evolyusion yoTning sharti.
Mamlakatda ko‘ppartiyaviylik tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlashda saylov instituti
va uni huquqiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan xatti-harakatlar alohida o‘rin tutadi. 1993 yil 28
dekabrda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida", 1994 yil 5
mayda qabul qilingan "Viloyat, tuman, va shahar xalq deputatlari kengashiga saylovlar
to‘g‘risida"gi va "Fuqarolarning saylov
huquqi kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar negizida Oliy Majlisga demokratik va ko‘ppartiviylikka
asoslangan ilk saylovlar 1994 yil 25 dekabrda o‘tkazilishi o‘zbek parlamentarizmi tarixida yangi
davrni ochib berdi.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining qaror topishi va siyosiy partiyalar
takomillashuvida 1996 yil 25 dekabrda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Siyosiy partiyalar
to‘g‘risida”gi qonun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, unda siyosiy
partiyalarning demokratik qonunlar asosida faoliyat yuritishlari uchun etakchi va ilg‘or
mamlakatlar mezonlari talablaridarajasidagi huquqiy asoslar kiritildi. Masalan, qonunning 12-
moddasida siyosiy partiyalarning huquqlari aniq va ravshan ko‘rsatib berilgan. Ushbu qonun siyosiy
partiyalarni tuzish, ularning faoliyat ko‘rsatishi, partiyaga a’zolik, partiya faoliyatining kafolatlari,
uning ustavini ro‘yxatga olish, partiyalarning mulkiy munosabatlariga doir barcha huquqiy
maqomlarining mujassamlashgani O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimini qaror toptirishda
Do'stlaringiz bilan baham: |