1. Davlatlar qonunchiligida Nikoh yoshi Oʻzbekistonda 3


Download 33.07 Kb.
Sana26.06.2023
Hajmi33.07 Kb.
#1656434
Bog'liq
NIKOH TUSHUNCHASI VA TURLARI.


MAVZU: NIKOH TUSHUNCHASI VA TURLARI.


REJA:


1. Davlatlar qonunchiligida
2. Nikoh yoshi Oʻzbekistonda
3. Nikoh tushunchasi va turlari

Nikoh (arab. نكاح; talaffuzi: nikah; tarjimasi: „jinsiy a'loqa“[1][2][3]) — ikki jins vakillarining oʻzaro roziligi asosida tuzilgan ittifoq. Nikoh oilaning vujudga kelishida birdan-bir asos boʻlgani bois u faqat axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.


Nikoh , oila qurish Alloh taoloning insoniyat orasida joriy qilingan muqaddas qonunlaridan biri boʻlib, nasl-nasabning davomiyligi, insonlar orasida qarindosh-urugʻchilik , mehr-oqibatni mukammal boʻlishi kabi insoniyat uchun manfaatli maqsadlaga xizmat qiladi.
Davlatlar qonunchiligida
Ijtimoiy munosabat sifatida nikoh turli jamiyat va tuzumlarda turlicha koʻrinishda boʻlgan. Nikohni qayd qilish tartibi, nikoh yoshiga qoʻyiladigan talablar turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladi.
Bir qator mamlakatlarda nikoh fuqaroviy-huquqiy bitim hisoblanib, uni rasmiylashtirish tartibi oila qonunchiligi bilan emas, fuqaro qonunchiligi bilan belgilanadi. Fransiyada nikoh yoshi ayollar uchun 15, erkaklar uchun 18, Italiyada tegishlicha 14 va 16, Germaniyada esa 16 va 21, AQShda (turli shtatlarida turlicha) 14—18 va 15—21 yosh qilib belgilangan. Nikohdan oʻtishda boʻlajak er-xotinning mol-mulki toʻgʻrisidagi masala katta ahamiyatga ega. Buning uchun nikoh shartnomalari tuziladi.
Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 63-moddasida taʼkidlanishicha, nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi. Nikoh masalalari Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksida (1998-yil qabul qilinib, oʻsha yili 1-sentabrdan amalga kiritilgan) oʻz ifodasini topgan. Amaldagi oila qonunchiligi Nikohning tuzilishi tartibiga, uni davlatning tegishli organlari tomonidan rasmiylashtirilishiga alohida eʼtibor beradi. Oʻzbekiston Respublikasi OKning 13-moddasiga binoan, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Shunday nikohgina huquq va majburiyatni vujudga keltiradi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh yuridik kuchga ega emas. Shuningdek, soxta nikoh, yaʼni er-xotin yoki ulardan birining oila qurish maqsadini koʻzlamay tuzgan nikohi ham haqiqiy emas deb topiladi. Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi va nikoh yoshi nikohdan oʻtishning asosiy shartlari hisoblanadi. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Nikoh yoshi Oʻzbekistonda erkaklar uchun 18, ayollar uchun 17 yosh etib belgilangan. Uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda nikohlanuvchilarning iltimosiga koʻra, nikoh davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin. Loaqal bittasi roʻyxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar oʻrtasida, nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida, loaqal bittasining ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar oʻrtasida nikoh tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish shart qilib qoʻyilgan. Unga koʻra, nikohlanuvchi shaxslar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Belgilangan shartlarning buzilishi sud tomonidan nikohni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlishi mumkin.
Oila huquqi-er-xotinlar, qarindoshlar, ota-onalar (farzandga oluvchilar) va bolalar o’rtasidagi shaxsiy nomulkiy va ular bilan bog’liq mulkiy munosabatlami tartibga soluvchi huquq tarmog’idir.
1. Oilaviy munosabatlar fuqoralik huquqiga hos bo’lmagan yuridik faktlardan (nikoh, qarindoshlik, onalik, otalik, farzandlikka olish va hakozalar) dan vujudga keladi;
2. Oilaviy munosabatlar fuqoralik huquqidan farqli o’laroq, ko’proq shaxsiy- huquqiy mohiyatga ega;
3. Oilaviy huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari begonalashtirilmaydigan, ya’ni boshqalarga topshirib bo’lmaydigan huquq va majburiyatlardan iborat. Oila huquqi predmeti-oilaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlardan iborat. Oila huquqi normalari: nikohdan o’tish tartibini va shartlarini belgilaydi; er-xotinlar o’rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlami tartibga soladi, ota-onalar bilan bolalar o’rtasidagi munosabatlami tartibga soladi; farzandlikka olish, vasiylik va homiylik bilan bog’liq ravishda vujudga keladigan munosabatlami tartibga soladi; nikohning tugatilishining tartibi va shartlarini belgilaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 1998 yil 30 aprelda qabul qilinib, 1998 yil 1 sentabrdan kuchga kiritilgan O’zbakiston Republikasining Oila kodeksi- oila huquqining asosiy manbai hisoblanadi. Oila huquqi manbalariga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qator moddalari ham kiradi.
Nikoh tuzish shartlari:
6. O’zaro tuzishni istagan shaxslaming nikoh yoshiga yetishi;
7. Nikohdan o’tuvchilaming o’zaro roziliklari.
Nikoh yoshi Oila kodeksining 15-moddasiga binoan erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 yosh etib belgilangan.
Oila kodeksining 17-moddasini nikohdan o’tishning yangi sharti deyish mumkin, u “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish” deb nomlangan. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish, shuningdek, tibbiy -irsiy hamda oilani rejalashtirish masalalari bo’yicha maslhatlar berish nikohlanuvchi shaxslar roziligi bilan davlat sog’liqni saqlash tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish o’rganlariga ariza bergan kundan boshlab bir oy o’tganidan keyin ulaming shaxsan o’zlari ishtirokida amalga oshriladi.
Nikohni ajratish ikki xil yo’l bilan amalga oshiriladi:
8. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish o’rganlarida;
9. Sud tartibida.
Nikoh er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq nikohdan ajratish yo’li bilan, shuningdek sud tomonidan muomulaga layoqatsiz deb topilgan er-xotinning vasiysi bergan arizaga muvofiq tugatilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 40-moddasiga binoan, “nikohdan ajratish” to’g’risidagi ishlar sud tomonidan O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida prosessual kodeksida davo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi.
Nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish o’rganlarida ajratilganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish o’rganida nikohdan ajratilganlik ro’yhatga olingan kundan, nikohdan sudda ajratilganda esa, sudning hal qiluvchi qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab nikoh tugatiladi.
Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik va Oila kodekslari normalari bilan tartibga solinadi. Er-xotining mulkiy munosabatlarini tartibga solishning ikki xil usuli mavjud:
1. Er-xotin mulkining qonuniy tartibi;
2. Er-xotin mulkining shartnomaviy tartribi.
Er-xotin mulkining qonuniy tartibi shundaki, er-xotin nikoh davomida birgalikda orttirgan mol mulklari egalik qiladilar, undan foydalanadilar va bu mulkni tasarruf etadilar.

Er va xotinning har birining mulki nikohga qadar o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulk, shuningdek, ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulkidir (Oila kodeksining 25-moddasi).Oila kodeksining 26-moddasiga binoan qimmatbaho buyumlar va zebu- ziynatlar boshqa shaxsiy foydalanishdagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqalar), garchi nikoh davomida er vaxotinning umumiy mablag’i hisobiga olingan bo’Isa ham, ulardan foydalanib kelgan er va xotining xususiy mulki hisoblanadi.


Agar sud er-xotining majburiyatlari bo’yicha orttirilgan barcha ashyolar oila ehtiyojlari uchun ishlatilganligini aniqlasa, er-xotinning umumiy majburiyatlari bo’yicha shuningdek, er (xotin) ning majburiyatlari bo’yicha haq undirish er-xotinning mol-mulkiga qaratiladi. Bu mol-mulk yetarli bo’lmagan taqdirda er-xotin ko’rsatib o’tilgan majburiyatlar yuzasidan ularning har biriga qarashli mol-mulk bilan sherik javobgar bo’ladilar.Ota- onalar va bolalaming huquq va majburiyatlari bolalarininig konkret ota-onalardan dunyoga kelganligi hodisasi qonuniy tartibda tasdiqlangan hodisa asosida vujudga keladi.Ona tibbiyot muassasida bolaning shu onadan tug’ilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi. Go’dak tibbiy muassasidan tashqarida tug’ilgan taqdirda esa, guvohlik ko’rsatmalari va boshqa dalillar asosida aniqlanadi.
Ota erkakning bolaning onasi bilan nikohda turganligi dalili bilan aniqlanadi. Bolaning onasi bilan nikohda turmagan otaning otalik huquqi ota va onaning birgalikda fiiqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga arizalari bilan yohud er va hotindan birining arizasiga binoan sud tartibida belgilanadi.Otaligi va onaligi qonuniy tartibda belgilangan shaxslar tug’ilganlikni qayd etish daftarida ota-ona sifatida yozib qo’yiladi. Ota-onalaming yozma qaydi ota yoki ona sifatida yozib qo’yilgan shaxs yohud bolaning haqiqiy otasi yoki onasining talabi bilan faqat sud tartibida rad etilishi mumkin.Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-onasi turli familiyalarda bo’lganda ota-onaning kelishuviga binoan, bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi.Ota-onaning hohishiga ko’ra, bolaga ota yoki ona tomonidan nilliy an’analarga ko’ra boboning ismi bo’yicha familiya berilishi mumkin.Bolaning asosiy huquqlari: har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o’z ota-onasini bilish, ularning g’amho’rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bola manfaatlariga zid bo’lgan hollar bundan mustasnodir.
Hatto ota-onasining nikohdan ajralgan yoki sud tomonidan huquqiy emas deb topilgan, shuningdek, ota-onalar boshq-boshqa yashagan hollarda ham bola o’z ota-onasi bilan ko’rishish huquqiga ega (ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota- oanalar bundan mustasno).
Vayoga yetmagan bolalaming mulkiy huquqlari fuqarolik qonun hujjatlari hamda Oila kodeksining 90-moddasi bilan belgilanadi. Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo’lish huquqiga ega emas. Yoyaga yetmagan bolalar o’z ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda ta’minot olish huquqiga ega.
Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun olingan mablag’, pensiya, nafaqa uning otasi yoki onasi tasarrufida bo’lib, bolaning taminoti, tarbiyasi va ta’lim olishi uchun sarflanishi kerak. Ota-onaning huquq va majburiyatlari nikohdagi er- xotinnig tenglik tamoyiliga asoslanadi. Unga ko’ra ota-ona farzandlariga nisbatan teng huquq va teng majburiyatlarga egadirlar.
Nikoh tomonlaming roziligi va teng huquqliligiga asoslangan holda tuziladigan ittifoqdir
Oila kodeksining 13-moddasiga binoan nikoh FHDYO organlarida tuziladi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas!
Nikoh tuzish nikohlanuvchilaming fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o4gach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. Oila kodeksining 13-moddasida nikohni qayd etish uchun berilgan muddat bir oy qilib ko‘rsatilgan bo‘lsa ham, ba’zi hollarda, ya’ni farzand tug‘ilgan bo‘lsa yoki ona homilador bo‘lsa va boshqa hollarda qonunchilikka asosan muddat qisqartirilishi mumkin.
