1. Demokratiya, saylash huquqi va siyosiy raqobat. 2, Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda ichki va tashqi cheklovlar
Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda ichki va tashqi cheklovlar
Download 37.86 Kb.
|
MAVZU1
2. Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda ichki va tashqi cheklovlar.
Bozor qonunlari asosida rivojlanayotgan va davlat aralashuvi yuqori bo'lgan mamlakatlarning barchasida davlat erkin xalqaro ayirboshlash yo'liga ma’lum to‘siqlar qo‘yadi va bunday holat milliy manfaatlarni himoya qilish zarurligi bilan tushuntiriladi. Bularga mamlakat iste’mol bozorlarini himoyalash, ichki bandlikni osliirish, yangi tarmoqlami rivojlantirish va hokazolar kiradi. Iqtisodiy raqobatga bardosh bo'lgan davlatlar ham, bunday raqobatga chidamsiz davlatlar ham litsenziyalash va kvotalami o'rnatish, bojxona bojlari va tariflarni kiritish, mahsulot sifati va uning xavfsizligini ta’minlovchi stand artlarni o'rnatish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga ta’sir etuvchi boshqa bir qator vositalardan keng foydalanadilar, shu orqali o‘z tashqi iqtisodiy siyosatlarini yurgizadilar. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati kundalik va strategik maqsadlarga muvofiq uning tashqi iqtisodiy siyosatiga asoslangan. Mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati deganda, boshqa mamlakatlar bilan iktisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Hozirda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish siyosatida ikki yo'nalishi bor: 1)erkinlashtirish; 2) proteksionizm. Ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoyalashga qaratilgan iqtisodiy siyosat proteksionizm deyiladi. Erkinlashtirish -davlatning tashqi savdoda iqtisodiy va ma’muriy to‘siqlarni kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatidir. Erkinlashtirish va proteksionizm siyosati dunyodagi har qanday davlat uchun xos. Hozirgi paytda tashqi savdoni erkinlashtirishga moyillik kuzatilayapti. Bu jarayon uch xil ko‘rinishda amalga oshirilayapti: - alohida mamlakatlar o'rtasidagi o‘zaro savdoda; yagona bojxona ittifoqiga kiruvchi alohida davlatlar o'rtasida; tariflar va savdolar Bosh bitimi (GATT). Savdo va rivojlanish bo'yicha BMTning konferensiyalari (YuNKTAD), BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EIK) doirasida ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Tashqi iqtisodiy siyosat bu milliy joriy va strategik maqsadlarga muvofiq tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasida davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan chora tadbirlar yig‘indisidir. Tashqi iqtisodiy siyosatning makon jihati jahon va mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir ko'rsatishning asosiy yoiialishlari bo'yicha davlatning harakatlarini belgilaydi. Ushbu belgiga binoan davlatning tashqi iqtisodiy siyosati tarkibiga tashqi savdo siyosati, tashqi investitsiya siyosati, valuta siyosati, bojxona siyosati kiradi Davlatning tashqi savdo siyosati xalqaro darajada tovarlar, ishlar, xizmatlar, axborotlar, intellektual faohyat natijalari bilan amalga oshiriladigan ayirboshlashni qamrab oladi va eksport va import siyosat lari birgalikda tashqi savdo siyosatini tashkil etadi. Tashqi savdo bo‘yicha davlatning eksport siyosati, deganda mamlakatning raqobatbardosh tovarlar, xizmatlar va intellektual mulldami jahon bozorida sotishga va ushbu tovarlami ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yonaltirilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishda davlat byurtmalari. budjetdan moliyalash, imtiyozli kreditlar berish. Tashqi savdo bo‘yicha davlatning import siyosati, deganda mamlakatga xarijdan tovarlar,ishlar, xizmatlar va intellektual mulklarni kelinishini tartibga solishga yo'naitirilgan choratadbirlar tushuniladi. Bunday tartibga solishning vositasi sifatida respublika iqtisodiyotini himoya qilish maqsadida importni to'g'ridan to'g'ri cheklash hisoblanadi. Bunda litsenziyalash va kontingentlash, importga oid antidemping va kompensatsiya bojlari, eng kam import narxlari tizimi va hokazolar qo'llaniladi. Tashqi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarini mamlakat hududiga jalb etish va ulardan foydalanish hamda milliy investitsiyalarini xorijga olib chiqishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar majmuidan iborat. Valuta siyosati davlat va xalqaro valuta moliya tashkilotlari tamonidan amalga oshiriladigaa valuta munosabatlari sohasidagi iqtisodiy choralar hamda tashkiliy shakl va usullar yig'indisini tashkil etadi. Valuta siyosati davlatning valuta mablag'laridan maqsadli Download 37.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling