shartnoma shartlariga taalluqli qoidalar
3. Davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reestri
Tayanch so’z va iboralar
Davlat xaridlari jarayoni.
Davlat xaridlarini rejalashtirish. Davlat xaridlari
to‘g‘risidagi axborot. Baholash mezonlari va tartib-taomillariga taalluqli qoidalar.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari tavsifiga va shartnoma
shartlariga taalluqli qoidalar.
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan asaosiy va qo‘shimcha
talablar.
Takliflarni ta’minlash. Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok
etishdan chetlatish shartlari.
Davlat xaridini bekor qilish. Odob-axloq qoidalari.
Manfaatlar to‘qnashuvi. Davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar. Davlat
buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reestri.
Insofsiz ijrochilarning yagona
reestri.
1. Davlat xaridlari jarayoni va bosqichlari
Davlat xaridlari jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
 davlat xaridlarini rejalashtirish;
 xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish;
 shartnomani tuzish va bajarish;
 davlat xaridlari monitoringi.
Davlat xaridlarini rejalashtirish davlat buyurtmachisi tomonidan amalga
oshiriladi va xaridlarni tizimlashtirishdan, davlat xaridlarini rejalashtirish hamda
byudjet va investitsiya jarayonlaridagi rejalashtirish o‘rtasida o‘zaro aloqani
ta’minlashdan iborat bo‘ladi.


Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari quyidagilardan iborat:

elektron do‘kon;

boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion;

tanlov;

tender;

yagona etkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari.

Davlat xaridlari elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi vakolatli organ
tomonidan belgilanadi.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi:
 davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari;
 davlat xaridlarining reja-jadvallari;
 davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlar;
hujjatlarning shakllari;
 xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan
namunaviy shartnomalar;
 davlat xaridlarining yakunlari to‘g‘risidagi axborot;
 Insofsiz ijrochilarning yagona reestri;
 Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha
komissiyaning qarorlari;
 davlat xaridlari bo‘yicha statistik axborot.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot maxsus axborot portalida e’lon qilinadi.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq, xolis va ishonchli bo‘lishi
kerak.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling