muhim o‘rin tutdi.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining tadrijiy rivoji shundan dalolat bermoqdaki,
mustaqillik yillarida mamlakatda demokratik saylovlarning huquqiy asoslari yaratildi va saylovlar
to‘g‘risidagi qonunlar hayotda o‘z ifodasini topmokda. SHu bilan birga, saylov kampaniyalari davri
siyosiy partiyalar uchun siyosiy kengliklar sifatida fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyatlari
yuksalishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
O‘zbekistonda hokimiyat boTinishi tamoyillariga amal qilgan holda 2002 yil 27 yanvarida
o‘tkazilgan referendumga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ikki palatali parlament tizimiga
o‘tkazildi. Bunday o‘zgarish to‘g‘risidagi qaror mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yangi
sahifani ochib berdi. Uning natijalariga binoan Oliy Majlisning VIII sessiyasida «Referendum
yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi
konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Bu hujjatlar asosida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlar Oliy Majlis palatalarining
maqomini, ularni shakllantirish tartibini, vakolatlarini, o‘zaro hamda boshqa hokimiyat organlari
bilan hamkorlik qilish mexanizmlarini aniqlab berdi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida
hokimiyatlar o‘rtasidagi muvozanatning tashkil etilishi ta’minlandi. Qonun chiqaruvchi vakillarning
nafaqat mas’uliyati, balki professional darajasi oshdi. Hududiy manfaatlar va ularning aniq
himoyachilari vujudga keldi. Hokimiyatning monopol va ma’muriy usulidan o‘zaro teng hamkorlik
mexanizmlari yaratildi. Ijro hokimiyati ustidan deputat nazorati qonunga muvofiq o‘rnatildi.
Senator va deputatni chaqirib olish, ayni paytda, uning maqomi to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi.
2006 yil 9 noyabrda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada
demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini
kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun bu yo‘lda tashlangan dastlabki qadamlarning
tabora kengayishiga sharoit yaratdi. Unga muvofiq Xalq deputatlari viloyat, shahar kengashlaridagi
siyosiy partiyalarning deputatlik guruhlari bilan maslahatlashib, viloyat va Toshkent shahar hokimi
nomzodlari Birinchi Prezident tomonidan xalq deputatlari Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim
etiladi. Bunda hokim faoliyatini nazorat qilish va qoniqarsiz deb topilgan hollarda vazifasidan ozod
qilish bo‘yicha tavsiya kiritish huquqlari beriladi. Mazkur konsepsiya konstitutsion qonunning uzviy
davomi, uni rivojlantiruvchi keyingi bosqich sifatida takomillashib kelayotganligini kuzatamiz. Bu
o‘z o‘rnida O‘zbekistonda davlat hokimiyatini shakllantirishda siyosiy partiyalarning bevosita
Do'stlaringiz bilan baham: |