Nikoh yoshi Oila kodeksining 15-moddasida erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 yosh qilib belgilangan. Biroq ayrim hollarda qonun asosida nikoh yoshini bir yoshga kamaytirishga ruxsat etilgani sababli rasmiylashtirilgan qonuniy hujjatlar asosida nikoh yoshini qisqartirib, nikoh qayd etiladi. Bu, albatta, mahalliy hokimiyat aralashuvi asosida hal qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 avgustdagi «Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash» haqidagi 365-sonli qarori har bir nikohning mustahkam bo‘lishi, sog‘lom avlodning dunyoga kelishi va jamiyatimiz davomchilarining barkamol bo‘lishlariga shak-shubhasiz poydevor ekanligiga yana bir bor amin bo‘lamiz. Baxt uyi yoki FHDYO bo‘limlariga ariza bergan yoshlarga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yoilanma bilan ta’minlanadi va ularga yetarlicha tushunchalar beriladi.
FHDYO organlari bilan nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazuvchi poliklinikalar o‘rtasida hamkorlik - monitoring ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Mirzo Ulug‘bek tumani FHDYO boiimida 2000 yildan boshlab, nikoh tuzish maqsadida ariza bilan murojaat etgan nikohga kiruvchi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida «Yosh oila maktabi» tashkil etilgan va u shu kungacha o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 2007 yilning oktabr oyidan ma’naviy, huquqiy, tibbiy- targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish maqsadida tuman FHDYO bo‘limi tomonidan shahar adliya va sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tuman hokimligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ma’naviyat targ‘ibot boiimi, prokuratura, IIB, «Kamolot» YOIH, «Sogiom avlod uchun» jamg^armasi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, tibbiyot muassasalari, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti bilan hamkorlikda «Sog‘lom oila-yurt istiqboli» deb nomlangan jamoatchilik asosidagi yosh oila maktabi ham tashkil etildi. Uning mashg‘ulotlarida Sog‘liqni saqlash va Adliya boshqarmalari tomonidan «Jinsiy kasalliklar», «Oqibatini o‘ylab ko‘raylik», «Homiladorlikning oldini olish (kontratsepsiya) usullari haqida asosiy tushunchalar» va «Tug‘uruqlar oralig‘i haqida», «Bo‘lajak kelin-kuyovlarga foydali maslahatlar» kabi seminar-treninglar va alohida buklet, tavsiya, eslatmalar tayyorlanib, FFIDYO organiga murojaat etgan fuqarolarga taqdim etilmoqda. Barcha rivojlangan davlatlarda boigani singari, mamlakatimizda ham faqat bir nikohlilik tan olingan. Shu sababli oila boshqa nikohda bo‘lgan shaxs bilan tuzilmaydi. Nikoh tuzish uchun bir nechta shartlar talab qilinadi. Bu Oila kodeksining 14 va 16-moddalarida belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston respublikasida nikoh yoshi ayollar uchun 17, erkaklar uchun esa 18 yosh etib belgilangan.
Hayot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, nikohdan o‘tishning minimal yoshida turmush qurish ajralishlar sonining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumki, oila huquqi nikoh tuzayotgan shaxslardan bir-birining salomatligi holatlari bilan tanishishini talab etadi. Oila kodeksining 17-moddasida nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadga muvofiqligi qayd etilgan. Hozirgi kunda, nikohni qayd qilishda turmush quruvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiydir. Ruhiy nosog‘lom shaxslarning nikoh tuzishi oila qonunchiligimizning asosiy printsipiga ziddir va bunday shaxslar o‘rtasida nikoh tuzilishi man etiladi.
Qonunchiligimizda qayta nikohdan o‘tish chegaralanmagan. Har bir shaxs bekor qilingan nikohdan so‘ng yangi nikohdan o‘tib turmush qurish huquqiga ega. Oila kodeksining 13-moddasida nikoh tuzish tartibi o‘rin olgan. Unga ko‘ra, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Diniy rasm- rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy kuchga ega emas. Mazkur holatda shaxs mulkka nisbatan meros, ta’minot olish huquqlaridan mahrum bo‘ladi. Biroq qonuniy nikohdan o‘tmasdan qurilgan turmushdan tugilgan farzandlar qonuniy nikoh natijasida tug‘ilgan farzandga tenglashtiriladi.
Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.
Ko‘pincha yoshlar tezroq turmush qurishni o‘ylaydilar. Lekin o‘z munosabatlarining bir-biriga qanchalik to‘g‘ri kelishini e’tibordan chetda qoldiradilar. Oqibatda ba’zan er va xotin xarakterlari bir-biriga to‘g‘ri kelmay qoladi, ya’ni ular bir-birini tushunishni istamay qoladilar. Bu borada sud amaliyoti xususida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Nikohdan ajralish to‘g‘risidagi da’voni kolrishda sudlar oila manfaatlarini himoya qiladi. Oila kodeksining 40-moddasiga ko‘ra, sud oilaning ichki kelishmovchiliklarini hal qilish va oilani qayta tiklash uchun olti oygacha muhlat berishi mumkin. Agar er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishiga imkon bo‘lmasa, sud nikohni bekor qilishni kechiktirmaydi.
Mulkiy muammolami hal etishda, Oila kodeksining 27-moddasiga binoan er va xotinning umumiy mol-mulkini boiish er va xotindan birining talabiga ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, er va xotinning umumiy mol-mulki er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishuv asosida bo‘lib olinishi mumkin. Er va xotinning xohishi bilan ulaming umumiy mol-mulkini bo‘lish to‘gvrisidagi bu kelishuv, ya’ni nikoh shartnomasi, albatta, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Bularning barchasi nikoh shartnomasida aks ettirilsa, oila a’zolarining mulkiy huquqlari ta’minlanib, o‘zaro kelishmovchilikning oldi olingan bo‘ladi.
Nikoh tuzish tartibi
Oila nikohdan boshlanadi. Nikoh rasmiy, qonunlar asosida o'tkazilgandagina haqiqiy hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining birinchi moddasida nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuzilishi lozimligi ko'rsatilgan.
Nikohdan o'tivchilar FHDYoga ariza berganlaridan keyin bir oy o'tgach, shaxsan ulaming ishtirokida amalga oshiriladi.
Uzurli sabablarga ko'ra FHDYo bir oy sinov muddati o'tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin.
Balog'atga etmaganlarning nikohga kirishining oldini olish, ulaming sog'ligini himoya qilish maqsadida hamda oilani qurish uchun ma'lum hayotiy tajriba, jismoniy va ma'naviy etuklik talab qilinishini e'tiborga olgan holda, qonun nikoh yoshini erkaklar uchun o'n sakkiz yosh, ayollar uchun o'n etti yosh etib belgilangan.
Uzurli sabablar bulgan, alohida hollarda nikoh yoshi erkak va ayollarga bir yoshga kamaytilishi mumkin. Bu sabablarga, masalan: nikohga kiruvchi ayol homilador bo'lib qolishi, bir taraf og'ir kasal bo'lgan yoki harakatdagi armiyaga ketayotgani va boshqa shunga o'xshash hollar kiradi. Bunda nikoh davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko'pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.Nikoh, nikohga kiruvchilaming ixtiyoriyligi, erkin roziligi asosida tuziladi. Nikohni tuzish uchun bo'lajak er-xotin o'z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Agar shaxs o'z xatti-harakatlari oqibatni tushunmaydigan holda (qattiq mastlik, ruhiy holatining vaqtincha buzilishi) yoki aldov oqibatda nikohdan o'tgan bo'Isa, bunday nikoh qonunda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topiladi.
Nikoh tuzishga majbur qilish qonun bilan taqiqlanadi. Ayolni o'z erkiga xilof ravishda erga tegishga majbur qilish O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 136-moddasiga ko'ra jazolanadi.
Nikoh tuzish haqidagi arizani berishda shaxsni aniqlovchi hujjatlar: pasport, harbiy bilet, ofitser, praporshikning shahsiy guvohnomasi, nikohlanuvchilaming biri ilgari nikohda bo'lgan bo'lsa, nikohdan ajralganlikni tasdiqlovchi xujjat (guvohnoma yoki sud qarori), nikohni haqiqiy emas deb topilganligi to'g'risidagi sud qarori, er- xotindan birining o'limi to'g'risidagi guvohnoma ko'rsatilishi kerak.
Nikoh nikohlanuvchilaming xohishiga ko'ra tantanali ravishda qayd etilishi mumkin.
Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar
Quyidagi holatlarda nikoh tuzishga yo'l qo'yilmaydi:
1. Nikohga kiruvchilaming loaqal bittasi ro'yxatga olingan boshqa nikohda bo'lsa; Nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan qarindoshlar (bobo, buvi, ota-ona, farzandlar, nevara va chevaralar) o'rtasida, tug'ishgan va o'gay aka-ukalar bilan opa-singillar o'rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o'rtasida;
Nikohga kiruvchilaming loaqal bittasi mhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo'shxotinlikni taqiqlaydi. Respublikamizning Jinoyat Kodeksi 126-moddasida ko'p xotinlilik, ya'ni ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo'lib yashash jinoyat hisoblanadi.
Ma'lumki, qarindoshlar o'rtasidagi nikoh oqibatida ko'pchilik bolalar nogiron bo'lib tug'ilishadi. Shifokar fikricha, yaqin qarindoshlar: amaki, xola, tog'a vaammavachalarning farzandlari o'rtasidagi nikohiy munosabatlar ham salbiy oqibatlarga olib keladi.
Ruhiy kasalligi bo'lgan shaxsning kasalligini bekitib, balki nikohiy munosabat natijasida tuzalib ketadi deb ayirim ota-onalar qonun buzilishga ham yo'l qo'yadilar. Natijada nikohning bekor qilinishi, oilada nogiron farzand tug'ilishi kabi fojialar ham sud amaliyotida uchrab turadi.
Nikoh shartnomasi
O'zbekiston Respublikasi oila qonunchiligida ilk bor nikoh shartnomasi to'g'risida ma'lumotlar berilgan.
Nikohlanuvchilar o'rtasida nikoh shartnomasi nikohga qadar ham, nikoh davrida ham tuzilishi mumkin, Bu shartnomaga ko'ra birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibi o'zgarishi mumkin. Nikoh shartnomasiga ko'ra er va xotinning birgalikdagi mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yohud ulaming har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibi o'matilishi mumkin.
Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo'lg'usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Oila kodeksida nikoh shartnomasiga 29-36-moddalar ajratilgan. Ularda nikoh shartnomasi tushunchasi, shartnomasini tuzish asoslari, nikoh shartnomasining mazmuni, nikoh shartnomasini o'zgartirish va bekor qilish, nikoh shartnomasini haqiqiy emas deb topish, haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish, nikoh shartnomasi tuzish, uni o'zgartirish va bekor qilishda kreditorlar huquqlarining kafolatlari va er-xotin o'rtasidagi mulkiy-shartnomaviy munosabatlar bayon etilgan.
Nikoh shartnomasi taraflari faqat nikohga kiruvchilar va nikohdagi er-xotindan iborat bo'lishi mumkin. Nikoh shartnomasi notarial kontoralarda tuziladi.
Nikoh tugatilish asoslari
Er-xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot etgan deb e’lon qilishi oqibatida nikoh tugaydi.
Nikoh er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq nikohdan ajratish yo'li bilan, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan er yoki xotinning vasiysi bergan arizaga muvofiq tugatilishi mumkin.
