ishtirokining oshishiga olib keldi.
YUrtboshimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli
ma’ruzasida davlatimizning yaqin va uzoq istiqboliga mo‘ljallangan evolyusion rivojlanishning
mantiqiy davomi bo‘lib, bu yangi bir davrni boshlab berdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda
eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga
kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etilishi demokratik islohotlar yo‘lidagi
harakatlarimizning izchilligini yana bir bora tasdiqlaydi. Bunda siyosiy partiya- larning hokimiyat
uchun kurashish va ularni shakllantirish borasidagi faoliyatlari uchun jamiyatda real siyosiy
maydonning huquqiy asoslari yaratiladi. Ayni paytda, siyosiy partiyalar o‘z dasturiy vazifalarini
amalga oshirishda partiyalararo raqobat muhitining yanada kuchayishiga, sog‘lom siyosiy
muxolifatlarning vujudga kelishiga hamda demokratik islohotlarni yanada chuqurlatirishga xizmat
qiladi.
Mazkur Konsepsiyaning 5-bo‘limi fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va
Do'stlaringiz bilan baham: |