Nikohning bir tomonning arizasiga binoan tugatilishi
Nikohni er yoki xotinning arizasiga binoan tugatilishi quyidagi vaziyatlarda bo'lishi mumkin;Er yoki xotinning birining vafot etishi va ulardan birining vafot etilgan deb e'lon qilinishi;Vafot etish yuridik fakt bo'lib, er-xotin o'rtasidagi nikoh munosabatini tugatadi. Nikohni bekor qilish uchun er-xotindan bittasining vafoti to'g'risidagi tibbiy muassasasining yoki o'lganlik faktini isbotlaydigan boshqa ma'lumotlar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlariga vafot etganlik to'g'risida guvohnoma berish uchun asos bo'ladi.
Er-xotindan birini sudning hal qiluvchi qaroriga asosan vafot etgan deb e'lon qilish, o'z huquqiy oqibati bo'yicha, o'limga tenglashtiriladi.
Ba'zi hollarda vafot etgan, degan shaxs tirik bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 37-moddasi «Vafot etgan deb e'lon qilingan fuqaro qaytib kelishining oqibati» deb nomlanib, uning huquqiy asoslarini beradi. Qonunga ko'ra vafot etgan deb e'lon qilingan fuqaro qaytib kelgan yoki uning qaerda turganligi ma'lum bo'lgan taqdirda, uni vafot etgan deb e'lon qilish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinadi.
Sud tomonidan er-xotinning biri bedarak yo'qolgan deb topilgan bo'Isa; Er-xotinning birining arizasiga binoan quyidagi uch holatda ulaming nikohdan ajralish masalasi ко'rib chiqilishi va bedarak deb topishi mumkin. Birinchidan, agar er-xotinning bittasi sud tomonidan bedarak yo'qolgan deb topilgan bo'Isa, nikohdan ajralish masalasi FHDYo organida ko'riladi.
Agar fuqaroning qaerdaligi haqidagi uning yashash joyida bir yil davomida ma'lumot bo'lmasa, manfaatdor shaxslaming arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topishi mumkin. Sudda ish alohida ish yuritish tartibida ko'riladi.
Sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo'Isa;
Bu vaziyatda er-xotinning birining arizasiga binoan FHDYo organi tomonidan ular nikohdan ajratiladi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 31-moddasiga binoan spirtli ichimliklarni yoki giyovandlik vositalarini suiste'mol qilish natijasida o'z oilasini og'ir moddiy ahvolga solib qo'yayotgan fuqarolaming muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklab qo'yilishi mumkin.
Sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo'Isa, o'rtada voyaga etmagan bolalari borligidan qat'iy nazar, er-xotinning birining arizasiga ko'ra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratiladi.
Bunday holatda er (xotin)ning uch yildan kam bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi to'g'risida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmidan ko'chirma beriladi.
Nikohning er yoki xotinning arizasiga binoan tugatilishi
Amaldagi oila qonunchiligiga binoan nikohdan ajratishning ikki tartibi mavjud: sud tartibi bo'yicha va qonun hujjatlarda ko'rsatilgan asoslarda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida.
Nikohdan ajralish to'g'risidagi da'vo er-xotin yashab turgan joydagi tuman (shahar) sudida qo'zg'atiladi. Agar er-xotin boshqa-boshqa joyda yashasa, da'vo javobgar er yoki xotin turgan joydagi sudida qo'zg'atiladi, agar ulaming turar joyi noma'lum bo'lsa, nikohdan ajralish to'g'risidagi ariza javobgaming oxirgi yashab turgan joyidagi sudga topshiriladi.
Arizada nikohdan ajralish uchun asos ko'rsatilishi kerak. Ajralishni keltirib chiqargan sabablami batafsil keltirish lozim. Ariza berish bilan bir vaqtda davlat boji to'lanishi lozim. Nikohdan ajralish ishlari ochiq sud majlisida ko'riladi. Voyaga etmagan bolalari bo'lmagan er-xotin nikohdan ajralishga o'zaro rozi bo'lsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratiladi.
Er-xotinlik munosabatlarini saqlab qolishning imkoniyati aniq bo'lmasa, FHDYo organi ulami nikohdan ajratiladi.
Amaldagi qonun ona hamda bolalaming sog'ligini himoya qilish maqsadida, erga xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug'ilganidan keyin bir yil mobaynidanikohdan ajarilish to'g'risida xotinining roziligisiz ish qo'zg'atishni taqiqlaydi. Bunda faqat eming huquqi cheklanadi, xotin esa hammavaqt ham o'zining nikohdan ajralish huquqini saqlaydi.
Nikohdan ajralish ishlari sudlar tomonidan da'vo ishlarini olib borish qoidalari asosida amalga oshiriladi. Sud ishning ko'rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli.
Agar er yoki xotin tomonidan keltirilgan asoslar etarli bo'lmasa, u holda sudlar nikohdan ajaralish da’vosini rad etish to'g'risida hal qiluv qarorini chiqaradi. Quyidagi hollarda, ya'ni:
Er-xotindan biri nikohdan ajralishga rozi bo'lmasa;
Ular o'rtasida voyaga etmagan umumiy bolalari bo'lib, ulami kimda qoldirish va ta'minoti uchun aliment undirish to'g'risida nizo bo'Isa;
Er-xotin o'rtasida mehnatga layoqatsiz, muhtoj er yoki xotinga aliment undirish va uning miqdori haqida masala tug'ilsa;
Birgalikda topilgan umumiy mulkni bo'lish bo'yicha nizo vujudga kelsa nikohdan ajratish sud tartibida ko'riladi.
Nikohdan sud tartibida ajratilayotganda er va xotin voyaga etmagan bolalari kim bilan yashashi, bolalarga va mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj er yoki xotinga ta'minot berish uchun mablag' to'lash tartibi, bu mablag'ning miqdori yoxud er-xotinning umumiy mol-mulkini bo'lishga doir kelishuvni ko'rib chiqish uchun sudga taqdim qilishlari mumkin.
Er-xotindan birining manfaatlariga zid ekanligi aniqlangan taqdirda sud:
Nikohdan ajratilgandan keyin voyaga etmagan bolalar ota-onasining qaysi biri bilan yashashini aniqlashi;
Voyaga etmagan bolalarga ta'minot berish uchun ota-onaning qaysi biridan va qancha miqdorda aliment undirilishi aniqlashi;
Er va xotining (ularda birining) talabiga ko'ra ularning birgalikdagi mulki bo'lgan mol-mulkni bo'lishi;
Er (xotin) dan ta'minot olishga haqli bo'lgan xotin (er)ning talabiga ko'ra va shu ta'minot miqdorini belgilashi shart.
Sud er-xotinning har ikkalasi yoki ulardan biri to'laydigan davlat boji miqdorini belgilashi lozim. Agar sud bu bojni er-xotinning har ikkalasidan undirishni lozim deb topsa, ulaming har biri to'laydigan boj miqdorini belgilaydi.
Er-xotin nikohga kirish vaqtida familiya tanlashda erkin huquqqa ega bo'lgani kabi, nikohdan ajratilgandan keyin ham shu familiyada qolish masalasini mustaqil hal qiladi.

Xulosa
Nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratilganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik ro'yxatga olingan kundan, nikohdan sudda ajratilganda esa, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab nikoh tugatiladi.
Nikohdan ajratish to'g'risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori nusxasi nikohdan ajratilganlik to'g'risidagi guvohnomaga tenglashtiriladi.


Foydanilgan adabiyot:

Z.Islamov, M.Mirhamidov “Huquqshunoslik”


Nikoh tuzish tartibi
Download 33.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling